Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

21.04.2016

Qalbingiz tubida aslida kimsiz?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 767

Mazkur test yordamida siz ongingizning eng yashirin qismlariga nazar tashlash imkoniyatiga ega bo’lasiz. Mutaxassislarning fikriga ko’ra test natijalarining ishonchliligi 98% ni tashkil etib, uning yordamida xarakteringiz to’g’risidagi aniq ma’lumotga ega bo’lishingiz mumkin.

Rasmni ko’rib chiqing. Ko’zning qaysi tasviri sizning diqqatingizni o’ziga tortdi?

Qalbingiz tubida aslida kimsiz?

Xarakter turi: Faylasuf

Qalbingiz tubida aslida kimsiz?

Siz — atrofdagi sodir bo’layotgan voqealarda chuqur ma’no ko’ra oladigan insonsiz. Sizga shoshma-shosharlik begonadir. Har bir qadamingizni aqlan o’ylab bosasiz. Ba’zida o’z hayollaringizga shunchalik sho’ng’ib ketasizki, atrofdagi real hayotni sezmay qolasiz. Atrofdagilardan o’zingizdagi ishonchsizlikni yashirib yurasiz. Ularning fikricha, dunyoda siz hal eta olmaydigan masala yo’qdek. Ko’pchilik sizdan maslahat so’raydi. Hayotingiz anchadan beri echa olishga xarakat qilayotgan boshqotirmaga o’hshaydi. Siz atrofdagi narsalarning asl mohiyatini tushunmaguncha tinchlana olmaysiz.

Xarakter turi: Ekstsentrik

Qalbingiz tubida aslida kimsiz?

Siz oqimga qarshi suzishga qo’rqmaydigan insonlar toifasiga mansubsiz. Hayotga bo’lgan qarashlaringiz o’zgachadir. Atrofdagi insonlarga sizning dunyoqarashingiz g’alati tuyuladi, lekin siz ularning fikriga hech qachon e’tibor bermaysiz. Siz hech qachon qoidalarga rioya etmaysiz. Atrofdagilardan hech narsani yashirmaysiz. Chunki ularning fikri sizni qiziqtirmaydi. Odamlar siz to’g’ringizda nima deyishsa ham parvo qilmaysiz va hech qachon ular to’g’risida o’ylamaysiz. Siz hayotda quvonch bilan olg’a bosasiz, mayda-chuyda narsalarga, hammaga ma’qul bo’lgan qonun-qoidalarga va jamoatchilik fikriga chalg’imaysiz.

Xarakter turi: Topishmoq

Qalbingiz tubida aslida kimsiz?

Bu xarakter turi qarama-qarshiliklarga to’laligi bilan ajralib turadi. Sizni tushunish koinot sirlarini fosh etish bilan barobardir. Siz doimo o’zingizni anglash tuyg’usi bilan yashaysiz. Xarakteringizni qaysidir jihati sizga ma’lum bo’lishi bilanoq o’zgarib qolasiz va hammasi boshidan boshlanadi. Atrofdagilar uchun siz tushunarsiz va sirli ko’rinasiz. Buning ajablanarli joyi yo’q, chunki siz o’zingiz ham xarakteringizga tushuna olmaysiz. Shunga qaramay odamlar siz tomon intiladilar. Ular yoningizda bo’lishga qiziqadilar. Siz notanish inson bilan gap boshlashdan avval uni sinchiklab kuzatasiz. Lekin sizni tez-tez o’zgarib turishingizga o’rganib qolgan do’stlaringiz va tanishlaringizga mexribonlik bilan murojaat etasiz.

Xarakter turi: Ekspert

Qalbingiz tubida aslida kimsiz?

Yoshingiz va hayotiy tajribangizdan qat’iy nazar atrofdagi insonlar sizda donolik va aqlni ko’radilar. Sizda avvallari yashab o’tgan ajdodlarning ruxi mujassam etgandek tuyuladi. Siz bir marta qilingan hatoni ikkinchi bor takrorlamaysiz. Ko’pincha sizda atrofdagi voqealardan qoniqmaslik, barcha narsa siz istamayotgan tarzda kechayotganidan tushkunlik paydo bo’ladi. Atrofdagilardan o’z kuchingizga ishonmasligingizni yashirib yurasiz. Ko’pchilik tanish va do’stlar sizni jiddiy, xotirjam va vazmin kishi deb hisoblashadi. Fikrlaringizga ko’pchilik qulok tutadi. Har bir vaziyatni to’g’ri tahlil eta olish qobiliyati sizga hayotda mustaxkam turishga va qiyinchiliklarni enga olishga yordam beradi.

Xarakter turi: Olov

Qalbingiz tubida aslida kimsiz?

Sizning shioringiz- yoki hamma narsa, yoki hech narsa. Yarimtalikka chiday olmaysiz. Nafratdan muxabbatga tez o’tib olishingiz mumkin. Kuchli va chuqur tuyg’ular sizni o’t bo’lib yonishingizga zamin yaratadi. Tuyg’ularga beriluvchanlik sizni ko’pincha yo’q joydan muammo topishga majbur etadi. Atrofdagilardan tuyg’ular ummonini yashirishga xarakat qilasiz, lekin ko’pincha buning uddasidan chiqa olmaysiz. Odamlar sizni jizzaki va urushqoq deb o’ylashadi. Lekin sizni yaxshi taniganlar esa qanday mehribon insonligingizni bilishadi.

Xarakter turi: Romantik

Qalbingiz tubida aslida kimsiz?

Sizning qalbingiz va yuragingiz atrofdagilar uchun doimo ochiqdir. Siz tez sevib qolasiz va osongina do’st topa olasiz. Atrofdagilar bu xususiyatingizdan foydalanib ko’pincha qalbingizni yaralaydi. Lekin siz bir umr qo’rquvda o’tirgandan ko’ra, kuyib qolsangiz ham tavakkal qilib ko’rishni ma’qul biladigan insonlar toifasidansiz. Siz atrofdagilardan tez jaroxatlanib qoladigan qalbingizni yashirib yashaysiz. Ular sizni hayotda engil qadam bosadigan, omadsizlik va azoblanishdan qo’rqmaydigan inson deb o’ylashadi. Siz atrofdagilarga xamdardlik bildirib, ularning xasratini tinglab yordam berib kelasiz. Ularga yordam berib, o’zingizni ham qalb jaroxatlaringizni davolaysiz.

Xarakter turi: Bashoratchi

Qalbingiz tubida aslida kimsiz?

Hayotingizda boshqalarga qaraganda tasodiflarning ko’pligini o’zingiz ham sezgan bo’lsangiz kerak. Tushlaringiz ko’pincha o’ngidan keladi, tahminlaringiz haqiqat bo’lib chiqadi. Siz ko’p narsani sezasiz va his etasiz. Sizga o’hshagan insonlar kuchli tuyg’ularga egadir: ularni kuldirish yoki yig’latish osondir. Atrofdagilar sizdan xavfsiraydilar. Siz ham ularga ko’p narsa bilmasligingizni aytib o’tirmaysiz. Ichki dunyoingiz nihoyatda mo’rt bo’lib, yupqa iplardan to’qilgan matoga o’hshaydi. Shuning uchun ham uni atrofdagilardan iloji boricha sir tutasiz.

Xarakter turi: Tadbirkor

Qalbingiz tubida aslida kimsiz?

Hayot haqida ko’p narsalarni bilasiz. Sizda xuddi barometrga o’hshash ichki tuyg’u bo’lib, yaxshi va yomonni tez ajratib olasiz. Siz nohaqlikni tezda ilg’ab olasiz, lekin fikringiz jamoatchilik fikriga zid bo’lsa, uni oshkor etishga shoshilmaysiz. Atrofdagilardan ichki kechinmalarni sir tutasiz. Ular uchun siz- xotirjam, jiddiy va dono inson bo’lib, doim nima qilayotganini yaxshi biladigandek ko’rinasiz. Siz xammadan yaxshiroq bo’lishga intilasiz, ko’pincha bu qo’lingizdan keladi

Xarakter turi: Donolik

Qalbingiz tubida aslida kimsiz?

Siz insonlarni yaxshi farqlay olasiz. Boshqa bir odamning kayfiyatini ichki tuyg’u orqali tez ilg’ab olasiz. Ularning ichki dunyosi siz uchun ochiq kitobdek. Agar sizni aldashmoqchi yoki sizdan foydalanishmoqchi bo’lishsa, buni darrov sezasiz. Xuddi shu usullardan o’zingiz ham foydalanishingiz mumkin, lekin hech qachon bunday qilmaysiz. Atrofdagilardan sir tutadigan hech narsangiz yo’q, aksincha ular to’g’risida ko’p narsalarni o’zingiz aytib bera olasiz. Ko’p narsaga osonlikcha erishasiz.

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar