Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

20.04.2016

Xarakteringizni bilib oling

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 489
Xarakteringizni bilib oling

Inson organizmining bynday faoliyati uning turli hulq-atvor shakllarida namoyon bo’ladi . Bunday hulq-atvor reaktsiyalari chap va o’ng turlardan tashkil topadi. Demak, siz bir nechta mashq bajarib o’zingizda qaysi turdagi reaktsiya ustunligini aniqlashingiz mumkin. Qo’g’oz va qalam tayyorlab, xar bir mashqdan keyingi natijani « O’ng » bo’lsa — « O’ », « Chap » bo’lsa — « Ch » deb belgilab boring.

Birinchi mashq.

Qo’llaringizni oldinga cho’zib, barmoqlaringizni chalkashtiring. Endi qarang, bosh barmoqlaringiz qaysi biri ustida turibdi – o’ngmi, chapmi?

Ikkinchi mashq.

Ko’rsatkich barmoqlaringizni birlashtirib, nishonga olayotgandek oldinga cho’zing. Biror nuqtani nishonga olib bir ko’zingizni yuming. Endi qaysi bir barmog’ingiz nishonni aniq olganini belgilang.

Uchinchi mashq.

Bu « Napaleon turishi » deb ataladi. Qo’llaringizni ko’ksingizda chalkashtiring, Qaysi qo’lingiz ustida turgan bo’lsa, belgilab qo’ying.

To’rtinchi mashq.

Biroz qarsak chaling. Endi esa qaysi qo’lingiz eng ustida ekaniga e’tibor bering. Natijani qo’g’ozga yozing.
Birinchi mashq sizning tafakkuringiz mantiqqa yoki hissiyotga moyilligini bildiradi.

Ikkinchi mashq qattiqqo’llik va jahldorlikni

Uchinchi mashq soddalika yokii takabburlikka moyillikni

To’rtinchi harakterdagi qat’iylik va qat’iyatsizlikni anglatadi.

Test natijalari quyidagicha :

O’ O’ O’ O’

Umumqabul qilingan fikrga ergashish, eski qonun va aqidalarga moyillik, hulq – atvordagi barqarorlik.

O’ O’ O’ Ch

Ishonchsiz konvertavizm, kuchsiz temperament. Jur’atsizlik.

O’ O’ Ch O’

Hushomad, qat’iylik, yumor hissi, faollik, serharakatlik, temperamentlik, «artistlik ». Bu kuchli harakter kuchsiz turlarni qabul qilmaydi. U bilan muloqotda yumor va qat’iylik zarur.

O’ O’ Ch Ch

Kamyob va mustaqil harakter turi. Yumor hissi, hushomad , yumshoqlik va «artistlik ». Harakterida qat’iylik va jur’atsizlik o’rtasida biroz qarama – qarshilik bor . Aloqa o’rnatish darajasi yuqori, ammo moshlashish juda sekin.

O’ Ch O’ O’

Ishbilarmon harakter, tahliliy fikr va yumshoq harakter. Ko’proq bu tur ayollarda uchraydi. « Ishbilarmon ayol » ramzi. Moslashishi sekin, ehtiyotkor. Bunday odamlar yuzma – yuz jangga kirishishadi. Ularda sabr, hisob – kitob ustun turadi. Munosabatlar rivoji sust, biroz sovuq.

O’ Ch O’ Ch

Kuchsiz harakter, juda kam uchraydi. Himoyasiz va kuchsiz. Turli ta’sirlarga beruluvchan. Faqat ayollarda uchraydi.

O’ Ch Ch O’

Yangi taassurotlarga o’ch va ziddiyatlar yuzaga kelishidan qochuvhchi. Biroz beqarorlik, o’ziga hos yumshoqlik. Hissiyotlari sekin, jiddiy. Oddiy va muloqotda ko’pincha tortinchoq. Yangi hulq – atvorga o’tishga moyil. Ko’pincha ayollarda uchraydi.

O’ Ch Ch Ch

Beqaror va erkin harakter. Asosiy hususiyati — tahliliy fikr yuritish. Kam uchraydi.

Ch O’ O’ O’

Turli sharoitlarga juda yaxshi moslashuvchan ko’p uchraydigan harakter. Hissiyotli va qat’iyatsiz. Begona ta’sirga yuqori beriluvchanlik. Boshqacha harakterlar bilan oson aloqaga kiradi. Erkaklarda hissiyotlari past, flegmatiklikka moyillik kuzatiladi.

Ch O’ O’ Ch

Kuchsiz qat’iyat, yumshoqlik, asta – sekin ta’sirga beriluvchan, soddalik. O’ziga o’ta e’tibor talab qiladi — « kichik malika » tipi.

Ch O’ Ch O’

Eng kuchli harakter egasi. Fikriga ta’sir o’tkazish qiyin. Qat’iylik ko’rsatishga qodir. Ammo, bur narsa ba’zan ikkinchi darajali maqsadlar uchun jon kuydirishga olib keladi. Kuchli shahs, harakatchan, qiyinchilikni yengishga qobiliyatli. Birovlarning nuqtai nazariga yetarli e’tibor bermaydigan, biroz konservator. Bunday odamlar qaramlikni (ma’naviy va moddiy) yomon ko’radilar.

Ch O’ Ch Ch

Kuchli va erkin harakter. Fikriga ta’sir o’tkazish qiyin. Asosiy hususiyati – yuzaki yumshoqlik va hissiyot bilan o’ralgan ichki g’azab. O’zaro ta’sir tez, o’zaro tushunish sekin.

Ch Ch O’O’

Do’stlik va oddiylik. Qiziqishlari biroz tarqoq.

Ch Ch O’ Ch

Asosiy hususiyati: soddadillik, yumshoqlik, ishonuvchanlik. Bu juda kam uchraydigan harakter (ayollarda 1%, erkaklarda umuman uchramaydi ).

Ch Ch Ch O’

Hissiyotlilik va jur’atlilik (asosiy hususiyati), serharakat, biroz besaranjomlik. Bu narsa o’ylanmagan, tez qaror qilingan, hissiyotga asoslangan ishlarga olib keladi. Ular bilan muloqotda « tormozlovchi mehanizmlar » zarur.

Ch Ch Ch Ch

Narsalarga yangicha nazar tashlovchi qobiliyat sohibi (antikonsevatizm), kuchli hissiyot, o’ziga hoslik, hudbinlik, o’jarlik, himoyalanganlik, ba’zan o’ta indamas. «Ko’zni qamashtiruvchi » tabassum qilishga qodir.

Manba: Maslahat.uz

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar