Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

20.04.2016

Hech qachon bo’y bo’lmaslikning 6 sababi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 278
Hech qachon bo’y bo’lmaslikning 6 sababi

Taqdirimizdan qanchalik o’pkalamaylik, ko’plab omadsizlik va ko’ngilsizliklarning sababi baribir o’zimizda. Mabodo moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelayotgan bo’lsangiz, o’z pullaringizni nimaga va qanday sarflayotganingizni yaxshilab tahlil qilib chiqing: ehtimol, salbiy oqibatlarga olib keluvchi harakatlarni amalga oshirayotgandirsiz. Aslida, haligacha boyib ketmaganligingiz ham bu — sizning tanlovingiz. To’g’rirog’i, hayotingiz davomida har kuni amalga oshirayotgan kichik-kichik tanlovlaringizning yig’indisi. Ya’ni, umuman olganda, turmushning istalgan vaziyatida siz qaysidir yo’lni tanlaysiz.

Masalan, tashkilot binosi (ofis)da o’tiribsiz, orada qandaydir sababga ko’ra, bir soatcha bo’sh vaqt yuzaga keldi. Xo’sh, bu payt nima bilan shug’ullanasiz? Bu paytda kitob yoki yangi jurnallarni o’qish, kasbga oid video-seminarlarni tomosha qilish, internet sahifalaridan foydali manba va aloqalarni qidirish mumkin. Xullas, har gal: istalgan vaziyatda muvaffaqiyatga olib boruvchi yoki undan yiroqlashtiruvchi yo’lni tanlaysiz.

Shunday qilib, davlatingiz ortmayotganining eng oddiy sabablari, bu:
doimo birinchi uchragan kam maoshli ishga ham ko’nib ketaverish;
kasbiy mahorat jihatidan o’smaslik, rivojlanmaslik, o’z sohangiz yuzasidan yangi narsalarni o’rganmasligingiz;
kirim-chiqimlaringizni nazorat qilmay qo’yishingiz;
ishlab topayotganingizdan ko’ra, ko’proq mablag’ sarflashingiz, hadeb qarz olaverish;
kelajak uchun maqsad va rejalar tuzmaslik, ertaga nima bo’lishi borasida umuman o’ylab ko’rmaslik;
qo’ldagi pulning bir qismi (10%)ni olib qo’ymasdan hammasini sarflab yuborish.

Ko’rib turganingizdek, hammasi oddiy. Moliyaviy erkinlikka erishish, omadli bo’lish uchun esa boshqa yo’l — o’zingizni rivojlantirish borasida irodali qarorni tanlashingizga to’g’ri keladi!

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar