Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

20.04.2016

Apple smartfonlar bozorida yana Samsung’dan ortda qoldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 154
Apple smartfonlar bozorida yana Samsung’dan ortda qoldi

TrendForce tahlil kompaniyasi smartfonlar savdosi keskin tushib ketganidan dalolat beruvchi tadqiqot natijalarini e’lon qildi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”. Ekspertlar ta’kidlashicha, 2016-yilning birinchi choragida iPhone savdosi ayniqsa shiddat bilan tushib ketdi, va bu Samsung’ga Apple’ni ancha ortda qoldirish imkonini berdi.

2016-yilning dastlabki uch oyi davomida dunyoda 292 mingga yaqin smartfon chiqarilgan. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan qisqarish sezilarsiz — atigi 1,3 foiz. Biroq ma’lumotlarni o‘tgan chorak ko‘rsatkichlari bilan qiyoslaganda, savdo hajmi 18,6 foizga pasayib ketganini ko‘rish mumkin.

Smartfonlar bozorida, 2016-yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, birinchi o‘rinni 27,8 foiz natija bilan hamon Samsung egallamoqda. O‘tgan chorakda uning hissasi 22,1 foizni tashkil etgan edi.

Apple esa ikkinchi o‘rinda qolmoqda, ammo uch oy avval uning smartfonlar bozoridagi hissasi 20,9 foizdan iborat bo‘lgan bo‘lsa, endi ushbu ko‘rsatkich 14,4 foizga tushib qoldi.

Reytingning uchinchi pog‘onasida Huawei (9,3%), keyingi o‘rinlarda esa Lenovo (5,8%), Xiaomi (5,5%) va LG (5,1%) joylashdi.

TrendForce eksperti Avril Vu aytishicha, iPhone 6s’ga bozorda talab yo‘q. U iPhone 6’ga o‘xshaydi va o‘rtacha xaridorga haqiqatda kerak bo‘lgan qo‘shimcha funksiyalarga deyarli ega emas.

Martda chiqarilgan iPhone SE Apple savdolarini iPhone 7 chiqquniga qadar ushlab turadi. Biroq yangi 4 dyuymli smartfon Xitoy brendlarining modellari bilan raqobat kurashiga duch kelib bo‘ldi va o‘rtacha narx segmentida yetakchi o‘rinlarni egallamay qo‘ydi.

Manba

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar