Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

20.04.2016

Tarvuzni yeng – u, po’chog’ini tashlamang!

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 808
Tarvuzni yeng – u, po’chog’ini tashlamang!

Kasalliklarni bartaraf etish va profilatika qilishda tabiiy vositalardan foydalanishiga nima yetsin! Yozda hammamiz tarvuzni maza qilib yeymiz. Kletchetkaga boy bu poliz mahsuloti oshqozon – ichak mikroflorasini yaxshilab, xazm jarayoniga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Uning go’shtiyu sharbati chanqoqni tez qondiradi. Bugun Gooper.uz tarvuz po’chogi va danagidan turli kasalliklarni davolash hamda profilatka qilishda foydalanish yo’larini o’rgatadi.

Tarvuz po’chog’idan yangiligida, qaynatib, quritib, damlab foydalanish mumkin.

Quritish

Avvaliga uni to’g’ri qurutib olishni o’rganib olamiz. Tarvuz po’chog’I 1 sm kvadrat hajmda kesib olinib maydalanadi va quyosh nuri tegmaydigan, shamol yaxshi esadigan yerda quritiladi. Masalan, uni bir – ikki kun deraza tokchasiga qo’yish, ayvon ustunlariga ilish mumkin. So’ngra gazpechida to’rt soat mobaynida yaxshilab quritiladi. Po’choq quritilib, xovonchada maydalab, kukun holiga keltirilib, maydalab olingach, uni usti yopiq idishda bir yilgacha saqlash mumkin.

Qaynatish

Qurutib olingan tarvuz po’chog’I ustidan suv quyulib, besh daqiqa mobaynida qaynatiladi. So’ngra sovitilib, dokadan suzib olinadi. Tayyor damlama kuniga to’rt marta yarim stakandan ichiladi. Bu qaynatma yurak, buyrak xastaliklarida shishlarni bartaraf etishga yordam beradi. Gastrit, o’tkir va surunkali kolit hamda enterkolit xastaliklarida 100 g tarvuz po’chog’I ustidan yarim stakan qaynoq suv quyulib, bir soat mobaynida qaynatiladi. Kuniga 4 – 5 mahal yarim stakandan ichiladi.

Buyrak va o’t – tosh kasaliklarida

Bu xastaliklarida tarvuz po’chog’idan tayyorlangan choy ichish foydalidir. Uni tayorlash juda oson. Ikki qoshiq tarvuz kukuni ustudin bir stakan qaynoq suv solib, yarim soat mobaynida damlaymiz. Tarvuzli choy kuniga uch mahal ovqatdan 20 daqiqa oldin ichiladi. Bir davo kursi 24 kun davom etadi. So’ngra bir oy tanaffus qilib, Yana qo’llash mumkin.

Oshqozon – ichak kasalliklarida

Choyni damlash vaqti bir soatgacha uzaytirilsa, ichimlik ancha o’tkir bo’ladi. Tarvuz choyining uchdan bir stakanini har ikki soatda ichish oshqozon va ichakdagi yallig’lanishlarini bartataf etadi. Bu choyni kasallik alomatlari yo’qolguncha ichish mumkin.

Danagi ham shifo

Tarvuz urug’ini chaynashning o’zioyoq organizimni kerakli vitaminlar bilan ta’minlaydi. Tarvuz urug’I tarkibidagi arginin aminokislotasi yurak – qon tomir tizimi hamda qon bosimi bilan og’rigan bemorlar uchun foydali . U immunitetni ko’taradi va oshqozon – ichak tizimi faoliyatini yaxshilaydi. Bir – ikki qoshiq tarvuz urug’I kukuni bir stakan suvga qo’shib ichilsa, chanqoqni tez qoldirishi isbotlangan.

Gijjaga qarshi

Qurutilgan tarvuz urug’ini kukun xoliga keltirib, sut bilan aralashtiring (1 stakan sutga 1 – 2 oshqoshiq tarvuz urug’ kukuni ). Aralashma gijjalarga qarshi samarali ta’sir qiladi. Ovqatdan 2 -3 soat avval 1 stakandan kuniga 2 mahal iching. Bu aralshmadan bolalarga ham berishingiz mumkin, u gijja paydo bo’lishining oldini oladi.

Po’choq va go’zallik

Tarvuz po’chog’ida beta karotin va boshqa antioksidantlar bo’lib, organizimni yoshartiradi, yuz va tana terisini tiniqlashtiradi, silliqlaydi, elastikligini oshiradi. Shu bois tarvuz po’chog’idan kosmetologiyada ham unumli foydalaniladi.
Oddiy niqob. Yangi so’yilgan tarvuzning pochog’I qirg’ichdan chiqariladi. Ozgina zaytun yog’I bilan aralashtirilib, yigirma daqiqaga bo’yin, yuzga surtib qo’yiladi. So’ngra iliq suv bilan yuvib tashlanadi. Oxirgi chayiladigan suvga bir ikki tomchi limon suvidan qo’shib yuborish foydali.
Asalli niqob. Qirg’ichdan chiqarilgan tarvuz tarvuz po’chog’I yog’li qatiq bilan aralashtirilib, ozgina toza asal qo’shiladi. Yuz va bo’yinga yarim soatga suritib qo’yiladi. So’ngra iliq suv bilan yuvib tashlanadi. Bu niqob yuzingizni ancha paytgacha yangi tug’ilgan chaqaloqnikidek mayin saqlash xususiyatiga ega.

Tarvuzni yeng – u, po’chog’ini tashlamang!

Tana haroratini tushirish maqsadida

Kukun holiga keltirilgan urug’ning bir grammi 10 gramm suvga aralshtiriladi. Har ikki soatda bir choyqoshiqdan ( shakar qo’shish mumkin) ichiladi.

Po’choqli foydali yeguliklar

Tarvuz pochog’ining foydali jihatlari bisyorligini yaxshi bilgan bekalar tarvuz pishiqchiligi paytida uni bankalarga yopib quyadi – da, bahor kelguniga qadar undan baxramand bo’lishadi. Tarvuz po’chog’idan betakaror mazali murabbolar, tuzlamalar, hatto marmelad tattorlash mumkin. Masalan, tarvuz po’choqli murabboni tayyorlab ko’rishingiz mumkin. U shamolash bilan bog’liq siydik yo’llari kasalliklarining oldini olishga yordam beradi.

Tarvuzni yeng – u, po’chog’ini tashlamang!

Shifoni tabiatdan izlang, deb bejiz aytilmaydi. Guvohi bo’lganingizdek, hammamiz sevgan tarvuzning po’chog’iyu danagigacha shifobaxsh. Uni to’yi b– to’yib yeng, danagi va po’chog’ini ham tashlab yubormang. Tarvuzingiz hech qachon qo’ltig’ingizdan tushmasin, azizlar! Salomatlik doimiy hamrohingiz bo’lsin!

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar