Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

20.04.2016

Germaniya universitetiga kirishdan avval nimalarni bilish lozim?(1 – qism)

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 467

“Agar bunday qilsam nima bo’ladi?” Ushbu savollar barchamizda tu’g’ilishi turgan gap. Aynan xuddi mana shu savollargina yangi – yangi g’oyalarni vujudga kelishiga sabab bo’ladi! Agar sizda ham Germaniya oliy o’quv yurtlarida o’qish borasida “Agar shuni amalga oshirsam nima bo’ladi?” degan savol tug’ilgan bo’lsa ushbu matn sizlar uchun!

Germaniya universitetiga kirishdan avval nimalarni bilish lozim?(1 – qism)

Bu yerda Germaniya universitetlarida o’qishni o’ylab turganlar uchun qimmatli bo’lgan elementar ma’lumotlar mavjud.

Yildan – yilga Germaniyada o’qiydigan xorijlik talabalar soni oshib bormoqda. “Nimaga?” – deb so’rashingiz mumkin. Chunki bu yildan yilga osonlashib boryapti-da! Agar bundan 5 – 7 yil avval siz universitetga hujjat topshirmoqchi bo’lsangiz, universitetni o’zingiz topib borib, anketalarni to’ldirish, har bir universitetga xujjatlaringizni pochta orqali yuborib, Germaniyaga borish borasida bilmaganlaringizni so’rash va aniqlashtirish uchun odam topishingiz kerak bo’lardi. Hozir esa buning uchun maxsus firmalar faoliyat ko’rsatmoqda. Buning ustiga talabalarni qabul qilish nizomlari yildan – yilga soddalashib bormoqda. Demak, sizni qiziqtirayotgan birinchi savolga javob topamiz:

Qanday yo’llar bilan nemis universitetiga xujjat topshirish mumkin:

To’g’ridan – to’g’ri universitetning o’ziga;
Yoki talabalar kolleji (Studienkolleg) ni bitirib.

Qaysi yo’lni tanlasangiz ham har ikkalasi uchun talab turli xil.

Birinchi variantni ko’rib chiqadigan bo’lsak, unda sizni o’z yurtingizdagi biror oliy ta’lim muassasasida bir – yoki ikki yil o’qigan bo’lishingiz lozim. (Bu har bir davlatning o’quv tizimidan kelib chiqadi).

Nega aynan ikki yil?

Chunki, Germaniyada o’quvchilar 13 yil maktabda ta’lim olishadi. Agar ushbu qoidani Rossiyadagi tizimi bilan solishtirsak rus o’quvchilari 11 yil maktabda o’qishadi. Rus o’quvchisi 11 yillik ta’limni bitirgandan so’ng, Rossiyada ikki yil oliy ta’limda o’qib, Germaniyadagi 13 yillik bilan tenglashadi.

Endi esa ikkinchi variant – studienkolleg(shtudienkolleg) larni ko’rib chiqamiz.

Talabalar kolleji – studienkolleg – nemis universitetiga kirish uchun yuqorida bayon etilgan qoidalar asosida bir yoki ikki yil yetmayotgan xorijlik abituriyentlar uchun mo’ljallangan. Kollejda o’qish ikki semester davom etib, har bir semestrdan so’ng imtihon topshiriladi. Bunda imtihondan o’tsangizgina o’qishni davom ettirasiz. Studienkollegda o’qish bir yil davom etadi. Shundan so’ng imtihonlardan olgan natijalaringizga qarab, universitetlarga kirishingiz mumkin.

Studienkolleg orqalimi yoki to’g’ridan – to’g’ri universitetga topshirasizmi, bundan qat’i nazar nemis tilini talab darajasida bilishingiz zarur!

Davomi Bor…

Behzod Ergashev,

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar