Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

19.04.2016

Yoqtirgan mevangiz qaysi?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 500
Yoqtirgan mevangiz qaysi?

Bugun biz sizlarga anitiqa ma’lumotni taqdim etamiz. Quyida berilgan mevalardan o’zingizga yoqadiganini tanlang va tarifini oq’ing. Bu ma’lumotlar sizning xarakteringizni izohlaydi .

Yoqtirgan mevangiz qaysi?

Apelsin mevasini yaxshi ko’radiganlar kuchli sabr egalari va ular erkinlikni yoqtiradigan odamlardir. Shoshilmasdsn puxta ish qilish ularga xos narsa. Qiyinchilikdan also qo’rqishmaydi. Do’stlariga nisbatan, kirishuvchan, ishonchli va halol insonlardir.

Banan mevasini xush ko’radiganlar tabiatan rahmdil va qalbi issiq odamlardir. Bu turdagi odamlarga o’ziga bo’lgan ishonch biroz yetishmay turadi. Adolatsizlikka chiday olishmaydi. Bunday odamlar insonlarning nafqat tashqi ko’rinishiga qarab xurmat qiladi, balki ularning ichki dunyosini ham qadrlashadi.

Ananas mevasini yoqtiradiganlar tez qaror qabul qilib, tezda amalga oshirishga kirishadi. O’zgarishlarga tezda ko’nikadi, ayniqsa bu o’zgarishlar ularning qiziqqan sohalari bo’yicha bo’lsa, juda tez ko’nikishadi. Tashkiliy ishlarda ham faol. To’gri so’z va ochiq ko’ngil.

Nok mevasining shinavandalari agar o’zlari chin dildan hohlashsa, har qanday muammoni xech bir qiyinchiliklarsiz hal qilishlari mumkin. Ba’zida boshlagan ishlarini oxiriga yetkaza olishmaydi. Hokimlikni xush ko’rishadi. Biroz notinch va hissiyotga beriluvchan insonlardir.

Olxo’rini yoqtiruvchilar boshlariga tushgan qiyinchiliklarda ko’pincha boshqalardan o’pkalashadi. Ularga nisbatan qilingan tanqidga umuman chiday olishmaydi. Ular ba’zan shunday orzularni qilishadiki, u hamma vaqt ham ushalavermaydigan orzular bo’lib, lekin ularda doim bu holat ijobiy kechadi. Ularni tabiatan biroz melanxolog bo’lib, ozgina ijodkorligi ham bor odamlardir.

Kivi mevasini yaxshi ko’radiganlar bir so’z bilan aytganda juda ham optimist odamlardir. Ular bilan har doim hamma anrsa qiziq, juda quvnoq odamlardir. Ular bilan xech ham zerikishni his qilmaysiz. O’zlariga bo’lgan ishonch yuqori, har qanday tavakkalchilikka tayyor turishadi. Ularni g’oyalar ombori desa ham bo’ladi, turfa xil g’oyalar aynan undan chiqadi.

Olmani xush ko’ruvchilar ekstravagant (aybni boshqalardan qidiradi), ochiq yuzli, sezgir va tas’irchan odamlardir. O’zini boshqarishda biroz qiynalishadi ammo jamoada yetakchi lider bo’la oladi. Tezda qaror qabul qilish xususiyatiga ega. Yoqimtoylik va jozibalilik bularga hos holat. Sayohatlarni yoqtirishadi. Boshqalarga nisbatan kelajakka ishonchi katta odamlardir.

Uzum mevasini yoqtiradiganlar tezda hayajonlanishadi, yolg’izlikda o’zlarini yaxshi his qilishadi. Juda kirishuvchan, mashxurlik va salobat ularga hos. Hayotning har bir kunidan lazzatlanib yashashadi. Yoshiga qaramasdan kutilmagan sovg’alarni yoqtirishadi, har bir kutilmagan maroqli voqealarga bolalarcha hursand bo’lishadi.

Tarvuzni xush ko’ruvchilar hayotdan xech ham nolishmaydi. Ular har doim hamma narsaning yaxshi tomonini o’ylashadi. Ular maslahat berishni yaxshi ko’rishadi, odamlarni to’gri yo’lga yurishga ko’maklashadi. Ular odatlarini o’zgartirishga qiynalishadi. Ishda ko’p narsalarga erishishida o’jarliklari halaqit berishadi.

Mandarin mevasini yaxshi ko’ruvchilar uzoqni o’ylamay fikrlaydigan va boshqalarga nisbatan ko’pincha ga’razli munosabatda bo’ladigan odamlardir. G’ururli, do’stlari bilan yaxshi munosabatga kirishadigan, dilkash insonlardir.

Qulupnay yoqtiradiganlar quvnoq, bag’rikeng, odamlar bilan til topishib ketishi juda oson odamlardir. Ular kiborlilikni va chiroyli narsalarni yaxshi ko’rishadi. Ular o’zlarini his tuyg’ulariga ishonishadi va shunga qarab ish qilishadi.

O’rik mevasining muhlislari esa erkinlikni xush ko’ruvchilar va mehribon odamlardir. Ular erkinlikka erishish uchun kuchli zarba berishga ham tayyordirlar. Atrofdagilarning ichonchini osongina qozonadilar. Ularga ijodkorlik hosdir, she’r va hikoyalar yozishga qiziqishadi. Muloqatga kirishuvchan va ochiq ko’ngildirlar. Tez tez sirli ko’rinadilar, yuragidagi gaplarni faqat yaqinlarigagina aytadi.

Gilosni yaxshi ko’radiganlar uchun hayot hamma vaqt ham shirin bo’lavermaydi. Hayot baland pastliklardan iboratdir. Ularning tasavvuri keng va kuchlidir. Ular ishonchli hamkorlardir. Ular uchun eng qiyin narsa – bu his tuyg’ulari bilan yolg’iz qolishdir. Shuning uchun ular doim yaqinlari davrasiga shoshiladilar.

Qovunni xush ko’ruvchilar botir insonlardir. Ular azaldan ichkilikni xush ko’rishmaydi, boshqalarning fikriga tezda qo’shilib ham ketmaydi. Shuning uchun ham ulardan ko’pincha boshliqlar chiqadi. Ular katta maqsadlar qo’yishadi va unga osongina erishishadi. Ular bag’ri keng va mard insonlardir. Sayohatlar joni dili.

Shaftoli mevasining shinavandalari diqqat markazda bo’lishni yoqtirishadi. Ular ochiqko’ngil va bega’rz odamlardir. Ularning do’stlarining soni doimo juda ko’p. ularning hazillashayotganlarini va jiddiy gapirayotganlarini farqiga borish qiyin. Mustaqil va orzumand odamlardir. Ular ideal va ishonchli yor bo’lad oladilar. xush ko’ruvchilar ekstravagant (aybni boshqalardan qidiradi), ochiq yuzli, sezgir va tas’irchan odamlardir. O’zini boshqarishda biroz qiynalishadi ammo jamoada yetakchi lider bo’la oladi. Tezda qaror qabul qilish xususiyatiga ega. Yoqimtoylik va jozibalilik bularga hos holat. Sayohatlarni yoqtirishadi. Boshqalarga nisbatan kelajakka ishonchi katta odamlardir.

Manba: maslahat.uz

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar