Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

19.04.2016

Bill Geyts (William Henry Gates III)

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 397

William Henry «Bill” Gates III – Amerikalik biznesmen magnat, investor, bir necha kitoblar muallfi va saxovatpesha kishiligi bilan hammamizga ma’lum. Bill Microsoft kompaniyasini do’sti Paul Allen bilan birga 1975 yilda tashkil qilgan. Bill yana Microsoftdagi ish faoliyatidan tashqari Bill & Melinda Gates fondini ham rahbar sifatida boshqaradi.

Tug’ilgan Sanasi: 28 Oktabr, 1955
Sohasi: Kompyuter Programmalari, Microsoft
Yashash joyi: Medina, Vashington, AQSH
Fuqaroligi: AQSH
Ma’lumoti: Harvard Universiteti (tugallanmagan)
Turmush o’rtog’i: Melinda Gates
Farzandlari: 3ta
Moliyaviy ahvoli: $77 milliard (2014 — yil ma’lumotlariga ko’ra)

Bill shaxsiy kompyuterlar inqilobining eng taniqli insoni sifatida ham tan olingan. Bill 2000-yildan beri tashkil qilgan Bill & Melinda gates fondi orqali xayriya yo’lida va ilmiy tadqiqotlarga ko’p miqdorda pul sarflaydi.

1975-yili Microsoftning birinchi offisini tashkil qiladi. 1985-yil 20-noyabrda u birinchi Microsoft Windows operativ tizimini yaratgan.

Bill Geyts (William Henry Gates III)

Sentimilliarder

1987-yilda, 32 yoshga to’lishidan bir necha kunlar oldin, Forbes jurnalida eng yosh millarder deb rasman tan olingan. O’shanda Bill Gatesning shaxsiy boyligi oldingi yilga qaraganda $900 millionga ortib, $1,25 milliardga yetgan edi. Shuni yana ta’kidlab o’tish lozimki, 1999-yilda ozgina muddatga, Billning boyligi $101 milliard ($101,000.000.000) ni tashkil etgan. Bu holat uning «sentimilliarder” (centibillionaire) degan nom bilan atalishiga sabab bo’lgan.

2006-yilda bergan intervyusida, Bill Gates «Dunyoning eng boy kishisi” degan nomni yoqtirmasligi va bu nomning unga keraksiz e’tibor keltirishini ta’kidlab o’tgan.

Har doim kelajakda oldingizga hech kim qilishga jur’ati yetmagan mushkul ishni qilishni maqsad qilishni rejalashtiring

2010-yilning aprelida Massachusetts Texnologiya Institutining talabalari bilan bo’lgan uchrashuvida: «Har doim kelajakda oldingizga hech kim qilishga jur’ati yetmagan mushkul ishni qilishni maqsad qilishni rejalashtiring” deb aytgandi o’shanda Bill talabalarga qarata.

Dunyodagi eng badavlat kishi

Bill Forbes reytingining 1995-yildan 2009-yilgacha (2008-yildan tashqari) «Dunyodagi eng badavlat kishisi” sifatida e’tirof etilgan.

Hayriya ishlari

2007-yilidagi ma’lumotga ko’ra, Bill turmush o’rto’gi Melinda bilan $28,000.000.000 (28 milliard AQSH dollari) miqdoridagi pulni xayriya yo’liga sarflashgan. Ular o’zlarining pullarini 95% ini xayriya fondlariga topshirishni rejalashtirishmoqda.

Oilasi

Bill Gates 1994-yilning 1-yanvarida Melinda Frenchga uylangnan. Ularning ikki qizlari, Jennifer Katharine (1996) va Phoebe Adele (2002), va o’g’illari, Rory John (1999) bor. Gates oilasi, Vashingtonning Medina shahridiga uyda istiqomat qilishadi. Uyning maydoni 6,100 m2 bo’lib, unda 18m lik isitilgan basseyn (basseyn suv osti musiqa tizimi bilan johozlangan), 230 m2 lik sport zali va 93 m2 lik mehmonlar xonasi bor. Uyning 2006 — yildagi bahosi $125 million deb hisoblangan va uyning yillik solig’i $991,000 ni tashkil qiladi. Billning yutuqlari ichida Leonardo Da Vinchining «Codex Leicester” nomi bilan atalgan qo’lyozmalari majmui alohida o’rin egallaydi. 1994-yilda bo’lgan kim oshdi savdosida, qo’l yozamalarga $30.8 million midorida pul to’lagan.

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar