Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

19.04.2016

Savoblar 700 barobar ortadigan kun

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 338
Savoblar 700 barobar ortadigan kun

Butun musulmon dunyosida, jumladan bizning diyorimizda ham Qurbon hayiti keng nishonlanmoqda. Asrlar mobaynida bu bayram ezgulik, mehr-oqibat, poklik ayyomi sifatida nishonlab kelinadi. Qurbon hayiti kunlari yaqinlar holidan xabar olish, ehtiyojmand kishilarga muruvvat ko’rsatish xalqimizning ezgu an’analaridan sanaladi.

“O’ng qo’ling qilgan ishni chap qo’ling bilmasin”
Dinimizning muqaddas manbalarida nafaqat ana shunday bayram kunlarida, balki har doim muhtoj kishilarga yordam qo’lini cho’zish, yaxshilik, xayr-saxovat singari ezgu amallarni ko’paytirishga da’vat etiladi.

Qurbon hayiti kunlarida qurbonlik qilinishi zamirida ham avvalo iymon-e’tiqod sinovi, qolaversa, insoniylik, mehr-muruvvat yotadi. Chunki, shu kunlarda qurbonlik qilingan jonliqlarning eti asosan kam ta’minlangan oilalarga, etim-esirlarga tarqatiladi. Dinimizda o’ziga to’q, mol-davlati etarli bo’lgan har bir musulmon uchun qurbonlik qilish buyuriladi. Imkoni bo’la turib, bu amaldan bo’yin tovlaganlar gunohkor bo’ladilar.

Shu o’rinda alohida ta’kidlash joizki, dinimizda xasislik, oqibatsizlik qanchalik qoralansa, isrofgarchilik, odamlarga ko’z-ko’z qilish uchun qilingan xayr-ehson, riyokorlik ham qat’iy taqiqlanadi. Muqaddas hadislarimizda “o’ng qo’ling qilgan ishni chap qo’ling bilmasin” deya marhamat qilingan.

Hazrat Navoiy ham “Hayrat ul-abror”dostonida yozadilar:

Sochmoq ovuch birla guhar ot uchun,

Naqd etak birla mubohot uchun.

Aql hisobidin erur ko’p yiroq,

Buxl bu judingdir erur yaxshiroq.

Demak, isrofgarchilik, riyokorlik, kibru havo uchun qilingan ehson xasislikdan ham yomonroq illat ekan. Afsuski, oradan asrlar o’tsa-da, bu illat batamom yo’qolib ketmagan. Hukumatimiz tomonidan bir qator choralar ko’rilayotganiga qaramay, to’y-ma’rakalarimizdagi isrofgarchilik holatlari yo’qolib ketmayapti.

Riyodan uzoq bo’laylik

Bugun qay bir mahalla yo qishloqqa kirib bormang, albatta, biror to’yning ustidan chiqasiz. Bir paytlar to’ylar asosan, hovlilarda bo’lardi. Endilikda har bir tuman yo shaharda bir-biridan shinam to’yxonalar qurilyapti. Albatta bu yurtimizdagi obodlik, farovonlik nishonasi. Ammo, ana shunday to’yxonalarda o’tayotgan to’y-hashamlardagi ortiqcha dabdaba kishini o’yga to’ldiradi.

Ba’zi to’ylarga borib, u erdagi to’kin-sochinlikdan hayratga tushasiz. El tanigan xonandalar biri olib, biri qo’yib kuylaydi. Kelin-kuyov qimmatbaho xorij mashinalari karvonida dabdaba bilan to’yga kirib kelishadi. To’ydan tashqari, sarpoyu suruvlar haqida-ku gapirmasa ham bo’ladi…

Albatta bunday to’ylar bor boricha, yo’q holicha qilinsa-ku mayli. O’ziga to’q xonadonlarga havas qilib, to’yni bekamu ko’st o’tkazish ilinjida qarz botqog’iga botib chiqayotganlar ham ko’p.

Shu o’rinda bir voqeani so’zlab beray. Bir tanishim bor. O’rtamiyona kun ko’radi. Amakisi esa, kattakon tadbirkor, ikki-uchtalab korxonasi bor. Sinfdoshim uning korxonasida oddiy ishchi. Arzimas maosh oladi. Aka-ukalari bilan torigan hovlida siqilib qolishgan.

Sinfdoshimning amakisi yaqinda to’y qildi. To’yga o’nlab mashhur san’atkorlar borishdi. Hisoblab ko’rilsa, birgina san’atkorlar uchun sarflangan pulning o’ziga bundayroq uy qursa bo’larkan. O’sha badavlat amaki to’y xarajatlarini sal qisqartirib, o’z jiyanining uy qurilishiga ko’maklashsa bo’lmasmidi?

Xuddi shu mahalladaning bir chetidagi g’aribgina kulba ham e’tiborimni tortdi. Eshitishimcha, bu uyda bir chol-kampir turisharkan. Ularning kulbasi xuddi zar choponga tushgan yamoqni eslatadi. Badavlat qo’shnilar shu omonatgina uy oldidan kunda necha marotaba o’tisharkin? Loaqal savob uchun shu nuragan uyni ta’mirlash nahot hech kimning xayoliga kelmadi ekan?

Boylik ham inson uchun bir imtihon. Afsuski, bu imtihondan hamma birdek omadli o’tolmaydi. Kimdir boylikni xayrli ishlarni ko’proq qilish uchun berilgan imkon deb bilsa, yana kimdir dabdabali hayot kechirish va boshqalarga o’zini ko’z-ko’z qilish uchun qulay imkoniyat deya qabul qiladi. Afsuski, keyingi toifadagilar ko’pchilikni tashkil etadi.

Savollarga javob izlab…

Albatta, xorijning eng ko’rkam va shinam mashinada yurishingizning yomon tomoni yo’q. Ammo, ana shu mashinada bir marta bo’lsin bemor qo’shningizni shifoxonaga olib bordingizmi? Shohona to’y qildingizmi, omadingizni bersin. Ammo, shu to’yda mahallangizdagi eng faqir odamni ham aytish esingizdan chiqmadimi? To’yga falon ming dollar sarflab pistonchi “yulduz” xonandani chaqirdingizmi, qandingizni uring. Biroq, qizining shartnoma pulini to’lolmay boshi qotib turgan yaqin do’stingiz haqida ham birrov o’ylab ko’rdingizmi?

Balki bu savollar kimningdir ensasini qotirayotgandir. Ammo, bu savollarni tez-tez o’zimizga, yon-atrofimizdagilarga berib tursak yomon bo’lmasdi.

Qurbon hayiti mehr oqibat ayyomi dedik. Hayit namozi o’qilgach, ko’pgina xonadonlarda qurbonlik qilinadi. Ko’p o’tmay, muqaddas Haj ziyoratidan qaytgan otaxonu onaxonlarimiz sharafiga “haj to’ylari” o’tkaziladi. Albatta, bunday marosimlar, xayr-ehsonlarning xosiyati bisyor. Ammo, bunday marosimlar riyokorlikdlan xoli, sarf-xarajatlar ham me’yorida bo’lmog’i lozim.

Xalqimiz qutlug’ ayyomiga peshvoz chiqayotgan ayni kunlarda har bir amalimiz ezgulikka xizmat qilsin. Bag’rikenglik, poklik va mehru muruvvat ayyomi bo’lgan Iyd al-adha – Qurbon hayiti muborak bo’lsin, azizlar!

Manba: Darakchi.uz

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar