Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

19.04.2016

Hayotni yengillashtiruvchi 5 maslahat

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 429
Hayotni yengillashtiruvchi 5 maslahat

Hayotda barchamizda quvonchli paytlar bo’lgani kabi qayg’uli va qiyin davrlar mavjud. Ammo, qiyinchiliklarni yengillatish imkoniyatlari mavjud. Buning uchun quyidagi maslahatlarga amal qilsangiz bas. Bugun Gooper.uz‘da qiyinchiliklarni yengib o’tishni yengillatuvchi maslahatlarni taqdim etamiz. Marhamat!

1.Nola qilaverish yaxshi emas.

Kơp hollarda insonlar o’ylamaydilarki bunday fikr yuritish insonni tanazzulga boshlaydi. Nolachi har xil bahonalar qiladi. “Boshqa davrda tug’ilgan”, “boshqa burj ostida tug’ilgan”, “qơshnilaridan bahona izlaydi” vaxokazo. Ushbu holatda u oddiygina nolachi, chunki bunday yo’l tutish qulay-da! Shu yo’sinda u javobgarlikni boshqa shaxsga yuklaydi – ota-onasiga, hukumatga, boshlig’iga. Buning barchasi shunday fikrlashga va shunday xayot tarziga ơrganganligidandir.

2. Muammolarni hal qilishni ơrganing

Inson miyasi – bu har qanday masalani yechimini izlovchi kompyuterdir, eng asosiysi yechimni topish. Quvvat yetadi, bu haqda qayg’urmasangiz ham bo’ladi. Astoydil harakat qilinsa atom reaktorini qurish masalasini ham hal qilsa bo’ladi. Bu holda eng asosiysi qo’limdan kelmaydi yoki uddalay olmayman, singari bahonalarni izlamaslik kerak. Muammolar mavjud emas, ularni turli yechim yo’llari mavjud. Shunda aniq! Hayot o’zgaradi!

3. Bor imkoniyatlaringizga tayaning.

Barchamizda nimadur bor – nimadur yo’q. Sizda mavjud unsurlardan tơg’ri foydalangan holda vazifalarni yecha olishingizga ahamiyat berganingizdagina olg’a yura olasiz.

Mana yaqindagina xabar oldim: “Salom, Do’stim! Menda ma’lum vazifa bor – sho’rva tayyorlash darkor. Biroq muzlatgich deyarli bo’sh. Nima qilishim kerak?” qanday hol bu… nima qilish kerak? Borib do’kondan barcha kerakli oziq ovqatlarni sotib olish mumkin, sabzavotlarni tomorqada yetishtirib qishin bo’yi ularni iste’mol qilish mumkin, va nihoyat bor imkoniyatdan foydalangan xolda pishirish mumkin. Shundan xulosa qilamanki, ayni vaziyatdagi imkoniyatimizdan kơra, ahamiyatimizni bizlarda mavjud bo’lmagan imkoniyatlarga qaratamiz.

4. Yaxshilikka intilish kerak.

Intilish – hayotimning asosiy shiori. Har qanday vaziyatda yaxshiroq bo’lish kerak, ushbu tamoyilga amal qilgan har qanday inson xoh skripkachi hox tadbirkor bo’lishidan qat’iy nazar barcha narsalarga erishadi. Barcha millionerlar qay sohada yutuqlarga erishganlaridan qat’iy nazar ơzlarini ustasi omon deb atashlari mumkin.

5. Optimistlarga doim omad kulib boqadi.

Hayotimizdagi yaxshi vaziyatlarning miqdori ơzimizga bog’liq. Ob-havoga emas, borliqqa emas faqatgina ơzimizga bog’liq. Aslida biz qanday qilib bahtga erishishimiz mumkin? Bahtli inson bo’lmoqlik ichki tanlovimiz bo’lishi lozim.

Mirmuhammad Ergashev,

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar