Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

19.04.2016

Xitoyda o`lim jazosini qo`llashga sabab bo`luvchi pora miqdori belgilandi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 61

Xitoy xalq oliy sudi va xalq oliy prokuraturasi poraxo`rlarga nisbatan o`lim jazosini qo`llash bo`yicha qonunga o`zgartirish kiritdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabariga asoslanib «Darakchi» ma’lumot bermoqda.

Xitoyda o`lim jazosini qo`llashga sabab bo`luvchi pora miqdori belgilandi

Qonunga kiritilgan o`zgartirishga ko`ra, endilikda 460 ming AQSh dollari va undan ko`proq miqdordagi pulni pora sifatida olgan yoxud o`zlashtirgan shaxslarga nisbatan o`lim jazosi qo`llaniladi.

Xitoy Xalq Respublikasi rahbari Si Szinpin hukumatga kelgan 2012 yildan boshlab,mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurash keng ko`lamda amalga oshirila boshladi.

Rasmiy statistika ma`lumotlariga ko`ra, joriy yilning yanvar oyida mamlakatda pora olgan 5459 nafar mansabdor shaxslar jazoga tortilgan. O`tgan 2015 yilda esa qariyb 50 ming nafar amaldorlar pora olgan va berganligi uchun jazolangan.

Xitoy xalq Respublikasida boshqa mamlakatlarga nisbatan ko`proq o`lim jazosi qo`llaniladi. Norasmiy ma`lumotlarga ko`ra, mamlakatda har yili besh mingga yaqin kishi o`lim jazosiga hukm qilinadi. O`lim jazosi mamlakat qonunlarining 46 ta moddasi bo`yicha, asosan noqonuniy narkotik savdosi uchun qo`llaniladi.

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar