Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

19.04.2016

To’g’ri pardoz go’zallik kaliti!

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 961
To’g’ri pardoz go’zallik kaliti!

To’g’ri pardoz go’zalligimiz kaliti! Quyida pardoz qilish bilan bog’liq bir qancha maslahatlarni e’tiboringizga havola etamiz.

Makiyaj yuz terisi, soch va ko’z ranglari bilan uyg’urilashib turishi kerak. O’quv bilan, to’g’ri pardoz qilish uchun asosiy qoida va muolaja tartiblarini bilish nihoyatda muhim.

1. Tozalangan yuzga terining xili va ehtiyojini hisobga olgani holda upa tagidan qo’yiladigan asosiy kremni surtiladi. Krem 10 minut oldin, ya’ni teriga yaxshi singishi uchun surib qo’yiladi. Teri quruq bo’lsa, ustiga yana takror surish mumkin.

2. Yuzga rangli tonal krem surtiladi. Bu krem yuzning tabiiy rangidan, albatta, ochroq yoki to’qroq bo’lishi kerak.

3. Yuzga terining rangini hisobga olgan holda rumyana (qizil-pushti rang yog’upa) surtiladi.

4. Yuzning hammasiga paxta bilan upa qo’yiladi. Upa rang beruvchi (tonal) kremga nisbatan ochroq yoki to’qroq tusda bo’lishi kerak.

5. Qoshlarni avval cho’tkali taroqcha bilan tarab, so’ng qosh qalami»bilan chizib bo’yaladi.

6. Yuqon qovoqlar rangli preparatlar (terilar) bilan bo’yaladi.

7. Ko’z atrofi cho’tka yoki qalam yordamida bo’yaladi.

8. Kipriklar tush bilan bo’yaladi.

9. Lab atrofini qalam bilan chizib olib, so’ng astagina lab bo’yog’i surtiladi.

Yuzning tuzilishiga qarab pardoz quishning quyidagi qoidalari tavsiya etiladi. Cho’zinchoq yuz klassik tipda bo’lganligi sababli uni tuzatishga hojat yo’q, shuning uchun ko’zning tashqi burchagini to’qroq qilib bo’yashning o’zi yetarli. Dumaloq yuz har doim yosh ko’rinadi, unga cho’ziqroq shakl berish uchun chakka va betlarni ozgina to’qroq qilib bo’yash kerak. To’rtburchak shakldagi yuzning farq qiluvchi xususiyati shundaki, kishi jiddiy ko’rinishga ega bo’ladi. Bu holni yumshatish, yuzga yoqimliroq tus berish uchun chakkalarni, yuzning pastki qismlarini to’qroq va, aksiricha, qovoqlar ochroq rangga bo’yaladi. Yuzning to’g’ri burchakli tuzilishi, ayriiqsa, ko’pchilikda uchraydi.

Yuzga cho’zinchoq (oval) shakl berish uchun qovoq, va yonoqlarga ochroq tusli bo’yoqlar ishlatish zarur. Yuz uchburchak shaklda bo’lsa, uning keng yuqon qismi (chakka va yonoqlar) ga to’qroq va, aksiricha, pastki qismiga ochroq tus beriladi. Shuni yodda tutish kerakki, to’g’ri qilingan pardoz hech qachon tenga zarar qilmaydi. Shuningdek, pardoz bo’yoqlarini sira ham yuzda qoldirmaslik, albatta, kechki vaqt tozalab, yuvib yotish kerak.

3. Kosmetik niqoblar tayyorlash va ulardan foydalanish qoidalari. Niqoblar o’z tarkibidagi moddalarning xususiyatlariga qarab davolovchi va kosmetik, ya’ni terini oziqlaritirish, tozalash va oqartirish uchun qo’llaniladigan niqoblarga bo’linadi. Niqoblar, odatda, kosmetik kremlar va turli xil oziq-ovqat mahsulotlaridan tayyorlanishi mumkin.

Davolovchi niqoblar kosmetologiya muassasalarida kosmetolog shifokorning tavsiyasi va nazoratida qo’llaniladi. Uy sharoitida esa faqat kosmetik niqoblardan yuz va bo’yin terisini parvarish qilishda keng foydalaniladi.

Yuzga niqob qo’yishdan oldin yuzni yaxshilab tozalash kerak. Tozalayotganda ham, niqob tortayotganda ham teri eng kam cho’ziladigan chiziqlarni yodda tutish kerak. Tozalangan quruq yoki normal tenga yuz terisining quruq joylariga, shuningdek bo’yin terisiga bironta yog’li krem surtiladi, ketidan issiq ho’l kompress qilish (xususan quruq va burishayotgan teri uchun) juda foydali.

Issiq kompressni ko’tara olmaydigan yoki yuzidagi mayda qon tomirlari juda bilinib turadiganlar kompressiz ham niqob tortishlari mumkin.

Kompress qo’ygandan keyin krem tenga obdon shimilib ketsa, yuzning quruq joylariga yana krem surtish mumkin.

Kosmetik niqobning xillari juda ko’p. Yuzga niqob tortgach, ko’zni yumib o’tirish yoki oyoqlarni balandroq qo’yib yotish tavsiya etiladi. Niqob ho’llarigan salfetka yoki ho’llarigan paxta bilan tozalab olinadi. Haftasiga 2—3 marta niqob tortish mumkin.

Oqsilli niqob yog’li teridagi yog’ chiqadigan teshiklarni toraytirish va burisha boshlagan, bo’shashgan yog’li va quruq terining yashash qobiliyati (tonus) ni oshirish uchun qo’llaniladi. Teri avvalo losbon bilan artib tozalanadi va quruq tenga (yoki terining quruq joylariga) yog’li krem suriladi.

1. Tuxum oqsili (ko’pirtirmasdan) faqat ozgina aylantirib, yuzga paxtada uch marta suriladi, har gal surilgan qatlam qurib terida oqish parda hosil bo’lgach, navbatdagi qatlam suriladi. Oqsilli niqob faqat 10—15 minutdan keyin sovuq suvda (paxta bilan) yuvib tashlanadi. Terining quruq joylariga yana yog’li krem suriladi.

2. 1 ta tuxum oqi olinib, yaxshilab quvlanadi. Ustiga bir necha tomchi limon sharbatidan tomizib, birga aralashtiriladi. Tayyor bo’lgan aralashmani yuzga surtib, to quriguncha ushlab, so’ng yuzni suv bilan yuvib tashlanadi.

Oqsilli-kamforali niqob yog’ bezlarining teshiklari juda bilinib turadigan yog’li teri uchun mo’ljallangan.

Ko’pirtirilmagan tuxum oqsilini tenga surish oldidan unga kamforali spirtdan 10 tomchi qo’shiladi. Bu ham tenga yuqonda aytilgandek suriladi.

Tuxumli niqob yuzning normal va quruq terisini yumshatish uchun qo’llaniladi. Yuzning terisi avvalo tozalanadi, so’ngra yog’li krem suriladi, shundan keyin tuxumning oqsili bilan sarig’ini birga aralashtirib yuzga chapiladi. Niqob yuzda 15—20 minut turishi lozim. Bu ham oqsilli niqob singari yuvib tashlanadi.

Tuxum sarig’i bilan asaldan iborat niqob normal va quruq (xususan bo’shashgan) terini yumshatish maqsadida qo’llaniladi. Tuxumning sarig’i ajratib olinib bir osh qoshiq asal qo’shiladi-da, yaxshilab aralashtiriladi, so’ngra tozalangan va yog’li krem surilgan tenga oqsilli niqob singari (qatlam-qatlam qilib) chapiladi. 15—20 minutdari keyin suv bilan yuviladi.

Drojjeli (xamirturushli) niqob. Yuzining terisi bo’shashgan, normal, yog’li, quruq bo’lgan kishilarga tavsiya etiladi. Bu niqob terini tozalaydi, to’qimalarning yashash qobiliyatini oshiradi. Niqob uchun yangi xamirturushdan bir bo’lakcha (10—15 g) olinadi va normal teri uchun — iliq suvga yoki sutga, yog’li teri uchun—3 ргоsеntli vodorod peroksidga, quruq teri uchun esa o’simlik moyiga qaymoq quyuqligida qonladi. Niqob tortish oldidan yuzning terisi yaxshilab tozalanishi shart. Niqob yuzda 10 minut turishi, keyin iliq suvda, ketidan esa darhol sovuq suvda yuvilib, ho’lligicha krem surilishi lozim.

Tvorogli (suzmali) niqob terisi normal va quruq bo’lgan, yog’li bo’lib bo’shasha boshlagan, shuningdek dog’ tushayotgan kishilarga tavsiya etiladi.

Yuz terisi yaxshilab tozalangach, qaymoq (quruq va normal teri uchun), sut yoki qatiq zardobi (yog’li teri uchun) qo’shib tayyorlangan tvorog chapiladi. Niqob yuzda 15—20 minut turadi, so’ngra yuz iliq suvga va ketidan sovuq suvga yuviladi.

Tirnoqgul (kalendula)li niqob. Yog’li tenga qo’yiladi. Paxtadan yupqa qatlam qiliriib, uni tirnoqgul (yarim stakan suvga 1 osh qoshiq tirnoqgul qo’shib tayyorlangan) eritmasiga yaxshilab shimdiriladi. So’ng yuzga 20 minut davomida qo’yib ushlanadi. Agar teri yallig’lanmasa, qo’yilgan niqobni yuvmasa ham bo’ladi. Bunda yuzni paxta bilan artib, so’ng upa qo’yiladi.

Ho’l mevali va sabzavotdan bo’lgan niqoblarda vitaminlar ko’pligidan terining oziqlanishi yaxshilanadi, teri tozalanadi, oqaradi va mayinlashadi.

Yuzning terisi bo’shashgan, qurishgan, moy bezlarining moy chiqadigan teshiklari kengaygan, ajin tushgan, sepkil bosgan, dog’ tushgan hollarda bunday niqoblar yaxshi natija beradi. Ular har qanday tenga ham yarayveradi. Bo’yin terisi yuz terisiga qaraganda tezroq burisha boshlaydi, shunga ko’ra bunday niqoblarni yuzgagina emas, balki bo’yinga ham qo’yish mumkin. Buning uchun teri yuqonda aytib o’tilganidek tozalanishi lozim.

Krem surayotganda va niqob tortayotganda lablarni ham esdan chiqarmaslik, ularni ham oziqlantirish kerak.

Niqobni harvaqt, yuzga kompress qo’yishdan oldin tayyorlash lozim. Bu maqsadda tanlangan ho’l meva, rezavor meva yoki sabzavot (bodririg, karam, pomidor, limon, apel’sin, qulupnay) yaxshilab yuviladi, dag’al po’stidan tozalanadi, yumshoq mevalar shisha yoki chinni idishda yog’och yoki kumush qoshiq bilan eziladi, dag’al meva yoki sabzavot esa qirg’ichda qinladi. Shundan keyin bir parcha doka yoki bint olib unga ko’z va og’iz-burun o’rinlari qo’yiladi, keyin tayyorlab qo’yilgan meva yoki sabzavot suvida yoki bo’tqasida ho’llanadi, suvi oqib turmasligi uchun salgina siqiladida, yuzga va bo’yinga (g’ijimlarni yozib) qo’yiladi. Niqob yuz va bo’yinda 10—15 minut turishi kerak.

Ba’zan meva, sabzavot suvi yoki bo’tqasi o’rniga yuzga meva yoki sabzavot (masalan, apelsin, limon, bodring, pomidor va hokazo) bo’laklarini qoplash mumkin. Bunday meva yoki sabzavotlardan tayyorlanadigan niqoblar turlicha bo’ladi.

Qaynatilmagan yangi sutga bir necha bodring bo’laklarini yarim soatcha solib qo’yiladi. So’ng qirg’ichdan o’tkazib, suvi aralashma bilan yuz terisi artiladi.

Agar yuz terisi o’ta quruq bo’lsa, yangi karam harglarini sutda quyulguncha qaynatiladi. So’ng uni yuz va bo’yin terisiga 20 minutcha surtib qo’yiladi.

Agar yuz terisi yog’li bo’lsa, sabzini qirg’ichdan o’tkazib, hosil bo’lgan massani yuzga surib qo’yiladi. Karam harglarini go’sht qiymalagichdan o’tkazib, bitta tuxum oqini qo’shib aralashtiriladi. Uni yuz va bo’yin terisiga yarim soatcha surib qo’yiladi.

Uch dona sariq sabzi olib, qirg’ichdan o’tkaziladi, 1 choy qoshiq kraxmal (pishirilgan kartoshka bo’tqasi ham bo’ladi) va 1 osh qoshiq sutni yaxshilab aralashtiriladi. Hosil bo’lgan massa yuzga suriladi.

Bu muolajalarning har biri yuzning mayin va tiniq ko’rinishiga yordam beradi. Muolajalardan so’ng yuzni iliq suvda yumshoq sovun bilan yuviladi. Shundan so’ng yuzni pardoz qilish mumkin. Shuningdek, fursat bo’lganida yuzga oqsilli-mevali yoki oqsilli-sabzavotli niqob tortish ham mumkin. Bu holda meva yoki sabzavot suvi (bir choy qoshiq) bitta tuxum oqsiliga tomizib qo’shiladi, ayni vaqtda oqsil salgina ko’pirtiriladi. Bu niqob ham oqsilli niqob singari to’g’ridan-to’g’ri tenga qo’yiladi. Bu niqoblar oldin iliq, so’ng sovuq suvda paxta bilan yuvib tashlanadi.

Shundan keyin tenga ho’lligida bir ozgina yumshatuvchi krem suriladi (krem tenga qarab tanlanadi). Mevali-sabzavotli niqobni haftasiga 3—4 marta va bundan ham ko’proq qo’yish mumkin.

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar