Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

18.04.2016

ANTARKTIDA haqida qiziqarli faktlar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 718
ANTARKTIDA haqida qiziqarli faktlar

Balki bilmassiz, Antarktida million yillar avval iqlimi mo’tadil, hayvonot va nabotot olamiga boy qit’a bo’lgan. Yer platolarining doimiy siljishi tufayli qit’a janubiy qutbga “borib qolgan”. Farazlarga ko’ra, Antarktida million yillar o’tib yana issiq mintaqalargacha “suzib boradi”. “Muz qalpog’i”dan xalos bo’lgach, yana avvalgidek hayot qaynagan go’shaga aylanadi.

Quyida hozirgi Antarktida haqida qiziqarli faktlarni e’tiboringizga havola etamiz.
#1 Antarktida rasman 1820-yil 28-yanvarda Bellingzhauzen va Lazarev boshchiligidagi ekspeditsiyada ochilgan.

#2 Antarktidaga ilk qadam qo’ygan odamlar Norvegiyaning “Antarktik” kemasi kapitani va olim Karsten Borxgrevink bo’lishgan.

#3 Antarktida hech qaysi davlat tasarrufiga kirmaydi. Bu haqda 1961-yil 23-iyunda konvensiya qabul qilingan.

#4 Antraktida Yer yuzidagi eng sovuq qit’a hisoblanadi. Aynan shu yerda insoniyat tarixida eng past harorat Selsiy shkalasi bo’yicha -89.2 daraja qayd etilgan.

#5 Antraktidada hech qanday davlat, hech qanday doimiy aholi yo’qligiga qaramay, o’z telefon kodiga – +682, internet domeniga – .aq va bayrog’iga ega.
#6 Qit’ada “yoz”ning avj pallasi fevral oyiga to’g’ri keladi. Aynan shu paytda ilmiy stansiyalarda tadqiqotchilar almashadi.
#7 Antarktidada ja’mi 49ta ilmiy-tadqiqot stansiyalari mavjud bo’lib, ularda qirqqa yaqin davlat olimlari faoliyat yuritadi.

#8 Antarktidada joylashgan Ueddel dengizi Yer yuzidagi eng toza suvli dengiz hisoblanadi.

#9 1999-yil oktabrda qit’adan London shahri kattaligidagi aysberg ajralishi kuzatilgan.
#10 Ilgari Antarktidaga biron ilmiy ekspeditsiya tarkibidagina kelish mumkin edi. Endi esa qit’aga tur-ekspeditsiyalar ham uyushtiriladi.

#11 Qit’ada eng sovuq haroratdan tashqari, havoning eng past nisbiy namlik darajasi, eng kuchli va davomiy shamollar hamda eng kuchli quyosh radiatsiyasi kuzatilgan.

#12 Yer yuzidagi chuchuk suvlarning uchdan ikki qismi Antarktida muzliklari hissasiga to’g’ri keladi.

#13 Janubiy Qutbga yoqqan qor deyarli yarim million yildan so‘ng eriydi.

#14 Qit’aning yer ostida temir rudasi, oltin, olmos, rangli metallar, toshko‘mir singari foydali qazilmalar bor.

#15 Dunyoning eng janubiy qit’asida O’zbekiston bayrog’i ham o’rnatilgan bo’lib, bu ishni UFF agenti San’at Sharipov amalga oshirgan.

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar