Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

18.04.2016

Ahad Qayum onasining tug‘ilgan kuniga o‘zi suratga olgan “Ona” deb nomlangan…

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 246
Ahad Qayum onasining tug‘ilgan kuniga o‘zi suratga olgan “Ona” deb nomlangan…

Asosan she’rlari bilan tanilgan Ahad Qayum rejissorlikka qo‘l urib, “Ona” nomli film suratga olmoqda. Jurnalist Feruz Muhammad ushbu film haqida batafsil axborot olish maqsadida Ahad Qayum bilan muloqotda bo‘ldi.

— Film orqali tomoshabinga nima demoqchisiz?
— She’riyatdagi yo‘nalishim kabi filmning yo‘nalishi ham tarbiyaga chorlashdir. Film orqali onalarimizga: “Farzand tarbiyasiga ahamiyat bering va yaxshi tarbiya bering”, demoqchiman. Farzandlarga esa: “Ota-ona g‘animat, ko‘zingizni oching, ayriliq muqarrar, ularni bu hayotga bog‘lab bermagan”, degan fikrni yetkazmoqchiman.

— Bugun kinossenariylarning sayozligi asosli tanqidlarga sabab bo‘lmoqda. Siz suratga olayotgan film ssenariysi kimga tegishli?
— Ssenariy Feruza Fattohova hamda Saida Vahobovaga tegishli. Tasvirga olish ishlari aprel oxirida yakuniga yetadi. Bu yil, nasib qilsa, onam 50 yoshga to‘ladi. Mazkur filmni onamning tug‘ilgan kuniga sovg‘a qilmoqchiman.

— Shoir, boshlovchi, dizayner, prodyuser, aktyor, xullas, Ahad Qayum endi rejissor ham bo‘ldimi, degan gap-so‘zlar bo‘lishi tabiiy. Kinodan, rejissuradan qanchalik xabardorsiz?
— 12 yildan buyon kino ichidaman, ko‘plab filmlarda yordamchi rejissor, yordamchi prodyuser sifatida qatnashgan. Yuzlab filmlarning s’yomkalarida qatnashdim, mustaqil ravishda bir qancha kliplar, qisqa metrajli filmlarni suratga oldim. Hech bir film haqida oldindan: “Bu shedevr bo‘ladi”, deb aytib bo‘lmaydi, ammo men kino olishning qonun-qoidasini, yo‘lini rejissorlarimiz darajasida bilaman, deb o‘ylayman.

— Aktyorlar jamoasi kimlardan tarkib topgan?
— Mazkur film yetti onaning taqdiri haqida, unda rollarni Saida Rametova, Erkin Komilov, Tesha Mo‘minov singari 20 dan ortiq mashhur aktyor-aktrisalarimiz ijro etmoqda.

— Yetti onaning taqdirini qaysi aktrisalar ochib beradi?
— Muxlislarimiz yetti onaning rollarini kimlar ijro etganini premeradan so‘ng bilgani ma’qul. Aktrisalarimizning o‘zi: “Bu sir bo‘la tursin”, deb iltimos qilgan.

Manba

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar