Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

18.04.2016

Mersedes nima degani?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 308

Yer yuzida chinakam o’ziyurar mashinalar yaratila boshlaganiga hali 150 yil bo’lgani yo’q. XIX asrning ikkinchi yarmida o’ziyurar mashinalar yaratish harakati Yevropa qit’asida shunchalik qizg’in tus oladiki, ular haqida batafsilroq so’z yuritish kattagina tadqiqotga aylanib ketadi.

1884 yilda farangistonlik Delyamar-Debutvil va Malanden o’zlarining harakatlanadigan konstruktsiyali mashinalarini yaratib, patent oldilar. Ammo uni ko’proq ishlab chiqarishning uddasidan chiqish kashfiyotchilar uchun qiyin bo’ldi. Avstriyalik Markus yog’och va metaldan avtomobil yaratish g’oyasini oldinga surdi.

Ammo mualliflik huquqini o’z vaqtida rasmiylashtirish oson kechmasligi bois birmuncha fursat o’tgach, bu ishlarga uning qiziqishi so’nib qoladi. Hozirgi «Mersedes» turidagi avtomobillarga ham xuddi o’sha paytlarda asos solingan edi. 1885 yil olmoniyalik sarmoyador Gotrib Daymler otsiz o’ziyurar arava — benzinli motor bilan yuradigan mashina ishlab chiqarish uchun patent olishga erishadi.

Mersedes nima degani?

Xuddi o’sha paytlarda Daymlerning vatandoshi Karl Bents ham boshqa byuroga patent olish uchun ariza beradi. Har ikkala texnika ishqibozining arizalari ijobiy kutib olinadi va talablari qondiriladi. Ayrim aqidaparast kishilarning gap-so’zlaridan cho’chigan Daymler o’ziyurar konstruktsiyaning dastlabki sinovlarini kechalari ko’chada odamlar yurishi kamaygan paytlarda amalga oshiradi.

U dastlabki mahsulotlarini o’z yurti Olmoniyada emas, qo’shni Farangistonga sota boshlaydi. Chunki o’sha paytlarda Kayzer Olmoniyasidagi siyosiy holat va aholining iqtisodiy ahvoli yaxshi emas edi. «Mersedes» so’zi qaerdan va qanday paydo bo’lgan? Kunlardan bir kuni «Daymler» firmasining Farangistondagi vakili Yelinik boshliqning yoniga kiradi-da: — Chiqarayotgan mashinalaringiz nomini mening qizimning ismi bilan atasalaringiz yaxshi bo’lardi, — degan gapni aytadi. — Qizingizning ismi nima? — deb so’raydi muhandis Daymler. — Mersedes, — deya javob beradi u.

— Shu nom bilan atashimizni nima bilan asoslaysiz? — deb so’raydi Daymler. Savdogar gumashta o’z fikrini dalillab beradi. Uning fikriga ko’ra, yangi mashinalar «Mersedes» nomi bilan atalsa, bozori chaqqon bo’larmish, raqobatbardoshlikka erisharmish va Daymlerning firmasi butun dunyoda shuhrat qozonarmish… Chunki «Mersedes» so’zi samoda ham, yerda ham, suvda ham tengsiz go’zallik degan ma’noni bildirarmish. Xullas, farangistonlik savdogar Daymlerni o’z fikriga ishontiradi. 1901 yildan e’tiboran mashinalar savdogarning qizi Mersedes nomi bilan chiqarila boshlanadi.

Oradan yigirma yildan ko’proq vaqt o’tib, «Daymler» va «Bents» firmalarining egalari har ikkala firmani birlashtirishga qaror qiladilar. Shunda «Daymler» firmasiga yaxshigina shuhrat keltirgan «Mersedes» so’zini ham esdan chiqarmaydilar. 1926 yildan boshlab birlashgan firmaning mashinalari «Mersedes-Bents» degan yorliq bilan chiqarila boshlanadi. Shu bilan barobar mashinalarning emblemasi — tug’rosi ham paydo bo’ladi: undagi uch tarafni ko’rsatgan bo’laklar — samo, er va suvda tengsiz go’zal ma’nolaridan tarkib topgan ekan. Bugungi kunda shu turdagi mashinalarning butun jahonga mashhur bo’lib ketganligi hech kimga sir emas.

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar