Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

18.04.2016

Xotirani charxlash usullari

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 460
Xotirani charxlash usullari

Kerakli kitob sahifasidagi ma’lumotlarni esda saqlash yomon emas-a ? Do’stlaringizni tug’ilgan kunlari hamisha yodda tursa, qanday yaxshi!… Hammada eslab qolish qobiliyati turlicha. Ko’pchilik biror bir narsani eslab qolish maqsadida uni o’ziga tanish bo’lgan narsalar bilan bog’laydi.

Masalan, Tohir ismini yodda saqlash uchun «Tohir va Zuhra” romanini, yoki qarindoshlaridan birining ismi Tohir bo’lsa, shuni asosiy tayanch qilib oladi. Bu bilan kishilar o’z xotirasini turli mashqlar yordamida charxlashi va yodda turmaydigan narsalarni, osonlik bilan elsab qolishi mumkin. Xotira haqidagi maslahatimiz hayotingizda asqatadi degan umiddamiz. Qadam-baqadam maslahat.

1 «Eslab qolish qobiliyatim yaxshi», deya o’zingizni ishontiring. Ko’pchilik insonlar o’zlarini «mening xotiram past, ism va raqamlarni negadir eslab qololmayman”, deb ishontirib qo’yishadi. Bunday fikrni xayolingizdan chiqarib tashlang va xotiramni yaxshilayman deb qat’iy qaror qabul qiling. Bu borada erishgan har bir yutug’ingizni nishonlang bu sizga kuch va g’ayrat bag’ishlaydi.

2. O’xshash narsalar orqali eslab qolish o’ta foydali. Do’stimizning telefon raqamini eslab qololmasligimizga sabab ular orasida bog’liqlik mavjud emas. Masalan, 5354127 raqamlarini xotirlash juda qiyin. Shunday hollarda bu raqamlarni qismlarga ajratib (5,3,5,4,1,2,7) bosh harfini yoki o’zini biror bir hikoya yoki tanish matal bilan bog’lash kerak. Masalan, besh boladan uchtasi besh oldi. 535 raqami chiqadi. Ana endi siz bu raqamni shubhasiz, eslab qolasiz. Bu, albatta har bir insonning ijodkorlik mahoratiga bog’liq

3. Xayoliy bog’lash ham eslab qolishga katta yordam beradi. Masalan, kitob o’qib o’tirgan bolani yodda saqlamoqchisiz . Xayolingizga kitob o’qib o’tirgan bolani keltirmang bu juda oddiy va tez esdan chiqadigan narsa. Bu sizning xayolingiz va bu yerda siz xohlagan narsalarni amalga oshira olasiz shu sababli g’ayritabiiy holda tasavvur qilishga harakat qiling «bolani quvlab yurgan kitob” yoki «kitobni ishtaha bilan yeyayotgan bolakay”ni tasavvur qiling va albatta siz buni esdan chiqarmaysiz.

4. Narsalarni guruhlashtirish ham eslab qolishga yordam beradi. Ko’pchiligimiz bozorga borishdan oldin kerakli narsalarni ro’yxatini olamiz, lekin baribir nimadir esdan chiqadi yoki olmoqchi bo’lgan bazi bir narsalarimizni esdan chiqarib qo’yamiz. Bunday hollarda ularni guruhlarga bo’lish bizga katta yordam beradi. Sabzavotlar, mevalar, go’shtli mahsulotlar – ularning har birini sonini eslab qolamiz va qay birini olishimizdan qat’iy nazar bir guruhga kiruvchi narsalar boshqasini eslatib turadi. Yana bir misol : 1991194722001989 ko’rinishidagi raqamni eslab qolish qiyin, ammo uni har to’rttasini bir guruhga ajratsak yillar hosil bo’ladi. (1991-1947-2200-1989) Va ularni biror narsa bilan bog’laymiz. 1991-yil O’zbekiston mustaqillikka erishgan. 1947-yil Hindiston mustaqillikka erishgan. Toshkent yaqinda o’zining 2200 yilligini nishonladi. 1989- yil O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. Qarab turibsizki, endi bu raqamlarni eslab qolish hech qanday qiyinchilik tug’dirmaydi.

5. Eslab qolmoqchi bo’lgan narsalarimizni takrorlash. Rus xalqida bir maqol bor: «Takrorlash – bu bilimning onasi”. Haqiqatan, tez-tez biror bir narsani takrorlash uning xotirada muhrlanishiga sabab bo’ladi. Har bir inson hayotda tez-tez takrorlanib turadigan narsalarni esdan chiqarmaydi. Talaba imtihonga tayyorgarlik ko’rib misollarni bajarishi mumkin, ammo ma’lumotlarni takrorlab turmasa, yakuniy imtihonni topshira olmaydi. Inson xotirasi qisqa muddatli axborotlar saqlanadigan va uzoq muddatli xotira, doimiy ma’lumotlar saqlanadigan bo’limdan iborat. Ma’lumot birinchi marta qabul qilinganda qisqa muddatli xotirada saqlanadi va ma’lum vaqtdan so’ng o’chiriladi. Agar ma’lumot bir necha marotaba qaytarilsa, uzoq muddatli xotira bo’limiga joylashtiriladi. Shu sababli eslab qolmoqchi bo’lgan narsangizni qancha ko’p takrorlasangiz shuncha yaxshi eslab qolasiz. Ma’lumotlarni bunday usulda eslab qolish uchun fleshkardlardan foydalaniladi. Fleshkard yasash uchun qog’ozning bir tomoniga savol, ikkinchi tomoniga javobini yozasiz. Savolni o’qib javobini bilsangiz o’tkazib yuboraverasiz, topa olmasangiz orqasiga qaraysiz . Qayta takrorlanaverganligi uchun savollarning javobi xotirangizda muhrlanadi.

Manba: maslahat.uz

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar