Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

18.04.2016

Zaharlangan konfetlar to’g’risidagi masala internet foydalanuvchilarini boshi berk ko’chaga tiqib qo’ydi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 140

Bloger Tim Urban o’z saytida e’lon qilgan har-xil rangli zaharlangan konfetlar haqidagi masala ko’pgina internet foylanuvchilarini bosh og’rig’iga aylandi. Blogerning ta’kidlashicha bu masala Monti Xollning o’zgarish jumbog’i ko’rinishida ekan.

Masala sharti quyidagicha, siz ravon yo’ldan ketayapsiz, olxo’ri daraxtini ko’rib qoldingiz va undan bir donasini uzib olib yedingiz. Bu vaqtda daraxt egasi sizni o’g’riga chiqarib, jazolamoqchi. Unga ko’ra siz u taklif qilgan 3 konfetidan birini yeyishingizni kerak. Muammo shundaki ularning ikkitasi zaharlangan.

Zaharlangan konfetlar to’g’risidagi masala internet foydalanuvchilarini boshi berk ko’chaga tiqib qo’ydi

U sizning oldingizga konfetlarni qo’yib, (yashil, ko’k va qizil) ulardan birini tanlashingizni taklif qilmoqda. Faraz qilamiz, siz yashil ranglisini tanladingiz. Shu vaqtda olxo’ri daraxti egasi sizga yordam berish tariqasida bitta zaxarli konfetni olib qo’yish taklifini kiritdi. U ko’k rangli konfetni cho’ntagiga solib, sizga agar xohlasangiz tanlagan yashil konfetingiz o’rniga qizilini tanlashni taklif etdi.

Savol shundan iborat: agar siz fikringizni o’zgartirib qizil konfetni olsangiz tirik qolish imkoniyatingiz ko’payadimi?

Ko’plab tarmoq foydalanuvchilarining fikricha sizni tanlovingiz o’zgargan taqdirda ham, bu  muammoni hal qilmaydi. Javoblar esa buni aksini ko’rsatdi.

Urbanning tushuntirishlariga ko’ra siz tanlagan konfet zararsizligi 1/3qismga teng bo’lib, bu holda yana ikkita konfet qolayotgan bo’ladi. Ko’k konfetni o’yindan chiqarilgan holda, siz tanlagan yashil konfet zaharliligi haqida ma’lumot aniq emasligi sabab, qizil konfetning zararsizlik imkoniyati ancha oshadi. U sizning tanlovingizga tushmagani balki bejiz emasdir.

Monti Xoll jumbog’I – juda mashhur ehtimollik nazariyasi hisoblanadi. Uni yechimi esa bir qarashda aqlbovar qilmasdek.

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar