Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

17.04.2016

AQSh Rossiyani Asad armiyasining Halabga hujumini to’xtatishga chaqirdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 215
AQSh Rossiyani Asad armiyasining Halabga hujumini to’xtatishga chaqirdi

AQSh Rossiyani Bashar Asad armiyasining Halabga hujumini to’xtatishda yordam berishga chaqirdi hamda Suriya hukumat kuchlari harakatlari 7 haftadan beri davom etayotgan yarashuvga chek qo’yishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda AQSh Davlat departamentidagi manbaga iqtibos keltirgan holda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi, deb yozadi «Kun».

Manba ma’lumotlariga ko’ra, AQSh prezidenti Barak Obama ma’muriyati avvalroq o’t ochishni to’xtatishga rozi bo’lgan guruhlarga hujum qilmaslikka va’da bergan Rossiyaga jiddiy xavotir bildirdi. Manbaning aytishicha, Moskva Asad qo’shinlarini ham bunday harakatlardan to’xtatish uchun o’z ta’sirini qo’llashga rozi bo’ldi.

Agentlikning eslatishicha, 15 aprelda Jenevada Suriya muxolif guruhlari yetakchilari Asad qo’shinlarining Halabdan janubga katta ko’lamda hujumni boshlaganini ma’lum qildilar. Ularning fikricha, Suriya qo’shinlarining harakatlari o’t ochishni to’xtatish sulhini buzadi. Guruhlar yetakchilari uch tomondan Rossiya tomonidan qo’llab-quvvatlanayotgan Asad kuchlari, kurd jangarilari va IShID jangarilari hujumlariga uchraayotganlarini ta’kidlab o’tdilar.

Rossiya mudofaa vazirligi o’tgan haftada Halabga hujum qilinayotgani rejalashtirilmayotganini aytdi. Shu bilan birga Rossiya Bosh shtabi bosh tezkor boshqarmasi boshlig’i Sergey Rudskoy «Halab bilan Damashqni bog’lovchi yo’lni kesish maqsadida katta ko’lamdagi hujum rejalashtirilayotgani ma’lum ekanligini» aytgan.

Rudskoyning aytishicha, Halab janubi va shimolida «Jibhad an-Nusra» jangarilari faol jangovar harakatlar olib bormoqda va ular bir qism aholi punktlarini bosib olishga muvaffaq bo’lgan. «Shuning uchun Suriya qo’shinlari va Rossiya aviatsiyasi harakatlari «Jibhad an-Nusra» jinoiy to’dalarining rejalarini barbod qilishga qaratilgan. Bunda Halabning shturm qilinishi rejalashtirilmagan», deb aytdi Rudskoy.

Rossiya mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko’ra, Halabda «Jibhad an-Nusra»ning 10 mingga yaqin jangarisi to’plangan.

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar