Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

17.04.2016

LEONEL MESSI haqida qisqacha

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 650

To’liq ismi: Lionel Andres Messi

Laqablari: Leo, Bloxa

Tavallud topgan: 1987 yilning, 24 iyunida

Fuqaroligi: Argentina va Ispaniya

Bo’yi: 167 sm.

Vazni: 67 kg.

Ampluasi: Hujumchi

Kataloniyada bir ajoyib jamoa bor. «Barselona»! Mana necha yildirki jahon futbolini larzaga keltiryapti, o’zining «davri»ni tuza oldi. Ayniqsa, 2009 yilda kataloniyaliklar bosh murabbiylik stuliga jamoaning sobiq a’zosi Pep Gvardiola kelganidan so’ng, «ko’k-anorranglilar» o’zgacha o’yin namoyish etishni boshladi. Qaysi raqib kelmasin, birma-bir chetga «terib» qo’yaverdi. Chindan ham, Pep Kataloniyada o’zgacha futbol iforini namoyish etgandi. Jamoaviy o’yinni! Boshqacha qilib aytganda, Gvardiola Futzalni stadionda ham o’ynash mumkinligini isbotlay oldi.

LEONEL MESSI haqida qisqacha

«Barselona»ning hozirda uchta ustuni bor, bilasiz. Bular — Messi, Xavi va Inestalar. Gvardiola qo’l ostidagi jamoa aynan mana shu «uchlik» asosida qurilgan. Bir qancha futbol mutaxassislari ham buni bod-bod ta’kidlashgan, ta’kidlashmoqda. Messi bo’lmasa Xavi va Inestaning o’yini qovushmaydi, Xavi bo’lmasa Messi va Inestani va x.k. Agar uchchovi bo’lmasa «Barsa»ning o’yini qovushmaydi. Bog’liqlikni qarang!

Men bu uchovlonga boshqacha qilib, «Uch og’a-ini botirlar» deya nom berdim. Haqiqattan ham, bir necha yillardan buyon bir jamoada faoliyat yuritayotgan bu futbolchilar og’a-inidek bo’lib ketishgan. Maydonda bir-birlarini ham shunga yarasha tushunib o’ynashadi. Demak, hozir «Barselona»ning eng asosiy ustunlaridan biri bo’lmish «kenja botir» — Lionel Messi haqida gaplashamiz.

Qahramonimiz 1987 yilning 24 iyunida, Argentinaning Rosario shaharchasida tavallud topgan. Otasi — Xorxe Messi, fabrikada ishchi. Onasi — Siliya Messi (qizlik familyasi Kussitini) esa farrosh bo’lib ishlardi. Otasi asli Italiyaning Ankoni shahridan, onasi Anjelo Messi 1883 yilda Argentiniyaga ko’chib kelgandi. Messining Rodrgio va Matias ismli akalari bor. Shuningdek, Maria Sol ismli opasi ham bor. Ko’rib turganingizdek, Leo oilasida eng kenja farzand.

Lionel Messi 13 yoshni qarshi olganda uning iste’dodi haqida «Barselona» klubining aktsiyanerlaridan biri eshitib qoladi va uni olib kelish uchun klub skautlari — Martin Montero va Fabian Soldinilarni yuboradi. O’z navbatida skautlar Messi va uning otasini Ispaniyaga ko’chib o’tishiga ko’ndirishadi. 2000 yil 17 sentyabr kuni futbolchi otasi bilan birgalikda Kataloniyaga keladi. Biroq, jamoaning sport direktori Karles Reksach boshqa ishlari bilan mashg’ul bo’lgani tufayli ko’rikdan o’tish ishlari 3 oktyabr kuni o’tadi. Reksach Messining o’yini ko’rgach, shunday hayratga tusha boshladiki, uni «ko’k-anorranglilar» jamoa mutasaddilariga ko’rsatish uchun bor harakatlarini ishga tushira boshladi. Messi besh yoshidan boshlab futbol bilan shug’ullana boshladi. O’sha paytlarda u «Grandoli» klubida otasi Xorxe boshchiligida mashg’ulotlar o’tkazgan. Messi 1995 yilda o’zining tug’ilgan shahri jamoasi «Nyuellz Old Boyz» jamoasiga o’tdi. Leonel 11 yoshida otasi va onasi bilan Barselona shahriga bordi va 13 yoshida «Barselona» yoshlar jamoasida o’zining birinchi pokerini qayd etishga erishdi. U Kataloniyada tezda o’yinga kirishib ketdi. Va buning samarasi o’laroq, «Barselona»ning ikkinchi jamoasi asosiy tarkibida qo’shilib olib, deyarli har bir o’yinda raqiblari darvozasini ishg’ol qilaverdi.

«Barselona»dagi faoliyati haqida Messining Kataloniya jamoasidagi debyuti 2003 yilning 17 noyabriga to’g’ri kelgan. O’shanda «ko’k-anorranglilar» «Portu»ga qarshi o’rtoqlik o’yinida maydonga tushishgandi. O’yindan so’ng, Ispaniyaning mashhur nashlaridan biri – «El Mundo» yuqoridagi o’yinda ishtirok etgan Lionel Messiga quyidagi tarifni bergandi:

«Messi uch futbolchining qorishmasi. Bu yigitning chapaqayligi Maradonadan, tezligi Kroyfdan va pas berishi Ronaldinodan olingan».

Messining terma jamoadagi yutuqlari

Yoshlar o’rtasidagi jahon chempionati — 2005 yil

Olimpiada o’yinlari chempioni — 2008 yil

Uning klub bilan qo’lga kiritgan natijalari («Barselona»)

Ispaniya chempioni: 2004/05, 2005/06, 2008/09, 2009/10, 2010/11

Ispaniya kubogi sohibi: 2008/09

Ispaniya Superkubogi sohibi: 2005, 2006, 2009, 2010

Evropa chempionlar ligasi g’olibligi: 2005/06, 2008/09, 2010/11

UEFA Superkubogi chempionligi: 2009
Klublar o’rtasidagi jahon chempionati go’libligi: 2009/2011

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar