Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

17.04.2016

KRISHTIANU RONALDU HAQIDA…

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 591

To’liq ismi: Krishtianu Ronaldu dush Santush Aveyru

Laqabi: Ronni, KriRo, CR, CR7, Mashina, Kris.

Tavalludi: 1985 – yil 5 – fevral Funshal, Madeyra, Portugaliya.

Fuqaroligi: Portugaliya

Bo’yi: 186.5 sm

Og’irligi: 84.5 kg

Pozitsiyasi: qanot yarimximoyachisi, xujumchi.

Klubi: Real Madrid – 7 raqam.

KRISHTIANU RONALDU HAQIDA…

Krishtianu dush Santush Aveyru 1985 – yil 5 – fevralda Funshial shahridagi Madeyra nomli kichik orolchada dunyoga keldi. U Mariya Doloresh dush Santush va Joze Dinisha Aveyrularni oilasidagi to’rtinchi farzand edi. Rojdestvo bayramida Krishtianuga otasi futbol to’pini sovg’a qilgan edi. O’shanda г kun bo’yi ko’chada birinchi marotaba darvoza tomon zarba berishni mashq qilardi. Ronalduning o’zi bu borada shunday deydi: «Bolaligimda men asosan baland bo’yli va kuchliroq bo’lgan o’zimdan katta bolalar bilan o’ynardim. $CUT$ Men biroz yoqimsiz holatlarga ham duch jelganman. Ko’pincha men ularni aldab o’tayotganimda juda ham qo’pol podkat bilan meni to’xtatib qolishardi. VA men o’yindan chiqardim. Kichik bo’lib ularni aldab o’tib ketishim tabiiyki, ularga yoqmasdi. Lekin bu futbolga bo’lgan qiziqishimga to’sqinlik qilgani yo’q. Menda doim irodali bo’lishga harakat qilaman. Himoyachilar senga qarshi qo’pol o’ynaganlarida, har qanday holatda ham hech qachon o’zingni kuchsiz tomoningni ko’rsatishing kerak emas.

KARERA BOSHLANISHI

Futboldagi karerasini Ronaldu «Andorinye” klubida boshlagan. Uning otasi ushbu klubda kichik administratorlik lavozimida ishlagan. Tez orada orolning mashxur klublaridan biri «Maritimu” Ron uchun 270 dollar taklif qilgan. Lekin yosh yigitcha Madeyrani kuchli klublaridan biri Nasonalda o’ynashni xihlagan. 12 yoshida o’zidan katta yoshli himoyachilarni aldab o’tishi, yaxshigina tezligi bilan orolni yaxshi o’yinchisiga aylandi. Portugaliyaning yirik klublari e’tiborini o’ziga torta boshladi. Ronga barcha tomondan takliflar oqib kela boshladi, lekin г Lissabonning «Sporting” klubini tanladi. 17 yoshida «Moreyrens” jamoasiga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushdi. Maydonga tushishi bilanoq ikkita gol muallifiga aylandi. Yevropa yoshlar chempionatida omadli ishtirok etgan Krishtianuga Yuventus, Barselona, Real, Chelsi, Liverpul, Milan kabi jahonning mashxur klublari qiziqa boshladilar. 2003 – yilda Manchester United – Sporting o’yinida Ronaldu Ser Aleks nazariga ham tushadi. O’shanda Sporting Yunaytedni 3:1 hisobida mag’lubiyatga uchratgandi. Bundan tashqari Ronaldu o’z o’yini bilan Yunayted o’yinchilarini ham lol qoldirdi.

MURABBIY

Krishtianu Ser Aleksni o’z hayotidagi eng asosiy insonlardan biri deb biladi. «Murabbiy men uchun doim ikkinchi otam bo’lib kelgan. Men klubga kelganimdan so’ng, mendan qaysi raqam ostida to’p surishni xohlayotganimni so’radi. Men 28 raqamini tanladim. Fergyuson esa: «Yo’q, sen 7 raqamini olishing kerak. Aynan shu raqamda Jorj Best, Brayan Robson, Erik Kantona va Devid Bekxem kabi afsonaviy o’yinchilar to’p surishgan” deb aytgandi. Shundan so’ng men klub ishonchini oqlashim kerak edi. Balki ana shu raqam meni ishonch bilan o’ynashimga yordam bergandir”. Ser Aleks ham o’z shogirdi haqida: «Unda zo’r futbolchi bo’lish uchun barcha hislatlar mujassam. U har xil o’ynash uslubiga ega. Unga tezlikda ham, xujumda ham, himoyada ham teng keladigani yo’q.

XARAKTER

Ko’pchilik Krishtianuni oson, «silliq”qina yo’l bilan mashxurlikka erishgan deb o’ylashi mukin. Lekin bu mutlaqo noto’g’ri. Krishtianu hayotda emotsiyaga boy inson. U xursandchilikdan ham, jamoasining mag’lubiyatidan ham yig’lashi mumkin. U bundan tashqari «portlovchi xarakter”ga ham ega. Masalan, Portsmut bilan o’yinda Mark Xyuzga boshi bilan zarba bergan. O’shanda qizil kartochka bilan «siylangan” va uch o’yinga diskvalifikatsiya qilingandi. Shundan so’ng, ko’p narsalarni o’rganganini, endi hech qachon raqiblariga uning ustidan «boshqarish”lariga yo’l qo’ymasligini ta’kidlab o’tgandi. «Men maydon ichkarisida va tashqarisida o’zimni yaxshi tutib, asosan bolalar xotirasida iliq taassurotlar qoldirishga harakat qilaman. Zero ular uchun oldilarida yaxshi namunani ko’rib voyaga yetishlari juda muhim”.

G’ALABA SAN’ATI

Krishtianu sport formasi borasida ko’p ishlaydi. U trenajer zaliga kirib mashg’ulotlar olib borish uchun hech qanday imkoniyatni qo’ldan boy bermaydi. «Men dam olish havaskori emasman. Yosh bo’lganimdan foydalanib, barcha narsani yutish uchun kurashdan to’xtamayman. Men katta yo’lni bosib o’tdim va baland cho’qqida qolishni xohlayman. Oxirgi paytlarda ko’rsatayotgan o’yinimga monand o’ynashni davom ettiraman. Hayot men uchun katta chaqiruv. Biz o’yinchilarmiz va bu kasb bizga ko’pgina yaxshi narsalarni beradi va ayni paytda mas’uliyatli hamdir. Men g’alaba xarakteridagi odamman va shunday bo’lib qolaman. Qayerda o’ynashimdan qat’iy nazar men faqat YUTISHNI xohlayman.

YANGI CHAQIRUV

Ronaldu o’z hayotida tub burilish yasagan transferni amalga oshirdi. 2009 – yilda record summa – 93.4 mln yevro evaziga sayyoraning top klublaridan biri Real Madrid libosini kiydi. U Yuventusdan Realga 76 mln yevroga o’tgan Zidanni rekordini yangiladi. «Men pul evaziga kelganim yo’q. Manchesterda barcha narsaga erishdim. Zklubni 2 marta Angliya chempioni bo’lishiga, Chempionlar Ligasi sovrinini qo’lga kritishiga, boshqa ko’pgina kuboklarga sazovor bo’lishiga qo’limdan kelgancha yordam berdim. Bundan tashqari Angliya to’purari, Chempionlar Ligasi «snayper”I, «Oltin butsa” kabi individual sovrinlarni ham qo’lga kiritdim. Endi bu men uchun hayotimdagi yangi chaqiruv” deb aytgandu Krishtianuning o’zi.

OILASI HAQIDA

U hayotida onasi Mariya, opalari Elma va Katya, akasi Ugulardan iborat oilasiga katta e’tibor bilan qaraydi. Oilasidagi yaqinlari bilan bo’lish uchun har doim vaqt topa oladi. U Portugaliyadan Manchesterga yo’ l olganida oson bo’lmagan. «Bu paytlar kareramdagi eng og’ir damlar edi. O’shanda meni doim qo’llab – quvvatlab turgan oilamni, do’stlarimni tashlab ketish judayam qiyin kechgandi. Biz bir – birimizga har hafta telefon qilardik”. Г o’zining ilk yirik gonorarini olgandan so’ng oilasi uchun uchun uy sotib olgandi. Opasi Katya – qo’shiqchi. Portugaliyada Ronalda nomi bilan ijod qiladi. Elma esa kiyimlar dizayneri. Uni shaxsiy butiki bo’lib, u yerda CR7 deb nomlanuvchi ukasiga tegishli barcha narsalar va Manchester Yunaytedni baxtli 7 raqami tushirilgan futbolkalari mavjud.

KELAJAK…

Xatto eng omadli futbolchi ham ertami kechmi o’z karerasini tugatishiga to’g’ri keladi. Xo’sh, Ronaldu nima bilan shug’ullanadi? Ota – onasi uni amerika prezidenti Ronald Reygen sharafiga Ronaldu deb atashgan. Bundan tshqari ular o’g’illarini futbolchi emas, balki siyosatchi qilib yetishtirmoqchi bo’lganlar. Ronald Reygen esa siyosatchi bo’lishidan oldin gollivud kinolarida suratga tushgan ekan. Krishtianu ham aktyorlik karerasi haqida o’ylayapti. «Men barcha rollarni шокщ уеф olaman deb o’ylayman. Albatta, komik roller melodrama rollariga qaraganda qiyinroq bo’ladi. Lekin men o’zimni aktyorlik mahoratimga 120% ishonaman”.

Manba: soccer.ru; wikipedia.org

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar