Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

17.04.2016

Yer qimirlaganda nima qilish kerak

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 667
Yer qimirlaganda nima qilish kerak

Tabiatning eng qudratli vayronkor kuchlaridan biri bu zilziladur. Boshqa ofatlardan farqi shundaki, zilzilani avvaldan aniqlab bo’lmaydi. Kutilmaganda paydo bo’ladi va o’zining ulkan talofatlarini qoldirib ketadi. Bunday vaqtda eng muhimi inson o’zining jonini saqlab qola olishi. Zilzila qanchayin kuchli bo’lmasin, har qanday vaziyatda undan omon chiqish mumkin. Bugun Gooper.uz‘da sizga shu haqida ma’lumot beramiz.

Agar uyda bo’lsangiz.

Zilzila bo’lganida o’zingizni qo’lga oling, vaziyatni to’g’ri baholang. Vahimaga tushib qolmang.
Derazalar yonidan uzoqlashing. Binodan tashqariga chiqishga urinmang, sababi zilzila vaqtida ajralgan bo’laklar sizga tushib jarohatlashi mumkin. Ammo ta’mir talab binolar bundan mustasno. Ular zilzila vaqtida qulashi munkin, shuning uchun ulardan hovli afzalroq.
Usti qattiq jismlar tagiga, ularni oyoqlarini qattiq ushlab yashirining (stol, krovat). Yoki eshikning bir xonadan ikkinchi xonaga kiraverishdagi joy. Sababi u boshqa joylarga nisbatan mustaxkamroq bo’ladi.

Yer qimirlaganda nima qilish kerak

Yer qimirlaganda nima qilish kerak

Og’ir va katta narsalar (shkaf, muzlatgich, televizor) oldida bo’lmaganingiz ma’qul. Aks holda, zilzila vaqti ular ustingizga tushib ketib sizni og’ir jarohatlashi mumkin.

Yer qimirlaganda nima qilish kerak

Zilzila natijasida yong’in kelib chiqmaganmi tekshirib ko’ring. Gaz, suv quvurlari va elektr tokini o’chiring, ular shikastlangan bo’lishi mumkin. Gugurt, zajigalka, chiroqlarni yoqmang, aks holda shikastlangan gaz quvurlaridan olov chiqishi mumkin
Uyda doimo birinchi yordam qutichasini saqlang u har qanday sharoitda kerak bo’lib qolishi mumkin, ayniqsa noxush hollarda.

Zilzila tugaganiga ishonchingiz komil bo’lgan taqdirdagina tashqariga chiqib yordamga muhtoj odamlarga birinchi yordam ko’rsating, ammo ularni joyidan qo’zg’atmang. Favqulodda vaziyatlar xizmatchisi va tez yordamni kutganingiz maqsadga muvofiq.

Agar uydan tashqarida bo’lsangiz:

Baland binolar va daraxtlardan uzoqroq turing. Bunday hollarda ochiq va keng joylarda bo’lganingiz afzalroq.

Yer qimirlaganda nima qilish kerak

Yo’lda bo’lsangiz mashinani asta sekinlik bilan to’xtatib zilzila o’tib ketishini kuting, ammo ko’prik ustida to’xtamang chunki ularning zilzila vatqi buzilish xavfi yuqori.

Zilzila payti qilinishi kerak bo’lgan narsalar ko’p va turlicha. Yuqoridagilar siz zilzila vaqtida amal qilishingiz mumkin bo’lgan asosiy maslahatlardir. Bundan tashqari ba’zi zilzila ko’p bo’ladigan davlat aholilari uylarida mushuk, baliq va shunga o’xshash uy hayvonlarini boqishar ekan. Olimlarning aytishicha, ular zilzilani oldindan his qila olish xusisiyatiga ega ekanlar. Yaponiyada ko’p qavatli binolarning hammasida akvariumda baliq boqilar ekan, ular zilziladan oldin serharakat bo’lib qolar ekanlar. Qiziq, XXI asrning zamonaviy mashinalari aniqlay olmagan narsani shu mitti jonivorlar aniqlasa-ya!

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar