Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

17.04.2016

Qanday qilib suratga chiroyli tushish mumkin? 7 ta mahfiy sir!

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 203

Do’stlarimiz, yaqinlarimiz bilan yoki shunchaki o’zimizni «selfi» qilganimizda negadur fotokamera bor go’zalligimizni ko’rsatib bera olmayotgandek bo’ladi. Ahir, biz suratdagidan ancha go’zalroqmiz-ku! Bunda ayb sizda emas, kamerada ham emas. Shunchaki, siz hali chiroyli suratga tushish sirlarini bilmaysiz, xolos! Bugun siz uchun Gooper.uz‘da chiroyli suratga tushish sirlarini taqdim etamiz. Marhamat!

«The Daily Mail» jurnalistlari qanday qilib chiroyli suratga tushish borasida kichik eksperiment o’tkazishdi. Natijalar esa bunday:

1. ​O’zingizni qulay rakursingizni toping.

Qanday qilib suratga chiroyli tushish mumkin? 7 ta mahfiy sir!

Deyarli barcha insonlar assimetrik yuzga ega. “Shuning uchun, o’zingizni yaxshiroq tomoningizni aniqlab olishingiz kerak” – deb o’z fikrini bildirdi tajribada ishtirok etgan londonlik fotograf Jon Godvin. O’zingizga yoqqan tomoningiz haqida qat’iy qarorga keling va o’sha yeringiz bilan kameraga qarang.

2. G’ilaylikni sozlang

Qanday qilib suratga chiroyli tushish mumkin? 7 ta mahfiy sir!

“Odatda, rasmga tushayotganimda, qoshlarimni ko’targan holda muloyim ko’rinishga harakat qilaman. Lekin Jonning fikricha, bu holat ko’zlarimga hayratlanarli, hattoki qo’rqinchli ko’rinish berar ekan” – deydi Samanta.

Anjelina Joli, Dryu Berrimor, Sheron Stoun kabi yulduzlar quyidagi ayyorlikdan foydalanishadi: Yetarlicha ishonchli va extiyotli ko’rinishga ega bo’lish uchun ular ko’zlarini birozgina g’ilayroq qilib tutishadi.

3. Tabassumni bo’rtirib tashlamang.

Qanday qilib suratga chiroyli tushish mumkin? 7 ta mahfiy sir!

Ko’plab tajriba mualliflarining fikriga ko’ra, judayam katta tabassum tabiiy ko’rinmas ekan va hammaga ham yarashavermas ekan. Bosiq va yengil tabassum yuzga yoqimli ko’rinish beradi va ajinlarni ko’rsatmaydi.

4. Yanoqlaringizni yaxshilab kuzating.

Qanday qilib suratga chiroyli tushish mumkin? 7 ta mahfiy sir!

Jon Godvinning fikricha, vizual ko’rinish orqali yuz hajmini kichraytirish uchun 2 ta oddiygina ishni qilsa bo’ldi: “30 gradus ostida kameraga o’zingizni yaxshi tomoningiz orqali qarang va tilingizni uchini tanglayingizga bosing. Shu orqali siz vizual kichraygan yuzga ega bo’lasiz “.

5. Lablaringizda puflayotgandek shakl qilmang.

Qanday qilib suratga chiroyli tushish mumkin? 7 ta mahfiy sir!

“O’rdak” lablar ko’rinishingizni bezamaydi ham, hattoki hunuk qilib yuboradi. Sekingina ko’tarib, go’yoki kimnidur o’pmoqchi bo’lgandek turishingiz mumkin, lekin lablarni tortmang.

6. Kameraga pastdan tepaga qarang.

Qanday qilib suratga chiroyli tushish mumkin? 7 ta mahfiy sir!

“Agar kameradan pastda bo’lsangiz, huddi yelkangizni tortib, tepaga qarayotgandak bo’lasiz. Bu pozitsiya yaxshi surat hosil bo’lishiga imkon yaratadi. Va teskarisiga aytadigan bo’lsak – agar kameradan teparoq turgan bo’lsangiz, bu holatda yoqimsiz va agressiv surat hosil bo’ladi” – deb maslahat beradi fotograf.

7. Dahaningizni ko’taring.

Qanday qilib suratga chiroyli tushish mumkin? 7 ta mahfiy sir!

Profilga rasmga tushayotganingizda, yuzingiz ajralib turishi uchun daxaningizni ozgina ko’taring. Bu tryuk, vizual ko’rinishingizda bo’yningizni uzunlashtiradi va yanog’ingizni ixchamlashtiradi.

Mirmuhammad Ergashev,

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar