Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

17.04.2016

Enriko Koruzo (Biz bilgan va bilmaganlarimiz)

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 612

Yarim asr muqaddam Neapoldagi fabrikada o’n yashar bir bola ishlar edi. U qo’shiqchi bo’lishni shunchalik xohlardiki, asti qo’yaverasiz. Ammo bolani birinchi o’qituvchisi sovitib qo’ydi: «Sen qo’shiq ayta olmaysan, — dedi u. Axir, senda umuman tovush yo’q. Sening ovozing xuddi deraza tirqishlariga urilayotgan shamol tovushiga o’xshaydi». Ammo bolaning onasi, oddiygina dehqon ayol o’g’lini quchoqladi va maqtab qo’ydi. «Bilaman, sen qo’shiq ayta olasan, — dedi u. Men omadga erishishingni hozirdan his qilyapman». Xullas, bola musiqa maktabiga qatnay boshladi, ammo mashg’ulotlarga to’lanadigan pulni tejash maqsadida yalang oyoq yurardi. Oddiy dehqon ayoli bo’lmish onasining maqtovi va qo’llab-quvvatlashi uning hayotini o’zgartirib yubordi. Balki bu inson haqida siz ham eshitgandirsiz ? Uni Enriko Karuzo deyishar edi.

Enriko Koruzo (Biz bilgan va bilmaganlarimiz)

U ilk bor 1895 yilning 15 martida sahnaga chiqdi. Oradan ikki yil o’tib, Palermoda Entso partiyasini ijro etgach, tanila boshladi. 1900 yilda u birinchi bor Milanning La Skala teatrida chiqish qildi. 1902 yili esa Londondagi Kovent-Garden teatrida namoѐn bo’ldi. Eng katta shon-shuhrat Nyu-Yorkdagi Metropoliten-opera teatrida chiqish qilganida ѐpirilib keldi. O’shanda 1903-1920 yillar edi. Karuzoning dastlabki ijrolari grammofon plastinkalariga ѐzib olingan. U betakror ovozga ega edi. Karuzo lirik va dramatik planda ijro mahoratini babbaravar muvaffaqiyat bilan namoѐn etdi. U Federiko (Chilea, «Arlezianka», 1897), Loris (Jordano, «Fyodor», 1898), Jonson (Puchchini, «G’arbdan kelgan qiz», 1910) rollarining eng birinchi ijrochisi edi. Nafasni mohirona boshqarishi va tovushlarni balandligi jihatidan aniq ifoda etishi va, asosiysi, vokal san’atidagi yuqori darajali ijrosi tufayli Karuzo keyingi avlodning opera tenorlari uchun chinakam timsolga aylandi.

«Xarobadan chiqqan mashxurlar» kitobidan

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar