Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

16.04.2016

Bill Geytsning «BIZNES FALSAFASI»

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 310
Bill Geytsning «BIZNES FALSAFASI»

Uilyam Genri Geyts III bugungi kunda insoniyatning eng boy kishisi sifatida tanilgan. U o’z aqli va harakati bilan shu darajaga yetishgan. E’tiboringizga Bill Geytsning biznes falsafasini havola etamiz.

Raqobatchilaringizni o’rganing. Men har kuni ertalab birinchi navbatda raqobatchilarimning ishlari bilan tanishaman.

Qat’iyatli bo’ling. Rahbarning eng asosiy xususiyati yomon xabarni ham mardona qarshi olishdir. Sovuqqon bo’ling va shunda har qanday muammo tezroq echimini topadi.

Muvaffaqiyatga e’tibor bermang. U aldamchi va o’zgaruvchidir. Maqsadga erishdingizmi, joyingizda o’tiravermang, yangi marrani ko’zlang. Raqobatchilar qo’l qovushtirib o’tirishmaydi.

Rivojlanish uchun sharoit yarating. Tajribali rahbar qo’l ostidagilarning ishlashi uchun yaxshi muhit va sharoit yaratadi.

Bir ishni bajarishni mo’ljalladingizmi, unga bugunoq kirishing. Vaqtni boy bermang.

Mag’lubiyatdan qo’rqing. Qadam tashlashdan oldin uning to’g’riligiga to’liq ishonch hosil qiling, qadam tashlaganingizdan keyin esa xulosa chiqaring.

Yangi texnologiyalardan foydalaning. Elektron vositalar mo»jizalar yaratishga qodir.

Olomondan ajraling. U har doim ham kerakli yo’nalishda ketmaydi. Har doim o’z yo’lingizni tanlang.

Siz maktabni bitiriboq yiliga 60 ming dollar maosh olmaysiz. O’zingiz erishmaguningizcha kompaniyaning vitse-prezidenti bo’la olmaysiz. Buning uchun mehnat qilish darkor.

Agar ko’lmakka o’tirib qolsangiz, bunda ota-onangizning aybi yo’q. Yig’lamsirab o’tirmasdan, xatolaringizdan xulosa chiqaring.

Siz tug’ilguningizga qadar ota-onangiz hozirgidek asabiy, injiq, yordamga muhtoj emasdilar. Ular sizning kiyimlaringizni yuvib, edirib-ichirib, kiydirib, erkalik va injiqliklaringizga chidab-chidab shu ahvolga tushganlar. Ularga jahl qilguncha o’zingizga «ota-onam bo’lmaganda kim bo’lardim?” degan savolni bering.

Siz o’qigan maktabda hech kim etakchilar va omadsizlarga ajratilmas, lekin hayotda bunday EMAS. Maktabda yomon baholar qo’yilmas, to’g’ri javobni aytish uchun bir necha marta imkoniyat berilar. Lekin haqiqiy hayotda bunday BO’LMAYDI.

Ko’zoynak taqqan yoki shalpangquloq bolaning ustidan kulmang. Vaqti kelib, uning qo’lida ishlab qolishingiz mumkin.

Manba: Biznestrener.uz

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar