Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

16.04.2016

Qizlar bilan tanishish usullari

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 167

Qizlar bilan tanishishning turli xil usullari mavjud. Qaysi birini tanlashingizdan qat’iy nazar, agar siz yahshi kayfiyat va dadil tabassum bilan yaqinlashsangiz, 99% hech bir qiz sizni rad etmaydi. Bugun Gooper.uz‘da qizlar bilan tanishishning eng ishonchli usullarini taqdim etamiz.

Masalaning murakkabligi nima? Qiz Siz bilan muloqotni davom ettiradimi yoki ismini aytishi bilan orqasini o’girib, boshqa tomonga qarab ketadimi? Hamma gap shunda!

To’g’risini aytganda, go’zal jins namoyondalariga surbetlarcha siyqasi chiqqan iboralar bilan gap otadigan betakalluf, betarbiya yigitlar yoqmaydi.

Har qanday qiz diqqatni o’ziga jalb qila oladigan, qiziq suhbat qura oladigan, aqlli va yoqimtoy yigitlar bilan tanishishni istaydi.

Keling yahshisi, qizlar bilan tanishuvning eng oddiy usullarini birma bir ko’rib chiqamiz.

Hammasi nigohdan boshlanadi. Yaqinlashishdan oldin qizga diqqat bilan qarang. Nigohingiz moyilligingizni bildirsa, muloyim tabassumingiz eng ezgu niyatda ekanligingizni ifodalamog’i kerak. Qizlarga ba’zan yigitlarning xijolat tortishi ham yoqadi. Unga qat’iyat bilan qarang, javob tariqasidagi nigohni ko’rishingiz bilan xijolatomuz kulib qo’ying va bir-ikki soniyadan keyin teskari o’girilib oling. Agar Siz qizni qiziqtirib qolgan bo’lsangiz, u Sizni nazardan qochirmaydi. Ana shundan keyin qo’rqmasdan yaqinlashib, bemalol tanishishingiz mumkin.

Do’konda qizlar bilan qanday tanishish mumkin?

Siz haridingiz davomida lobar qiz bilan tanishishingiz mumkin. Agar xonim biror narsani diqqat bilan tanlayotgan bo’lsa, yoniga kelib: ”Kechirasiz, yahshi qiz, diqqatingizni bo’lganim uchun uzur, menga singlim(jiyanim) uchun sharbat (o’yinchoq) tanlashda yordam bera olmaysizmi?” deb so’rashingiz mumkin. Erkaklarning yosh bolalarga nisbatan g’amxo’rligi ayollarning ko’nglini eritib, qiziqishini kuchaytiradi.



Transportda qizlar bilan qanday tanishish mumkin?
Qizlar bilan tanishish usullari


Bu yerda kinoteatr (teatr, klub)ga qanday yetib olish haqida so’rash mumkin. U yerda yaqinda qiziqarli spektakl (guruhning chiqishi) bo’lishini, Siz ushbu aktyor (qo’shiqchi)ning ijodiga qiziqishingizni va shuning uchun bilet xarid qilish uchun ketayotganingizni qo’shib qo’yishingiz mumkin. Shundan keyin u qiz nimaga qiziqishini so’rash, uni qo’llab- quvvatlash va biror joyga borishga taklif qilish mumkin. Bo’sh vaqtni qanday o’tkazish haqidagi iliq suhbat qizlarga xush yoqadi. Muyulishdagi bardagi do’stlari va pivoga emas, teatrga, san’atga qiziqadigan yigitlar qizlarning hurmatiga sazovor bo’ladi.

Foydasi tegadigan ayyorona maslahatlar



Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar