Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

16.04.2016

Do’stlik: kimga ishonib yurakni ochish mumkin?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 959
Do’stlik: kimga ishonib yurakni ochish mumkin?

Agarda jamiyatda “foydali aloqalar” odamlar tomonidan qadrlansa, unda haqiqiy do’stlikdan asar ham qolmas ekan. Bugun Gooper.uz da do’stlik haqida fikr yuritamiz.

“Hozirda do’st orttirish qiyinlashib bormoqda, ular juda ko’p bo’lishi mumkin emas, haqiqiy do’stlar – bolalik va o’smirlik davridagilari”… Ko’pchiligimiz shunday gaplarni bot – bot eshitib turamiz. Siz ham o’z hayotingizni do’stlaringizsiz tasavvur eta olmaysiz, to’g’rimi? Maktabdagi, talabalik davrlaridagi, ishlayotgan joyingizdagi do’stlar, bundan tashqari hozirgi zamonda internet deb nomlanuvchi tarmoq paydo bo’lgandan so’ng, turli mamlakatlardan, qiziqish doiralari bir xil bo’lgan odamlar orqali do’stlarimiz safi ham ko’payib qolgandek.

Ammo do’stlik deb ataluvchi pok tuyg’u dunyoda bor ekan, do’stga xiyonat va shunga aloqador bo’lgan tuyg’ular ham afsuski, mavjud.

Ba’zida avval qalin do’st bo’lib, endi bir – birlarini ko’rishga ko’zlari, otishga o’qlari yo’q bo’lgan odamlar haqida ham eshitib turamiz. Axir qanday qilib bunday bo’lishi mumkin? Ular bir kunning ichida bunday o’zgarishga uchrab qolmaganlar-ku! Do’stlik deb ataluvchi bunday qudratli kuchni qaysi bir narsa nafrat va g’azabga aylantirishga qodir?!

Biz uchun qadirdon bo’lgan insonlar bilan qarama – qarshiliklarda hech qanday g’olib bo’lmasligini qalbimiz tubidan his etib turamiz. Shunda o’z – o’zidan savol tug’iladi: do’stlik aloqalari nima o’zi?

“Ijtimoiy jamiyat rivojlanmoqda va biz ham tobora individuallashib bormoqdamiz. Shu sababli do’stlik avvalambor – ruhiy yaqinlik orqali vujudga keladi” – deb aytadi sotsiolog Igor Kon. “Hamma ham bunday darajada bir – birlariga ishonib yaqinlasha olmaydilar. Natijada haqiqiy do’stlik juda kamdan – kam uchraydigan holat hisoblanadi. Boshqa tarafdan do’stlik bizdan jiddiy emotsional holatda bo’lishni talab etadi. Hayot tempi yuqori bo’lgan shaharlarda esa bunday jiddiy munosabatlar uchun ko’pincha vaqt yetmaydi. Biz doim bandmiz, har doim vaqtimiz yo’qdek. Do’stlik uchun faqatgina vaqt emas, balki davomiylik va mustahkam aloqalar ham juda keraklidir.

Sotsiolog tadqiqotchilar tomonidan do’stlik borasida turlicha so’rovnomalar o’tkazildi:
52%i umumiy qiziqishlarning yetishmasligi do’stlikka xalaqit bermaydi, degan fikrda;
70% I turli siyosiy qarashlar qabul qilishga tayyor;
83% I do’st tanlashda yosh o’rtasidagi farqqa e’tibor bermaydi.

Tan olaylik, haqiqiy do’stni topish juda mushkul ish. Qanday qilib boshqa odamga hayotingizdan joy ko’rsatishingiz mumkin?

12 % katta yoshdagi erkak va ayollarning do’stlari bor, insonlarning 39% ida 2 – 3 tadan, 18% ida esa 3 – 4 tadan, 10% insonlardagina dumuman do’stlari yo’q ekan.

Barcha xislatlardan ham ko’proq biz do’stlik degan muqaddas tuyg’uda ishonchni qadrlaymiz. Bu esa o’zimiz yaratgan narsalar ichida eng kata boyligimizdir. Biz bilan qanday noxush vaziyat bo’lmasin, birinchi bo’lib haqiqiy do’stlargina yordamga shoshilishlarini oxir – oqibat tushunib yetamiz.

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar