Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

16.04.2016

Smartfon suvga tushib ketganda nima qilish kerak?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 186
Smartfon suvga tushib ketganda nima qilish kerak?

Smartfonimiz, hozirgi kunda eng «kerakli» narsamiz. Agar unga suv tushib ketsa, undan ayrilishimiz aniq. Ammo, bir qancha choralarni ko’rish mumkin! Bugun Gooper.uz‘da smartfonimizni suvdan qanday tozalash bo’yicha maslahatlar beramiz, marhamat!

Batareyani olib qo’ying yoki smartfonni o’chiring

Eng birinchi qilinishi kerak bo’lgan ish — smartfonni energiya bilan ta’minlovchi har qanday manbadan uzib tashlash. Suvning o’zi smartfonga zarar keltirmaydi, ammo suv kirishi natijasida sodir bo’ladigan qisqa tutashuv uning mikrosxemasiga zarar keltirishi va telefonni yaroqsiz holatga keltirishi mumkin. Agar smartfonning batareyasini olish imkoni bo’lsa, birinchi bo’lib uni sug’urib tashlang. Mabodo bunday imkoniyat bo’lmasa apparatni batamom o’chirib tashlang.

Barcha qismlarini yechib oling

Smartfonning barcha qismlarini yechishga to’g’ri keladi. Undan SIM-kartani, xotira kartasini, agar imkoni bo’lsa matritsa platasini ham yechib oling. Shleyflarni ulangan yeridan uzib tashlang.

Quriting

Telefon ichiga kirgan suyuqlik yopishqoq (masalan, shirin choy, gazli ichimlik, kefir kabi) yoki yog’li bo’lsa (masalan, sho’rva, yog’ bo’lsa) avvalo, uni suv bilan yuvib tashlash lozim bo’ladi.

Quritish jarayonini ikki xil usulda amalga oshirsa bo’ladi. Birinchi usul: uni quritishda changyutgichdan foydalaning. Ammo fendan emas. Chunki fen smartfonning sezgi kuchli qismlariga, masalan dinamikasiga, mikrafoniga va ekraniga zarar keltiradi.

To’planib qolgan suv to’kib tashlanadi va changyutgichda 5-10 daqiqa quritiladi.

Ikkinchi quritish usuli biroz ko’proq vaqt oladi. Guruch yoki oqshoq biror-bir idishga solinib, unga yechib olingan smartfon qismlari aralashtirib qo’yiladi. Bir-ikki kundan so’ng ular olinib, yig’ib chiqiladi. Ishlab ketishiga kafolat bo’lmasada, har holda umid qilsa bo’ladi.



Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar