Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

16.04.2016

Kuling: umringiz uzoq bo’ladi!!!

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 259
Kuling: umringiz uzoq bo’ladi!!!

Odamga besh sezgi ato etilgan deyishadi.Keyingi paytlatda oltinchi sezgi haqida ham ancha-muncha gap bo’lyapti. Bizningcha,ehtimol,ularning soni bundan ham ko’proqdir. Faqat hali inson o’zini ohirigacha anglab, tadqiq etib ulgurmagan. Har holda xazil mutoyibani his qila bilish ham ana shunday sezgilardan biridir. Bu tuyg’uga butunlay begona odam bo’lmasa kerak.Ishonmasangiz quyidagi test yordamida o’zingizni tekshirib ko’ring.

1.Har qanday jiddiy hayotiy vaziyatlardan ham kulgili qirralarni topsa bo’ladimi?

A)Albatta;
B)Menimcha topsa bo’ladi;
C)Bilmadim;

2.Kulgingiz kelsa doim ham ochilib-sochilib kula olasizmi?

A)Ha,albatta;
B)Yo’q,ba’zan o’zimni tiyishimga to’g’ri keladi;
C)Bilmadim;

3.Tug’ilgan kuningizga hadya qilingan sovg’alar qanaqa bo’lishini hohlaysiz?

A)O’ziga hos;
B)Qimmatli va so’nggi modadagi;
C)Sovg’a bo’lsa bo’ldida;

4.Hazilni ko’tara olasizmi?

A)Ha,o’zim ham qo’shilishib kulaman;
B)E’tibor qilmayman;
C)Yo’q.Men bilan hazillashsa jahlim chiqadi;

5.Latifabozlikka ustamisiz?

A)Ha,bu hunarga suyagim yo’q;
B)Bu kayfiyatimga,davraga bog’liq;
C)Yo’q,latifa aytsam o’zimdan boshqa kishi kulmaydi;

6.Hayotda murakkab vaziyatlarga tushib qolganingizda qaysi ruhiy hususiyatingiz sizga yordam beradi?

A)Yumor tuyg’usi;
B)Kelajakka ishonch;
C)Mehnatsevarlik;

7.Nega eski qadrdonlaringiz hamkasblaringiz bilan diydorlashib turishni yahshi ko’rasiz?

A)Ko’ngilhushlik qilish yahshida ;
B)O’tgan-qaytganni eslasa, g’iybatlashsa bo’ladi;
C)Bunday uchrashuvlarni yoqtirmayman;

8.Har yili birinchi aprelda yaqinlaringiz va tanishlaringizni aldaysizmi?

A)Ha, busiz mumkin ham emasda;
B)Ba’zan yodimdan ko’tariladi;
C)Yo’q, umuman aldashni yoqtirmayman;

9.Begonalar oldida o’z ustingizdan kulish qo’lingizdan keladimi?

A)Kelganda qandoq;
B)Bilmadim;
C)Yo’q, buni eplay olmayman;

10.Tanishingiz boshiga tushgan falokatni eshitganingizda…

a)Hayriyatki,fojea meni chetlab o’tdi(2);
b)Hamdardlik bildirishga oshiqasiz(3);
c)Menga buning aloqasi yo’q(1);

Natijalar:

Javoblaringiz ichida «A»guruhdagilari ko’pchilikni tashkil qilsa, Siz tabiatan o’ta quvnoq,hazilkash odamsiz.»Bir gapirib o’n kuladi» deb sizdaqalar haqida aytishsa kerak. O’zingizdagi quvnoq kayfiyat Atrofingizdagilarga ham o’tib turadi.Siz kirgan davralarda darhol kulgu, qahqaha ko’tarilishi bejiz emas. Ba’zan o’ta hazilkashligingiz pand berib qolishi mumkin.
Mabodo, aksar javoblaringiz «B» guruhga mansub bo’lsa, kulishni, latifalar eshitishni, hazillardan zavqlanishni yahshi ko’rasiz.Ba’zan o’zingiz ham latifabozlik qilib turasiz. Ammo deylik, bir xonada askiyabozlik bo’layotgan, boshqasida yahshi bir badiiy film namoyish etilayotgan taqdirda siz film tomosha qilishni tanlardingiz.
Bordiyu qaytargan javoblaringiz ko’proq «B» guruhdagilarga to’g’ri kelsa han hafsalangiz pir bo’lmasin.Kulguni umiman yoqtirmaydigan odamni o’zini topish amrimahol.To’g’ri ba’zi latifalar, qochirimlar, komediyalar sizga bachkana tuyuladi.Ehtimol siz haqdirsiz.Muhimi haqiqatdan beg’ubor,kishini ruhini tozalovchi kulgu bor.Buni o’zingiz ham bilasiz.

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar