Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

16.04.2016

MCHS fuqarolarga “9 ballik zilzilani his qilishni” taklif etdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 200

Oʻzbekiston MCHS xizmati va mamlakatdagi BMT Rivojlanish dasturi zilzila vaqtida toʻgʻri harakatlanish qoidalari boʻyicha tanlov eʼlon qildi. Bu haqda muassasa rasmiy sayti xabariga asoslanib «Sputnik News» ma’lumot berdi.

Tabiiy ofat vaqtida oʻzni tutish qoidalari bilan quyidagi ilovada tanishishingiz mumkin.

MCHS fuqarolarga “9 ballik zilzilani his qilishni” taklif etdi

Tanlovda ishtirok etishni xohlagan barcha fuqarolar 20 aprel soat 16:00ga qadar, tanlov@fvv.uz manzili boʻyicha xat yoʻllab, unda zilzila vaqtida uyda, ishda, koʻchada va boshqa joylarda qanday chora-tadbirlar koʻrishi haqida batafsil yozishi kerak. Ishtirokchi, shuningdek, maktubda oʻz ism-sharifi, yashash manzili, telefon raqami va elektron manzilini koʻrsatishi lozim.
20 nafar gʻolib qurʼa tashlash yoʻli bilan aniqlanadi. Gʻoliblar ism-sharifi 21 aprel kuni eʼlon qilinadi.

Gʻoliblar MCHS fuqarolarni himoya qilish institutidagi zilzilalar simulyatsiyasi markaziga sayohat qilib, seysmologiya rivojlanishi tarixi haqida maʼlumotlarga ega boʻlishadi.
Bundan tashqari, Toshkentda yuz bergan 1966 yildagi zilzila va sayyoramizning turli nuqtalarida roʻy bergan boshqa yirik zizilalar haqida qiziqarli maʼlumotlar bilan tanishadilar.

Tanlov gʻoliblari maxsus jihozlangan simulyatorda 9 ballik zilzilani his qilib koʻrishdek imkoniyatni qoʻlga kiritadilar. Shuningdek, ularga smartfon sovgʻa qilinadi.

Sovgʻalarni topshirish marosimi va ekskursiya 23-aprel, shanba kuni boʻlib oʻtadi.

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar