Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

16.04.2016

Hoziroq bajarishni to’xtatishingiz zarur bo’lgan 30 ta ish

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 505
Hoziroq bajarishni to’xtatishingiz zarur bo’lgan 30 ta ish

Hech kimga o‘zgartirish uchun o‘tmishga qaytish imkoniyati berilmagan, ammo har bir odam chiroyli xotima yasash uchun barchasini yangitdan boshlashi mumkin. Bu ayni haqiqat. Lekin, avvalo, sizni to‘xtatishi mumkin bo‘lgan ishlarga barham bering.

Buni quyidagicha boshlash kerak:

1. U qadar yaxshi bo‘lmagan insonlar bilan vaqt o‘tkazishni to‘xtating.

Sizni batamom suvingizni siqib oladigan bunday kimsalarga sarf etish uchun hayot qisqalik qiladi. Agar kimdir o‘z hayotida bo‘lishingizni istasa, u sizning sharoitingiz haqida g‘amxo‘rlik qiladi. Joy uchun kurashishingiz shart bo‘lmaydi. Doimo qadr-qimmatingizni yerga uradigan insonlarga osilmang. Esda tuting, haqiqiy do‘stlar — ot ustida bo‘lganingizda sizni qo‘llab-quvvatlaydiganlar emas, balki ishlaringiz yomonlashganda yoningizda qoladiganlardir.

2. Muammolaringizdan qochishni bas qiling.

Ularni yuzma-yuz qarshi oling. Bu oson bo‘lmaydi. Dunyoda zarbani a’lo darajada qabul qiladigan mavjudotning o‘zi yo‘q. Bizdan hamma muammolarni darhol hal qilish talab qilinmaydi. Biz shunchaki o‘zgacha yaratilganmiz. Xafa bo‘lish, tartibsiz holatga tushish, og‘riqni his qilish, hatto yiqilishga moyilmiz. Bu hayotning mazmuni muammolarga duch kelamiz, ularga o‘rganamiz, moslashamiz va oxirida ularni hal qilamiz. Bu narsa bizni insonga aylantiradi.

3. O‘zingizni aldashni bas qiling.

Istagan odamni aldashingiz mumkin, lekin o‘zingizni emas! O‘zimizga tavakkal qilganimizda, hayotimiz yaxshilana boshlaydi. Birinchi eng qiyin vazifamiz — o‘zimiz bilan samimiy bo‘lishdir.

4. Ehtiyojlaringizni orqaga tashlashni to‘xtating.

Biron insonga sevgisini bag‘ishlab, o‘zligini va o‘z istaklarini unutish eng qo‘rqinchli ishdir. Yo‘q, boshqalarni tashlab qo‘ymang, lekin o‘zingizga ham yordam bering. O‘zingizga quloq solish va o‘zingizga haqiqatdan ham kerak bo‘lgan ishni qilish uchun ma’qul palla bo‘lsa, o‘sha vaqt yetib keldi.

5. Boshqa odam bo‘lishga harakat qilmang.

Hayotda eng qiyin vazifa bu sizni boshqalarga o‘xshashga majbur qiladigan o’ylar bilan kurashishdir. Kimdir doim chiroyli bo‘lib yuradi, kimdir aqlli, kimdir esa doim yosh ko‘rinadi, lekin ular hech qachon siz bo‘la olishmaydi. Odamlarning quvonchi uchun o‘zingizni o‘zgartirmang. O‘zingiz bilan bo‘ling, sizga haqiqatdan ham kerakli bo‘lgan insonlar boringizcha sevishadi.

6. O‘tmishni qo‘yib yuboring.

O‘tgan ishlarni qayta-qayta o‘qiverar ekansiz, siz hayotingizda yangi faslni boshlay olmaysiz.

7. Xatolardan qo‘rqmang.

Nimadir qilib, xatoga yo‘lga qo‘yish hech narsa qilmagandan ko‘ra 10 karra samarali. Har bir yutuq zamirida muvaffaqiyatsizlikning izlari bo‘ladi, har bir omadsizlik esa yutuqqa eltadi. Yakuniy natijada siz qilgandan ko‘ra qilmaganlaringizga ko‘proq achinasiz.

8. O‘tgan xatolar uchun o‘zingizni koyimang.

Nomunosib insonni sevib, o‘z xatolarimiz uchun yig‘lashimiz mumkin. Faqat shu narsa yaxshi insonlar va kerakli buyumlarni topishimizga yordam beradi. Biz hammamiz xatolar qilamiz, kurashamiz va hatto o‘tgan xatolar uchun yig‘laymiz. Xatolaringiz va ularga qarshi kurashuvchanligingiz emas, balki siz bu yerda va hozir o‘z kuningiz va kelajagingizni boshlash imkoniga egasiz. Hayotingizda nima sodir bo‘lmasin, kelgusida yana bir qadamni tashlashingizga tayyorlaydi.

9. Baxtni sotib olishga urinmang.

Ko‘pincha biz istaganlarimiz qimmat turadi. Haqiqat shundaki, bizni baxtli qiladigan narsalar sevgi, kulgu va his-tuyg‘ularimiz, bularning bari mutlaqo bepul!

10. Baxtli bo‘lish uchun kimnidir qidirmang.

Agar siz o‘zingiz, o‘z shaxsiyatingizdan norozi bo‘lsangiz, kimdir bilan uzoq muddatli munosabatlar sizni baxtli qilmaydi. Yana kimdir bilan umringizni bo‘lishishdan avval hayotingizda barqarorlikni yarating.

11. Dangasalik qilmang.

Uzoq ikkilanmang, aks holda yo‘q joydan muammolarni orttirasiz. Vaziyatni baholang va hal qiluvchi harakatni qo‘llang. Qarshilik qilishni rad etgan narsani o‘zgartira olmaysiz. Istalgan taraqqiyot xavf xatar, tahlika bilan bog‘liq bo‘ladi. Bu yerda ketma-ketlik muhim. Siz savod chiqarmaguncha o‘qiy olmaysiz.

12. Tayyor emasman, deb o‘ylayvermang.

Hech kim va hech qachon o‘zini u yoki bu narsaga 100 foiz tayyorlangan holatda his qilmaydi. Aksariyat muhim imkoniyatlar o‘z qulayligimizdan chegaraga chiqishga majbur qiladi, demak biz noqulaylikni his qilamiz.

13. Noto‘g‘ri sabablar bo‘yicha munosabatlarni cho‘zmang.

Ularni aql bilan yo‘lga qo‘yish kerak. Yomon jamoada bo‘lgandan ko‘ra yolg‘iz bo‘lgan ma’qul. Tanlovda shoshilish yaramaydi. Agar nimadir sodir bo‘lishi kerak bo‘lsa, u kerakli vaqtda, kerakli inson bilan va eng yaxshi sabablarga ko‘ra sodir bo‘ladi. O‘zingizni yolg‘iz his etganda emas, balki tayyor bo‘lganingizda sevgiga g‘arq bo‘ling.

14. Eski munosabatlar izdan chiqqani uchun yangi aloqalardan voz kechavermang.

Kimni uchratishingizdan qat’iy nazar barchaning o‘z maqsadlari bo‘ladi. Kimdir sizni tekshiradi, kimdir esa foydalanadi, allakimlar nimagadir o‘rgatishadi. Ulardan ba’zilarigina siz uchun eng yaxshi bo‘lib qoladi.

15. Boshqalar bilan raqobat qilavermang.

O‘zgalar sizga nisbatan omadli ekanligidan xafa bo‘lmang. Har kunlik shaxsiy muvaffaqiyatlarga diqqatni qarating. Ikkalangiz, o‘zingiz bilan o‘zligingiz o‘rtasidagi kurashda g‘oliblikka intiling.

16. Hasad qilmang.

Hasad — bu o‘zingizning emas, birovlarning baxt-saodatini chamalash san’ati. O‘zingizdan “Menda har bir odam istaydigan nima bor?”, deb so‘rang.

17. Shikoyat qilish va o‘zingizni ayashga chek qo‘ying.

Hayot sizni kerakli yo‘nalishga joylashtirish uchun o‘yin toshlarini tashlaydi. Siz sodir bo‘layotgan jarayonlarni ko‘ra olmasligingiz yoki tushunmasligingiz mumkin, bu og‘riqli bo‘ladi. Lekin o‘tmishda sizga yog‘ilgan yomon xotiralarga nazar tashlang. Ular ko‘pincha sizni yutuqqa, muhim insonga, qalb holati yoki vaziyatga olib borgan. Tabassum qiling! Siz kechagidan ko‘ra kuchli inson bo‘lganingizni barcha bilsin.

18. Xafagarchiliklar paydo bo‘lishiga chek qo‘ying.

Yurakda nafrat bilan umr kechirmang. Bunda nafrat bilan qaraydigan tanishlaringizdan ko‘ra o‘zingizga ziyon yetkazasiz. Kechirish “menga nisbatan qilganlaringiz meni qoniqtiradi” emas, aksincha “Baxtimga chang solishingizga yo‘l qo‘ymayman” degan ma’noni bildiradi. Kechirish — bu qo‘yib yuborishni taklif qilish, xotirjamlikka ega bo‘lish va o‘zingizni halos etishdir. Esda tuting, faqat boshqa insonlarni emas, balki o‘zingizni ham kechirish kerak. Agar bu muhim bo‘lsa, kelgusi safar yaxshiroq uddalash uchun o‘zingizni kechiring va oldinga intiling.

19. Sizni pastga urishlariga yo‘l qo‘ymang.

Qadringizni yuqoriga ko‘tarishni istamayotganlarga javoban uni pastga tushirmang.

20. Tushuntirishga vaqt sarflamang.

Do‘stlaringiz unga muhtoj emaslar, dushmanlar esa sizga hech qachon ishonishmaydi. O‘zingiz to‘g‘ri deb hisoblagan ishni qiling

21. Aylana bo‘ylab yugurmang.

Zarur bo‘lganda, chuqur nafas olish uchun sizda vaqt bo‘lmaydi. Shu kungacha qilgan ishingizni amalga oshirishda davom etaversangiz, faqat qo‘lga kiritib kelgan narsani olaverasiz. Haqiqiy yorug‘likda barchasini ko‘rish uchun ba’zida oraliq masofani saqlash kerak.

22. Mayda narsalarga beparvolik qilmang.

Arzimagan narsalardan rohatlaning, ajoyib kunlarning birida orqaga nazar tashlaganingizda ular katta ahamiyatga ega ekanligini anglaysiz. Hayotingizning eng yaxshi pallalari sizga kerakli insonlarga tabassum ulashish uchun sarf etilgan oddiy va arzimas daqiqalardan iborat.

23. Barcha ishlarni a’lo darajada bajarishga urinavermang.

Dunyo perfeksionistlarni emas, o‘z maqsadiga erishishga intilganlarni taqdirlaydi.

24. Oson yo‘ldan yurishni to‘xtating.

Agar siz arzigulik narsani qo‘lga kiritishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, hayot u darajada oddiy emas. Oson yo‘lni tanlamang. G‘ayrioddiy ishlarni qiling.

25. Agar hamma ishlaringiz joyida bo‘lmasa-yu, uni aksincha ko‘rsatishdan to‘xtang.

Biroz vaqt tin olishning qo‘rqinchli joyi yo‘q. Siz doim kuchli bo‘lishga majbur emassiz, doimo barcha ishlar durust ekanligini isbotlashdan ma’no yo‘q. Boshqalar nima deb o‘ylashar ekan, deb tashvishlanish kerak emas. Agar sizga kerak bo‘lsa, yig‘lang, ko‘z yoshlari davolaydi. Buni qancha erta boshlasangiz, shuncha tezroq tabassum qilishga ulgurasiz.

26. Muammolaringizda boshqalarni ayblamang.

Orzularingizga erishish hayotingiz uchun mas’uliyatni o‘zingizga olishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Agar siz bilan sodir bo‘layotgan ishlarda birovlarni ayblasangiz, mas’uliyatdan voz kechasiz va boshqalar hayotingizning bir qismiga hukmronlik qilishiga imkon yaratasiz.

27. Hamma uchun tayyor turishga urinmang.

Buning iloji yo‘q, siz shunchaki o‘zingizni yondirasiz. Agar siz biron odamga xursandchilik ulashsangiz, bu dunyoni o‘zgartiradi. Butun dunyoni bo‘lmasa ham, uning dunyosini o‘zgartirishi aniq.

28. Haddan tashqari ko‘p bezovta bo‘lavermang.

Bezovtalik sizni ertangi qiyinchiliklardan qutqarmaydi, lekin bugungi xursandchilikdan mahrum etadi. Nimanidir o‘ylashga arzishi yoki yo‘qligini tekshirishning bir usuli bu “Bir yildan so‘ng buning ahamiyati bo‘ladimi? Uch yoki besh yildan keyinchi?” degan savollarni berishdir. Agar yo‘q bo‘lsa, bezovta bo‘lishga hojat yo‘q.

29. Orzu qilmagan narsalaringizga intilavermang.

Aslida nima istayotganingizga e’tibor qarating. Ijobiy tarzda o‘ylash buyuk yutuqlarning hal qiluvchi lahzalaridan biridir. Agar siz har tong bugun hayotingizda ajoyib voqea sodir bo‘lishi haqidagi fikr bilan uyg‘onsangiz, ertami kech siz haq ekanligingizga amin bo‘lasiz.

30. Oqibatsiz bo‘lmang.

Ishingiz yaxshi yoki yomon bo‘lishidan qat’iy nazar, uyg‘ongach har kuni hayotingiz uchun minnatdorchilik bildiring. Hozir qayerdadir kimdir umidsizlik bilan kurashayapti. Yetishmovchilik haqidagi fikrlar o‘rniga o‘zingizda bor narsalar haqida o‘ylashga harakat qiling.

Mirmuhammad Ergashev,

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar