Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

16.04.2016

Germaniyada ilk bor qiymati 5 yevrolik kolleksion tanga paydo bo’ldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 133

GFR moliya vazirligining xabariga ko’ra, shu kunda bu tangani Bundesbank va boshqa kredit institutlaridan topish mumkin. Germaniya hukumati qiymati 5 yevroga teng 2,25 mln. dona tangani zarb qilgan edi, ulardan 250 mingtasi o’sha zahotiyoq kolleksionerlar tomonidan sotib olindi, deb xabar beradi «UzReport».

Germaniyada ilk bor qiymati 5 yevrolik kolleksion tanga paydo bo’ldi

Erta tongdan Frankfurtdagi Bundesbankning markaziy ofisi va uning hududiy bo’linmalari oldi yangi tangaga ega bo’lish istagida bo’lgan kishilar bilan to’ldi.

Kolleksion tanga alohida innovatsion texnologiyada zarb qilingan, ya’ni unga ko’k nur o’tkazuvchi plastik xalqa o’rnatilgan bo’lib, u tashqi metall aylanani ichkisidan ajratib turadi. Ekspertlarning fikricha, qalbaki pul yasovchilar bilan samarali kurashish maqsadida bu texnologiyani kelgusida boshqa tangalarni ishlab chiqarishda ham qo’llash mumkin. Baden-Vyurtemberg va Bavariyalik mutaxassislar bu tangani yaratish ustida 8 yil ter to’kishgan. Uning mavzusi – “Yer sayyorasi” deb nomlangan bo’lib, tanganing bir tomonida Germaniya gerbidagi burgut, ikkinchi tomonida esa – dunyo xaritasining bir bo’lagi aks ettirilgan. Ko’k polimer xalqa esa yer atmosferasining ramzi hisoblanadi.

GFR moliya vazirligi vakillarining fikricha, “Tanganing yuqori texnologiyada ishlab chiqarilgani, g’ayrioddiy tashqi ko’rinishi va nisbatan arzon nominal qiymatga ega ekanligi sababli unga ayniqsa, yoshlarning qiziqishi yuqori bo’lishi kutilmoqda”.

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar