Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

16.04.2016

Ko’zlarga muxurlangan go’zallik

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 558
Ko’zlarga muxurlangan go’zallik

Ayolning jodu, sexrli ko’zlari, o’tli nigoxlari qanchalab erkaklar yuragini larzaga keltirmagan, xayajonga solmagan deysiz. Qanchalar ta’rifu maqtovlar keltirilmagan bu ko’zlar xaqida. Ayolning borki go’zalligi uning ko’zlarida jo bo’lgan desak, mubolag’a bo’lmaydi. Shunday ekan, qalb ko’zgusi xisoblanmish ko’z parvarishi xaqida ham unutmaylik.

Ko’z nafaqat qalb, balki inson salomatligining ham ko’zgusidir. Sog’lom insonlarning ko’zlari tiniq, tetik, xamisha chiroyli kulib, chaqnab turadi. Aksincha uzoq vaqt televizor qarshisida utirish, tuyib uxlamaslik, ko’z nurini zuriktirish esa ko’z xolatiga salbiy ta’sir etib, tabiiy nurni yuqotishga, ko’zlarning sulgin bo’lib, qovoq terisining shishib, ajinlar bilan qoplanishiga olib keladi. Bunday ko’zlarga xar qancha pardoz buyoqlari bilan oro berishga urinmaylik, baribir, uning so’lginligini yashira olmaymiz.

Ko’z va qovoq terisiga turli kompresslar juda yaxshi ta’sir ko’rsatadi. Bunday kompresslarni sut, moychechak, juka guli, yalpiz, petrushka, ukrop, butakuz o’tlari damlamasidan tayyorlash mumkin. Paxta bo’lagi aytilgan biror damlamada xo’llanib, qovoq terisiga 5 – 10 daqiqaga quyiladi. Bu kompresslar ko’zlar yallirlanib, qizarganda xam foydalidir. Yuzinizga niqob quyganingizda esa ko’z terisiga xom kartoshkani qirrg’ichdan o’tkazib yoki parrak qilib kesib quying.

Ko’z qovoqlari ishgan bo’lsa, quyidagi aralashmani qullang: 2 choy qoshiq smetana va 1 choy qoshiq maydalangan petrushka ko’kati aralashtiriladi va 20 – 30 daqiqaga ko’zga quyiladi. Quyidagi niqob xam qovoq terisidagi shishi i qaytaradi: xom kartoshkani kirrg’ichdan o’tkazib, unga 1 osh qoshiq xom sut va 1 choy qoshiq un qo’shiladi va 5 – 10 daqiqaga ko’zga quyiladi.

Ko’z vannasi – ko’zdagi charchoq va shamollashning oldini oladi. Ko’z vannasi uchun muljallangan maxsus idish yoki piyolaga moychechak, petrushka, yalpiz yoki choy solinadi. Shuningdek, borat kislotasining bir foizli eritmasidan xam foydalanish xam mumkin. Ko’zingizni idish kiriga qo’yib, 8 – 10 marta ochib yuming. (Bunda ko’zlaringiz piyoladagi suyuqlikka bevosita tegib turishi kerak). So’ng ko’z bilan bir – necha marta aylanma xarakatlar qilinadi. Muolajadan so’ng qovoq terisiga maxsus oziqlantiruvchi krem surting.

Qovoq terisi juda nozik, u oson cho’ziladi, bu esa barvaqt ajinlar tushishiga olib keladi. Shuning uchun ko’zga buyoq vositalari, krem surtayotgan vaqtda extiyotlik bilan bajarilishi lozim. Xar kuni kechqurun ko’zlarga achchiq choy damlamasida namlangan paxta bulagini 10 daqiqaga qo’ysangiz, kun buyi toliqqan ko’zlar uchun juda foydali bo’ladi.

Yotishdan avval qosh, kipriklar buyoqdan tozalangach, ularga kichik chutka yordamida kanakunjut moyi surting. Bu ularning yaxshi o’sishi, oziqlanishi uchun sharoit yaratadi va to’kilishdan, ob – xavoning nomaqbul ta’siridan ximoya qiladi.

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar