Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

16.04.2016

Oilaviy budjet — Boyishning o’ziga xos yo’li

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 223
Oilaviy budjet — Boyishning o’ziga xos yo’li

Oila byudjetini rejalashtirish shaxsiy mablag’ni boshqarish va moliyaviy farovonlikka erishishning asoslaridan biridir. Bu nima uchun kerak? Qo’lingizdagi pulning hammasini noo’rin sarflab yubormaslik, uni o’z maqsadingizga erishishga yo’naltirish va moliyaviy erkin bo’lish hamda turmush tarzingizni chiroyli qilish uchun .

OILA BYUDJETINI REJALAShTIRISh UChUN NIMA QILISh LOZIM?

Avvalo, nima uchun oila byudjetini rejalashtirishga qaror qilganingizni bilib oling. Buni shunchaki rejalashtirish kerakligi yoki kimdir aytganligi uchun qilmang. Birorta sabab toping, masalan, «topganingizga nisbatan ozroq sarflash” yoki «chiqimlarni 10 foizga kamaytirish” kabi.

Oldingizga aniq bir maqsad qo’ying.

Masalan, «uyni ta’mirlash uchun bu yil falon so’m to’plashim kerak” degandek. Aksariyat odamlar shaxsiy mablag’ni to’g’ri boshqarish deganda o’ta tejamkorlikni tushunishadi. Bu katta xato. Gap shundaki, ko’pchilik topgan pulining 20 foizini o’ylamasdan, behuda sarflaydi. Masalan, salqinlatuvchi ichimliklarni ko’p ichishadi, tez-tez kafelarda ovqatlanishadi, aslida arzonroqqa tushishi mumkin bo’lgan xizmat va mollarga ortiqcha pul sarflashadi. Ulardan voz kechish aslo turmush sifatini pasaytirmaydi.

PULNI AVVALO O’ZINGIZGA TO’LANG, KEYIN BOShQA NARSALARGA SARFLANG

Odamlar maosh olishi bilan pul sarflashni boshlashadi, keyin esa ortib qolgan pulni to’plashadi. Ammo «muhim” narsalar chiqib qolib, qolgan pul ham sarflanadi. Bu noto’g’ri. Yaxshisi, qo’lingizga pul tushdimi, uning ma’lum bir qismini olib qo’ying, qolgan pulni esa reja bilan sarflang. Har doim va har qanday daromad qo’lingizga tushishi bilan uning ma’lum bir qismini alohida qilib olib qo’ying va bu pulni har qanday holatda ham sarflamang. Bu pulni siz o’zingiz uchun to’layapsiz! U vaqt o’tgan sari ko’payishi shart bo’lgan pul! Qolgan pullar esa sizniki emas, ular mehmon, oy davomida siz bu pullarni xizmatlar va mollar uchun boshqalarga berasiz. Agar siz o’zingiz uchun pul to’lamasangiz, sizga nima qoladi? Shunchaki qiziqish uchun o’tgan yili qancha pul ishlab topganingizni hisoblab ko’ring. Hozir qo’lingizda o’sha puldan qanchasi bor? Deyarli hech vaqo qolmagan. Yoki o’tgan bir oy davomida necha pul sarflaganingizni hisoblab chiqing. «Shuncha pulni qayerdan topgandim?” deb hayron qolasiz.

Ko’p oilalarning asosiy moliyaviy muammolari ularning qo’llarida jamg’armalari yo’qligidadir. Odamlar avval sarflab, qolganini saqlashga uringanlari uchun pul jamg’ara olmaydilar. Shuning uchun quyidagi odatga rioya qiling – qo’lingizga necha pul tushishidan qat’iy nazar, 10 foizini jamg’armaga olib qo’ying, qolgan 90 foiziga yashang. Ko’rasiz, olib qo’ygan o’sha 10 foiz pulingiz xarajatlaringizda deyarli sezilmaydi. Jamg’armadagi pulingizga aslo tegmang! U sizning xavfsizlik yostiqchangiz bo’ladi!

XARAJATLARNING MUHIMLIK DARAJASIGA RIOYA QILING

Oila uchun nima muhim, nima esa ikkinchi darajali ekanligini aniqlab olish lozim. Ya’ni pulni avvalo muhim va zarur xarajatlarga ajratish, qolgan pulni esa muhim bo’lmagan narsalarga ajratish kerak. Buni quyidagicha amalga oshirish mumkin.

1. Muhim xarajatlar ro’yxatini tuzing. Kelayotgan oyda qiladigan barcha xarajatlaringizni muhimligiga qarab tartib bilan yozib chiqing. Ro’yxat boshida albatta er solig’i, kommunal xizmatlar uchun to’lov, oziq-ovqat mahsulotlari, telefon, kiyim-kechak, transport xarajatlari turadi. Bular muhim xarajatlar. Ularni yozmaslikning iloji yo’q. Odatda, bu xarajatlar uchun har oyda bir xil pul sarflanadi.

2. Doimiy va majburiy xarajatlar uchun pulni darhol ajratib qo’ying. Bu xarajatlarni alohida bo’limlarga ajratib qo’ysangiz yanada yaxshi (oziq-ovqatga, kommunal xarajatlarga kabi).

3. Kutilmagan xarajatlar uchun daromadning 5-10 foizini ajratib qo’ying. Keyin, keraksiz buyum va xizmatlardan qoching, zararli odatlarni tashlang. Lekin tejamkorlik qilaman deb o’ta ziqnaga aylanib qolmang.

Bu yerda gap xarajatni keskin kamaytirish haqida emas, balki pulni ahamiyatga qarab sarflash haqida bormoqda. Xarajatlarni oqilona rejalashtirish ko’p pul topmasdan ham turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi.

Aytaylik, siz 400 ming so’m oylik olasiz. Undan 40 mingini jamg’armangizga ajratasiz, qolgan 360 mingini sarflaysiz. Oyligingiz 50 ming so’mga oshdi. Bunday holatda ko’pchilik nima qiladi? Bir oylik xarajati 50 ming so’mga oshadi. Axir ilgari 360 ming so’mga yashayotgandingiz-ku. O’sha ortiqcha 50 mingning yarmini jamg’armangizga qo’shsangiz, tez orada buning natijasini ko’rasiz.

TAVSIYALAR

Oila budjetini rejalashtirishda quyidagi tavsiyalarni ham qo’llab ko’rishingiz mumkin. Ular ichidan o’zingizga qulayini tanlab oling.

1. «The Only Investment Guide You’ll Ever Need” (Sarmoyadorlikda sizga kerak bo’lib qoladigan yagona yo’riqnoma) kitobi muallifi Endryu Tobias quyidagi maslahatni beradi:

a) Barcha qarzlaringizdan qutuling.

b) Topgan daromadingizning 20 foizini saqlab qo’ying (bu pullarni aslo sarflamang).

c) Qolgan 80 foiz pulingizga turmush kechiring.

Juda ham oddiy, shunday emasmi? Faqat, yodda tuting, avval 20 foiz pulni ajratib olamiz, keyin pul sarflashni boshlaymiz. Aks holda oyning oxiriga borib jamg’argani pulimiz qolmaydi. Darvoqe, agarda 20 foiz pulni ajratish qiyinchilik tug’diradigan bo’lsa, 10 foizdan boshlashingiz mumkin.

2. «All Your Worth: The Ultimate Lifetime Money Plan” (Sizning barcha boyligingiz: butun umr uchun asosiy moliyaviy reja) kitobi mualliflari moliyaviy muvaffaqiyatga erishish uchun daromadni quyidagicha taqsimlash kerak deb hisoblashadi:

50 foizini zarur narsalar uchun sarflash (oziq- ovqat, uy-joy to’lovi, kiyim-kechak va boshqalar).

30 foizini xohish-istaklar uchun sarflash (kabel televideniesi, ko’ngilochar tomoshalar, kitob, urf bo’lgan buyumlar)

20 foizini jamg’arish.

3. MSN Money sayti muallifi Richard Jenkins «60 foiz” qoidasini taklif qiladi. U daromadni 5 qismga bo’lishni va 60 foizini zarur xarajatlar uchun ajratishni taklif qiladi.

Zarur xarajatlar – 60 foiz.

Shaxsiy jamg’arma – 10 foiz.

Uzoq muddatli xarajatlar – 10 foiz.

Manba: Biznestrener.uz

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar