Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

16.04.2016

Qishda kartoshkani qanday saqlash kerak?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 173
Qishda kartoshkani qanday saqlash kerak?

Biz o’zbeklar qishga ko’plab sabzavotlar g’amlab qo’yishni odat qilib olganmiz. «Ular yordamida qishdan qiynalmasdan chiqasiz» — deyishadi qariyalarimiz. Ammo, ushbu mahsulotlarni uzoq muddat yaxshi holatda saqlab turish yengil ish emas. Shuning uchun, Gooper.uz’da sizga kartoshkani uzoq muddat sifatli holatda saqlash usulini taqdim etamiz.

Kartoshkani qishda saqlash usuli

Kartoshkani saralab oling. Agar ko’p kartoshka sotib olgan yoki o’zingiz etishtirgan bo’lsangiz, ishni ularni saralab olishdan boshlang. Belkurak yordamida zarar etkazilgan yoki terisi bo’lmagan, aynigan kartoshkalarni tashlab yuboring. Bunday sabzavotlar tez aynaydi va chirishni boshlaydi. Agar ular boshqa yaxshi kartoshkalar bilan qolib ketsa, qolganlariga ham chirishni yuqtiradi.

Qishda kartoshkani qanday saqlash kerak?

Ajratib olgan, biroz o’zgargan kartoshkalarni birinchi bo’lib eb yuboring. Undan ovqat tayyorlashdan oldin chirigan joyi va ko’rimsiz dog’larni to’liq olib tashlang. Yaxshi, sog’lom kartoshkani esa qorong’i va quruq joyda saqlang. Saqlash joyiga yorug’lik va namlik tushmasligi juda muhim. Bu ikki narsa chirishni keltirib chiqaradi. Еrto’la va o’ralar saqlash uchun yaxshi joy hisoblanadi.

Bundan tashqari, saqlash joyida havo yaxshi aylanishi lozim. E’tibor qiling, kartoshka ko’p hollarda to’r xaltalarda sotiladi, bu esa havoning yaxshi aylanishiga yordam beradi. Kartoshkani germetik idishga solmang.

Qishda kartoshkani qanday saqlash kerak?

Kartoshkani to’qilgan savatcha yoki havo yaxshi aylanadigan qutilarga solib ko’ring, kartoshka uchun maxsus idishlar tanlansa, maqsadga muvofiq bo’ladi. Kartoshkaning har bir qavatiga gazeta varag’ini joylashtiring, bu ular orasida havoning aylanishiga yordam beradi.

Endi esa haroratni salqinlatish qoldi. Kartoshka 10 ° S dan past haroratda saqlanadi. Maksimal darajada saqlash uchun harorat esa 2 dan 4 ° S gacha, erto’la, o’ra kabi qorong’u va salqin joy bo’lishi kerak.

Qishda kartoshkani qanday saqlash kerak?

Diqqat qiling, kartoshkani muzlatgichda saqlash salbiy fikr, chunki u er mazkur sabzavot uchun juda sovuq, bunday sovuq esa ta’m va sabzavotning o’ziga zarar etkazadi.

Kartoshkani vaqti-vaqti bilan ko’zdan kechirib turing, agar uning orasida ayniganlari paydo bo’lgan bo’lsa, tezda ajratib oling. Agar yomon kartoshka bir necha hafta davomida yaxshilari bilan qoldirilsa, ularga ham zarar etkazishi shubhasiz. Maqolaning boshida aytilganidek, kartoshka bir necha oy saqlanadi, biroq profilaktika uchun uni har 3-4 haftada ko’zdan kechirib turish kerak. Bunday oqilona odat sizni havotirliklardan xalos etadi.

Yomon kartoshkani davolash mumkin

Qishda kartoshkani qanday saqlash kerak?

Yomon bo’lib qolgan kartoshkangiz ko’p bo’lsa, hafa bo’lmang. Agar mazkur sabzavot uzoq “yashashi”ni istasangiz, quyidagi usulni qo’llab ko’ring: aynigan joy (yiring, dog’)larni kesib tashlang, ularni sog’lom kartoshkalardan alohida joyga, gazetaga o’rab, harorati 10-15 ° S (saqlash uchun normal haroratdan yuqoriroq) bo’lgan qorong’u va salqin burchakka qo’ying. Ikki haftadan so’ng, muammoli joylarda yangi teri yuzaga kelishi, terisi qalinlashishi kerak.

Manba

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar