Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

16.04.2016

Ishlarni orqaga qoldirmaslik uchun «ikki minut» qoidasi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 373

Ishni ertaga qoldiryapsizmi? Ikki minut qoidasini qo’llang. Tadbirkor va suratchi — sayohatchi Jeyms Kliar oddiy va samarali qoidani qo’llashni taklif etadi. Uning maqsadi: qoldirilgan va mo’ljallagan ishlaringizga zudlik bilan kirishing. Ikki minut qoidasi sizni yalqovlik va sustkashlikdan xalos etadi va ishni oson bajarishingizga ko’mak beradi. Qoida quyidagi qismlardan iboratdir.

Ishlarni orqaga qoldirmaslik uchun «ikki minut» qoidasi

1 – Qism: Agar ish ikki minutda hal bo’lsa, zudlik bilan unga kirishing.

Ajablanarlisi shundaki ko’pgina ishlarni ikki minut ichida yoki undan kam vaqt ichida bajarish mumkin. Masalan, ovqatdan so’ng idishlarni yuvib qo’yish, kiyimni kir mashinasiga tashlab qo’yish, axlat tashlash, uyni yig’ishtirish, elektron xatni jo’natish. Agar ish ikki minutda bajariladigan bo’lsa unga zudlik bilan kirishing.

2 – Qism: Agar yangi odatga o’rganmoqchi bo’lsangiz unga ikki minut ichida kirishing.

Siz xohlayotgan natijalar ikki minut ichida bajarilishi mumkinmi? Albatta yo’q. Lekin har bir maqsadni o’ylashga ikki minut yoki undan kam vaqt ketadi. Bu yo’l sizga balki kichik ko’rinsada katta maqsadlarni amalga oshirishning ilk nishonasi bo’lishi mumkin. Bu yo’l har qanday maqsad uchun ishlashi aniq, buning sababi esa – fizika. Isak Nyuton aytgandek harakatsiz jism harakatsiz holda bo’ladi, harakatlanayotgan jism esa harakat holida qoladi.

Bu qoida insonlar uchun ham tushayotgan olma uchun ham ishlaydi. Ikki minut qoidasi kichik va katta maqsadlar uchun inersiya vazifasini bajaradi. Bu ishni boshlaganingizdan so’ng, qolgan ishlaringiz o’z-o’zidan harakatga kela boshlaydi. Qoidaning asossiy maqsadi, ishni yaxshi niyat bilan boshlasangiz u rivojlana boshlaydi.

Yaxshi adib bo’lishni istaysizmi? Buning uchun gap tuzing (ikki minut qoidasi), so’ngra bu ko’rsatkichni bir soatga olib chiqing.

Sog’lom ovqatlanish tarziga amal qilmoqchimisiz? Unda mevani hoziroq istemol qiling (ikki minut qoidasi), shundan so’ng foydali salat qilishga ilhomingizni yo’naltiring.
Kitob o’qishni doimiy odat qilmoqchimisiz? Kitobning bitta varag’ini o’qishni boshlang, kitobning uchta bobini o’qiganingizni bilmay qolasiz.

Haftada uch marta yugurishni xohlaysizmi? Krosovkangizni kiyib dushanba, chorshanba va juma kunlarida uyingizdan chiqib yugurishni boshlang. Bu uyda o’tirib popkorn yeyishdan afzalligini tez orada xis qilasiz.

Ikki minut qoidasi natijaga erishishni, oldiga muhim maqsad qilishdan ko’ra, maqsadga erishishga undovchi asosiy vositadir. Muhimi ahamiyatni ishni boshlashga qaratishdadir. Hamma muhim, kerakli odatlarning asosi uni birinchi marotaba qilishdadir. Bu ishlarni hozirdan qoldirmang.

Bu qoidani hayotning hamma holatlarida ishlaydi deb aytish noto’g’ri bo’ladi. Lekin bu qoidani qo’llashga harakat qilmasangiz ish o’z o’rnidan ko’chmaydi.

Ko’pgina maqolalarning muammosi shundaki, biz ularni mutoala qilib, ma’lumot olamiz, lekin uni amaliyotda ishlatmaymiz. Bu ma’lumotlarni hozirni o’zida ishlatishimiz lozim. Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, ikki minut qoidasini qo’llashga hamisha tayyor bo’lishimiz lozim.

Mirmuhammad Ergashev,

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar