Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

16.04.2016

Nega kambag’alsiz? Muammo nimada?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 400
Nega kambag’alsiz? Muammo nimada?

Agar kambag’al odamdan: «Nega farovon yashashni uddalay olmayapsan?», — deb so’rasangiz, savolingizga yaxshigina javob topib beradi. Har bir kambag’alning o’zini oqlash uchun bahonasi bor. Kimdir: «Taqdirim shu ekan. Omadim kelmayapti!», — deydi. Yana birov mamlakatdagi ahvolni ro’kach qiladi. Uchinchisi boy bo’lish istagi yo’qligini aytadi . Kimdir ota-onasiga aybni yuklaydi, menga yaxshi ta’lim-tarbiya bera olishmagan, deydi. Ko’pchilik maktabda berilayotgan ta’limning noto’g’riligidan noliydi: axir u erda pul topishni o’rgatishmaydi-da!

Pulga munosabat qanday shakllanadi?

Ko’pincha u ota-onangiz va atrofingizdagilarning sizga ko’rsatgan ibrati orqali tarbiyalanib boradi. Ularning pul haqida qanday o’ylashlari va uni qanday sarflashlari bolaligingizdanoq sizda pulga munosabatni shakllantirib boradi. Va albatta, o’zingizning orzularingiz va shaxsingizga bergan bahongiz, ishonchingiz ham bu borada muhim ahamiyatga ega.

Pul masalasida farzandlarga uch xil tarbiya beriladi:

«Pul — yomon narsa. Usiz ham yashasa bo’ladi».

«Pul? U nima o’zi?» (ya’ni ota-onalar ma’lum yoshga etguncha bolalar pul nimaligini umuman bilmaganlari ma’qul, deb hisoblaydilar, xuddi jinsiy tarbiya kabi).

«Pul — bu jiddiy masala. Uni ishlatishni bilish kerak». Bu — eng to’g’ri tarbiya.

Ko’p insonlarning ongi yoshligidanoq qashshoqlikka tayyorlab boriladi.

Maktabda «pul qaerdan paydo bo’ladi?» degan savolga javob berilmaydi. Shuning uchun bola maktabni pul haqida unga qadam qo’yganidagi kabi sodda va ko’pincha noto’g’ri tasavvurlar bilan bitirib ketadi. U butun umr pul haqidagi oddiy, ammo juda muhim tushunchalardan bexabar yashayverishi mumkin. Oqibatda nima xohlayotganini o’zi ham bilmaydigan noshudga aylanadi-qoladi.

Tagi teshilgan etikda yurib, xaroba uyda yashab, inson asta-sekin qashshoqlikka ko’nikib qolishi mumkin. O’zining qashshoqligida dunyoni ayblayverib, oxiri o’zi bilan o’zi ovora maydakash, alamzadaga aylanadi.

O’z mehnatingiz bahosini o’zingiz belgilang!

Kuzatib turib, odamlarning ko’pchiligi butun umr o’zini-o’zi qashshoqlashtirib borayotganiga guvoh bo’lish mumkin. Ular g’ayrishuuriy tarzda kambag’allik odatlariga amal qilib boradilar. Arzimas haq to’lanadigan ish uchun jonlarini jabborga berib ishlaydilar. Aslida esa aksincha bo’lishi, o’ynab-kulib qilgan ishlari uchun katta pul olishlari lozim edi. Ular keng tarqalgan, ammo noto’g’ri bir qoidaga amal qiladilar, ya’ni «boshqalar mening mehnatim bahosi qanchaligini biladilar» deb o’ylaydilar. Ular pul jamg’arish nima ekanligi haqida umuman tasavvurga ega emaslar. Topilgan mablag’ni darhol joy-joyiga sarflash — mana ularning asosiy shiorlari. Pulni biror ishga jalb qilish, aylantirib, foyda olish haqidaku, umuman gapirmasa xam bo’ladi. Pulini topgan zahoti mayda-chuydalarga sarflab yuboradiganlarda moliyaviy investitsiya uchun imkon ham bo’lmaydi-da!

«Katta pul topish mumkin emas» deb o’ylamang!

Aslida mablag’ni kun sayin ko’paytirib borish juda mushkul ish emas. Ammo hech narsa qilmay, qo’l qovushtirib o’tirish baribir osonroqda! Har oyda ma’lum mablag’ni tejab borish nahotki shunchalar qiyin bo’lsa? Yo’q, unday emas. Ammo bir necha lahzalik lazzat uchun pul sarflash osonroqda… Millioner odam hech qachon «katta pul topish mumkin emas», deb o’ylamaydi. Kambag’al odam esa kichik miqdordagi pulni topish osonroq, deb o’ylaydi.

Qashshoqlik ichingizda joy olishiga yo’l qo’ymang!

O’ylab ko’ring, so’nggi yil davomida ko’proq pul topish uchun, daromadingizni orttirish uchun nima qildingiz? So’nggi oy davomida-chi? Men aynan amaliy harakatni nazarda tutayapman, orzularu rejalarni emas.

Eslay olmayapsizmi? Mana sizning muammoingiz qayerda! Mana — ichingizdagi sizni tark etishni istamayotgan qashshoq!

Ulardan nimangiz kam?

Siz o’zingizni boylikdan ayirib turgan to’siqdan hatlab o’ting. Kimlargadir nisbatan ahvolingiz yaxshiligi haqidagi hayollarga chek qo’ying. Endi sizning shioringiz: «Ulardan nimam kam?» bo’lmog’i kerak. Hayot tarzingizni tubdan o’zgartirishga jazm eting. Yodingizdami, bolaligingizda ilk qadamlaringizni qo’yayotganingizda ko’p qoqilib, yiqilgandingiz. O’shanda biror yeringiz ko’karishi yoki tilinishidan qo’rqmagandingiz-ku.

Aksar boylar hammasini noldan boshlashgan. Ular o’z maqsadlariga yetgunlaricha uzoq va qiyin yo’lni bosib o’tganlar. Ammo ular o’sha boshlang’ich nuqtadan ilgarilay oldilar va endi cho’qqida turibdilar.

«Ahmoq pullar»

Qo’lingizda kutilmaganda katta mablag’ paydo bo’lib qolishi mumkin. Xalqda buni «ahmoq pullar» deyishadi. Asosiysi, ularni to’g’ri ishlata biling. Boshlang’ich katta kapitalga ega bo’lganlarning ko’pchiligi bugunga kelib hech kim emas. Chunki ular qo’llarida bor imkoniyatni, boshlariga qo’ngan omad qushini uchirib yuborganlar, ya’ni pul sarflashni bilmaganlar.

Sportchi, fotomodel, estrada qo’shiqchilarini oling. Bu kasblarning umri uzoq emas, ammo daromadi katta. Lekin katta daromad olish, bu hali badavlat turmush kechirish degani emas. Dunyo tajribasidan ma’lumki, bunday yulduzlarning ko’pchiligi umrlarini ayanchli bir tarzda tugallaydilar. Chunki ular pul sarflashni bilishgan, uni ko’paytirishni esa bilishmagan.

Ahamiyat bering

Pele bilan bir komandada Garrincha ismli futbolchi ham o’ynardi. Uning Peledan hech kam joyi yo’q, ba’zi o’rinlarda hatto undan ustun ham edi. Ammo Pele futbolni tugatib, nafaqaga chiqqach, pullarini foydali biznesga jalb qildi («Kafe Pele»ning reklamasini eslaysizmi?) va farog’atda yashab yuribdi. Garrincha esa pullarini ichib tugatdi va umrining oxirini ko’chalarda daydib o’tkazishga majbur bo’ldi.

Teng imkoniyatga ega bo’la turib, ularning biri pul topishni bildi, boshqasi esa faqat sarflashni. Ha, odam qashshoqlik psixologiyasiga ega bo’lsa, hech nima qila olmas ekan. Faqat pul sarflashi mumkin, xolos. Pullarni saqlab qolish uchun ularga munosabatingizni o’zgartirishingiz lozim. Faqat sarflash mumkin emas. Shuningdek, ko’proq olish imkoniyati bo’lgan joyda kamiga qanoat qilmaslik kerak.

Tasavvur qiling, yer ostida pul dengizi bor. Undan pul buloqlari oqib chiqmoqda. O’zingizning bulog’ingizni toping va uning yonida quduq hosil qiling. Endi shu tasavvurni hayotga tadbiq etib ko’ring. Shunda ko’p o’tmay sizda pul qudug’i, balki pul ombori ham paydo bo’ladi.

So’nggi tavsiya

Menga atrofdagilar yoki hukumat yordam beradi, deb o’ylayapsizmi? Bekorga umid qilayapsiz! Pul topish -sizning muammoingiz. Sizning farovon yashashingiz o’zingizdan boshqa hech kimga kerak emas. Ha, boshida yolg’iz bo’lasiz. Ammo kuchingizni to’plang va oyoqqa turing!

«Bo’lajak millionerlarga maslahatlar» dan

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar