Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

15.04.2016

So’ch to’kilishidan aziyat chekyabsizmi?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 018
So’ch to’kilishidan aziyat chekyabsizmi?

Soch to’kilishi turli xil kasalliklar, gormonal disbalans, boshga jarohat yetishi yoki bosh terisining zararlanishi, stress yoki biror kimyoviy dori preparatlari ta’sirida sodir bo’lishi mumkin. Soch to’kilishi sabablari bartaraf etilganda odatda sochlar yana qaytadan o’sishni boshlaydi.

Alopetsiya – ushbu kasallik natijasida to’kilgan sochlar o’rnida silliq, dumaloq dog’lar paydo bo’ladi.

Umumiy ma’lumot

Har bir odam kuniga o’rtacha 50 – 100 soch tolasidan ayriladi.Bu normal holat.Boshimizdagisochlar 3 yildan 7 yilgacha umr ko’radi.Ularning 90 % ijuda faol o’sadi.Qolgan 10% i esa tinim holatida bo’ladi. Ushbu o’sish fazasi 2 oydan 6 oygacha davom etishi mumkin. Shundan so’ng sochlar to’kilishni boshlaydi. Yosh kattalashgan sayin sochlar ingichkalashmaydi, lekin ba’zida to’kilganlari o’rniga yangisi qaytib chiqmasligi mumkin. Ba’zi kata yoshli odamlarda bu jarayon erta boshlanadi.

Alopetsiya – yuqorida aytilganidek bu soch xastaligida to’kilgan tola o’rnida silliq, dumaloq dog’ paydo bo’ladi. Shuning uchun bosh terisi normal holda ko’rinishi mumkin(qazg’oq, yara va chandiqlar bilinmaydi).

Soch to’kilishi sabablari:

Qarish davri boshlanganda;
Irsiy(ajdodlar naslida kal erkak yoki ayol bo’lishi);
Gormonal muvozanat buzilishi(masalan, ayollarda tug’riqdan keyin);
Sochlarning zararlanishi(turli xil soch bo’yoqlari, kimyoviy ishlov berish, quritish);
Bosh jarohati;
Bosh terisiga zarar yetishi;
Bakterialvazamburug’li, immuntizimi kasalliklari;
Ba’zi bir dori preparatlari(qon bosimini tushiruvchi, antidepressant, artrit va podagra kasalliklarida qo’llaniluvchi preparatlar, onkologik kasalliklarda radiatsiya va ximioterapiya usullarida sochlar 90% to’kiladi);
Jismoniy, hissiy va psixik asab stresslari.

Alopetsiyaning boshqa sabablari:

Qalqonsimon bez xastaliklari;
Infeksiya, jarrohlik operatsiyalari, qattiq issiq;
Zamburug’li kasalliklar (dermatomikoz, lishay);
Noto’g’ri ovqatlanish;
Noto’g’ri soch turmaklari.

Erkaklarda ko’pincha quyidagi kallik holatlari kuzatiladi:

Sochlarning o’sish yo’nalishi sekin – asta ensa tarafga tomon harakatlanadi. Avval chakka qismidan, keyin esa boshning tepa qismidan to’kilishni boshlaydi;
To’liq kallik(bosh terisi yuzasidagi barcha sovhlar to’kiladi);
Local kallik(boshning ba’zi qismlaridagi soch tolalari to’kilishi).

Ayrim hollarda tug’riq, turli jarrohlik operatsiyalari, og’ir yuqumli kasalliklardan taxminan 3 oy o’tib soch to’kilishi seziladi.Soch to’kilishi og’riq, yallig’lanish, achishish, yara yiring chiqishi bilan borsa albatta shifokorga murojaat etish lozim.

Bunday holda siz o’zingiz nima qila olasiz?

Agar soch to’kilishi irsiy yoki qarilik bilan bog’liq bo’lsa, unga chora topishning deyarli iloji yo’q. Sochlaringizni alohida e’tibor bilan parvarishlang: balzam, konditsioner bilan yuving, iloji boricha sochlarni kamroq bo’yang va kamroq fenda quriting. Sochlarni tortmaslik(turli kokillar, bog’lamlar, orqasochni dumga o’xshatib turmaklashdan iloji boricha tiyilish).

Soch to’kilishiga qarshi 100% kafolat beradigan dori bo’lmasada, minoksidil preparatini qo’llab ko’rishingiz mumkin. Ushbu preparat sochni qayta tiklashni istagan bemorlarning har 3 tasidan bittasiga albatta yordam beradi;) Lekin preparatni qabul qilishni to’xtatish o’sgan sochlarni to’kilishiga olib kelishi mumkin.

Agar tashqi ko’rinishingizdan uyalayotgan bo’lsangiz turli xil pariklarni qo’llashingiz mumkin. Mabodo, sochlaringizning to’kilishi organizmingizdagi biror bir o’zgarish natijasi deb bilsangiz shifokorga murojaat etganingiz ma’qul.

Shifokor sizga qanday yordam berishi mumkin?

Sochlar doimiy to’kiladigan bo’lsa, vrach sochlarni transplantatsiya qilish (ko’chirib o’tkazish) yoki sun’iy tolalardan foydalanishni maslahat berishi mumkin.

Yuqorida to’xtalib o’tgan alopetsiya kasalligi ko’pincha o’zi o’tib ketadi. Agar bunday bo’lmasa, shifokor bosh terisiga steroidli ukol buyurishi yoki tarkibida steroidi bo’lgan lasyonlar yozib berishi mumkin.

Behzod Ergashev,

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar