Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

15.04.2016

14 yoshli avstraliyalik sayyora qutblarini zabt etmoqchi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 184
14 yoshli avstraliyalik sayyora qutblarini zabt etmoqchi

Melburnda yashovchi 14 yoshli o’smir birdaniga uchta qutb mintaqasiga amalga oshiriladigan ekspeditsiyaning eng yosh ishtirokchisi bo’lishi mumkin. Bu haqda Mashable nashri xabar qilgan, deb yozadi «Kun».

30 mart kuni boshlangan sayohat davomida Jeyd Hemister Grenlandiya, shimoliy va janubiy qutblarga boradi.

2 ming kilometrlik sayohat uch bosqichda amalga oshadi. Shimoliy qutbni 21 kunda kesib o’tish rejalashtirilgan bo’lsa, kelgusi yil aprelida u Grenlandiya hududiga qadam qo’yadi. O’sha yilning yozida janubiy qutbni tomosha qilishga otlanadi.

&kspeditsiya chog’ida Jeydga Everest cho’qqisini zabt etgan otasi Pol va yo’l ko’rsatuvchi Erik Filips hamrohlik qiladi. Erik shimoliy va janubiy qutblarni kesib o’tgan ilk avstraliyalik hisoblanadi.

2016 yilda Hemister, Yangi Zelandiyadagi maxsus lagerga borib, tirik qolish kursi, jismoniy tayyorgarlik, krossfit darslariga qatnashdi, chang’i uchishni o’rgandi

«Men yoshim yetishini bilganimdanoq, 12 yoshligimdan tayyorgarlikni boshlab yuborganman»,  degan Hemister.

2014 yilning yanvarida bristollik Lyuis Klark Antarktidaning Amundsen  Skott» stantsiyasigacha borib, janubiy qutb bo’ylab 48 kun davom etgan sayohatini poyoniga yetkazgan edi. 16 yoshli Klark Antarktidani zabt etgan eng yosh sayohatchi deya e’tirof etilgandi.

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar