Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

14.04.2016

Matematiklar shifokorlarga saraton bilan kurashishni o’rgatishdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 273
Matematiklar shifokorlarga saraton bilan kurashishni o’rgatishdi

Germaniyadagi Bonn universiteti matematiklari va shifokorlari saraton xastaligini samarali davolash imkonini beruvchi hisoblash modelini o’ylab chiqishdi. Undan tashqari, bu usul nima uchun ba’zi o’simtalar bilan kurashish qiyinligini tushunishga yordam beradi. Tadqiqot Scientific Reports jurnalida nashr qilindi.

Saratonni davolashdagi eng katta muammolardan biri xavfli o’simtalarning dorilarga qarshilik ko’rsata boshlashi hisoblanadi. Dastlab samarali terapiya retsidiv bilan almashadi, ba’zan esa umuman natija bo’lmaydi. Buning sababi terapiyaga bo’ysunmaydigan saraton hujayralarining paydo bo’lishidadir.

Immun tizimidagi ba’zi hujayralar saraton o’simtalari bilan kurasha oladi. Biroq avvalgi tadqiqotlarning ko’rsatishicha, immun reaktsiya davolash jarayonida shakllangan bo’lsa, unda saraton hujayralari limfotsitlar uchun ko’rinmas bo’lib qoladi.

Yangi tadqiqotda olimlar shu jihatni inobatga olgan holda davolashning yangi usulini yaratish imkonini beruvchi matematik model ishlab chiqishga muvaffaq bo’lishdi.

Noto’g’ri davolash saraton hujayralarida hatto mutatsiya keltirib chiqarishi va saraton bilan kurashish o’rniga xavfli o’simtaning o’tkir formasining avj olishiga sabab bo’lishi mumkin, deb yozadi «Kun».

Tadqiqotchilarning so’zlariga ko’ra, saratonning hisoblash modeli ko’plab matematiklarni tibbiyot sohasiga jalb etish imkonini beradi va aksincha, terapevtik usullarni ishlab chiqishda shifokorlarni boshqacha yondashishga undaydi.

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar