Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

11.04.2016

Kuch va quvvat qayerga yoqoladi? Zaiflikning 9 sababi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 785

Har bir insonda shunday holat bo’ladi, kun davomida og’ir ish qilinmasada kuch va quvvat qayergadir yo’q bo’lib qolganday tuyuladi. Buning sababi bizning odatlarimizdir.

Sog’lom va baxtli bo’lmoq uchun faqatgina jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishni o’zi yetarli bo’lmay, ruhiy rivojlanishga ham ahamiyat bermoq kerak. Sharq tabobatida aytilishicha, ruhiy rivojlanish bilan bog’liq muammolar ko’pgina kasalliklarni keltirib chiqaradi. Bugun Gooper.uz’da mana shunday holatni keltirib chiqaradigan 9 sabab haqida ma’lumot beramiz.

Kuch va quvvat qayerga yoqoladi? Zaiflikning 9 sababi

1. Oxiriga olib borilmagan ishlar

Agar ishlarni oxiriga olib borilmasa, ular sizdan quvvatingizni torta boshlaydilar. Siz buni sezmasligingiz ham mumkin. Har doim bergan va’dangiz ustidan chiqishga harakat qiling, qarzga olgan pul va buyumlarni o’z vaqtida qaytaring va bo’yningizga olgan har bir ishni oxirigacha olib borishga harakat qiling. Agar bu ishni bajarishga kuchingiz va vaqtingiz bo’lmasa ham.

2. Yolg’on

Inson yolg’on gapirayotganda bu yolg’onni haqiqatga o’xshatish uchun ko’p quvvat sarf qiladi. O’zingizni o’rab turgan yaqinlaringizga yolg’on ishlatmang. O’zligingizni saqlang.

3. Qo’rquv, ishonchsizlik, adoovat

Qo’rquv va ishonchsizlik hissi sizni quvvatingizni juda tez sarf bo’lishiga sabab bo’lib, bu holatda organizm stress holatiga tushishi sababdan quuvatsizlanadi.

4. Yuklanishni har-xil turi hamda jismoniy faollikni susayishi va tabiat bilan a’loqani yetishmasligi

Agar siz butkul ish jarayonida va qayg’urushda bo’lsangiz quvvat sarfi juda ortadi. Oddiy ko’ringan narsalarga qayg’urish ham bu holatga olib keladi, bu esa buyrak yetishmovchiligi kasalligiga sabab bo’ladi.

5. Kerak bo’lmagan so’zlar va bunga ortiqcha ahamiyat berish

Kerak bo’lmagan so’zlashuvga quvvatni ko’p qismi sarf bo’ladi. Bu quvvatni tejash yo’li esa oddiy — bu jimlik.

6. Hafagarchilik va o’z qobig’iga o’ranib olish

Har bir inson — bu ochiq energiya sistemasidir. Agar inson o’z qobig’iga o’ranib olsa u kuchsizlana boshlaydi. Yaqinlaringiz bilan ko’proq ochiq muomalada bo’ling. Hech kimdan hafa bo’lmaslikka harakat qiling.

7. Uyquning yetishmasligi

Agar inson uyquga to’ymasa, organizmda tiklanishi va dam olish jarayoni susayadi. Bunda organizmda toksinlar ko’payib bioritmlar ishdan chiqadi.

8. Ko’p ovqatlanish va zararli odatlar

Ko’p ovqatlanish va zararli odatlar sabab organizm ko’p quvvatni toksinlarni organizmdan chiqarish uchun ishlatadi. Bu esa asab sistemasi, jigar va oshqozon faoliyatini susaytiradi.

9. Kasalliklar, tashqi holatlar va energetik qonxo’rlar

Kasallik va tashqi holatlarga quvvatimizning ko’p qismi sarf bo’ladi. Bu holatga yana bir sabab, yoqmaydigan insonlar bilan suhbatga kirishimiz bo’lishi mumkin. O’z quvvatingizni behuda sarf qilmay, uni baxtli hayot kechirish yo’lida sarf qilganingiz ma’qul.

Mirmuhammad Ergashev,

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar