Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

11.04.2016

Kir yuvishni yengillashtiruvchi 10 maslahat

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 541

Kir yuvish naqadar murakkab va qiyin ish ekanligini ayollarimiz yaxshi bilishadi. Bugun Gooper.uz‘da mana shu qiyin ishni ancha osonlashtiruvchi maslahatlarni e’tiboringizga taqdim etamiz. Marhamat!

Kir yuvishni yengillashtiruvchi 10 maslahat

1. Agar qishki junli buyumlarni yuvmoqchi bo’lsak, chayishdan oldin 1 choy qoshiq glitsirin qo’shib yuborsak, junli buyumlarimiz yumshoq va mayin holga keladi.

2. Agar rangli kiyimlarni kir yuvish mashinasida yuvmoqchi bo’lsangiz suvga 2-3 choy qoshiq tuz qo’shing. Kiyimlaringiz rangi yanada jilovli bo’ladi.

3. Sintetik matolardan tikilgan kiyimlaringizni , tabiiy matolardan tikilgan kiyimlarga nisbatan ko’proq tozalash va yuvish kerak.

4. Agar ko’ylagingizni 5-6 marta kiygan bo’lsangiz, uni albatta yuvish kerak. Buning asosiy sababi kiyimlaringizni tashqi muhit changini o’ziga tortishi va tanangiz ajratadigan yog’larni kiyimga o’tirib qolishidadur.

5. Junli gazlamali kiyimlarni yuvayotganingizda 1 choy qoshig’ida ichimlik sodasi qo’shib yuvganigiz ma’qul. U kiyimingizni rangiga jilo beradi, har hil hidlarni ketkazadi. Shundan so’ng kiyimlarni yahshilab chayib tashlang.

6. Oq paypoq, go’lfini yuvishdan oldin 1-2 soatga suvga bo’r kislotasi qo’shib ivitib qo’yish kerak.

7. Momiq sochiq va halat o’z boshlang’ich holatini saqlab qolishi uchun yuvgandan so’ng, ularni tuzli suvda ushlab turib, qurigandan so’ng dazmollamang.

8. Agar tyulli pardalarni yuvishda sinka eritmasi bilan ozgina miqdorda sut qo’shib yuvsangiz, pardalaringiz yangi holiga keladi.

9. Ich kiyimlarni oqartirish uchun 10 litr suvga 1 choy qoshiq nafshatir spiriti qo’shib qaynatish kerak.

10. Mayda narsalarni yo’lda, mehmonhonada yuvishning onson yo’li polietilen haltasidan foydalangan holda yuvish mumkin. Bu usul paypoqlar va kalgotkalarni yuvishda yordam berib, yuvish vositalarini tejashga yordam beradi.

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar