Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

11.04.2016

APL, 33-tur. “Liverpul” “Stok Siti”ni, “Tottenhem” esa “Manchester Yunayted”ni yirik hisobda…

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 134
APL, 33-tur. “Liverpul” “Stok Siti”ni, “Tottenhem” esa “Manchester Yunayted”ni yirik hisobda…

Futbol bo‘yicha Angliya Premyer-ligasida 33-tur bellashuvlari o‘z yakuniga yetdi.

Chempionlar Ligasi yo‘llanmasidan umidini uzmagan “Liverpul” turnir jadvalida o‘zidan oldinroqda borayotgan “Stok Siti”ni qabul qilib, yirik g‘alabaga erishdi — 4:1. Buning natijasida Yurgen Klopp jamoasi 31 ta o‘yinda 48 ochko jamg‘arib, 8-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

“Borussiya Dortmund”ga qarshi Yevropa Ligasi o‘yinida gol urgan Divok Origi, “Stok Siti”ga qarshi bellashuvda bir taym harakat qildi hamda dublga erishdi.

“Tottenhem” hamda “Manchester Yunayted” klublari o‘rtasidagi turning markaziy o‘yinida mezbonlar yirik hisobda zafar quchdi. Lui Van Gal jamoasi 70-daqiqaga qadar o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab keldi. Keyingi olti daqiqa ichida esa 3 ta gol o‘tkazib yubordi.

Mazkur g‘alabasidan keyin “Tottenhem” ochkolari sonini 65 taga yetkazib oldi. Peshqadam “Lester” 72 ochkoga ega. Mos ravishda “Arsenal” 59, “Manchester Siti” 57, “MYu” 53, “Vest Hem” 52, “Sautgempton” 50, “Liverpul” 48 ochkoga jamg‘argan.

Angliya Premyer-ligasi
33-tur bellashuvlari
10-aprel, yakshanba

“Liverpul” — “Stok Siti” 4:1

Gollar: Alberto Moreno, 8 (1:0). Boyan Krkich, 22 (1:1). Daniel Starrij, 32 (2:1). Divok Origi, 50 (3:1). Divok Origi, 65 (4:1).
“Liverpul”: Simon Minyole, Nataniel Klayn, Alberto Moreno, Kevin Styuart, Martin Shkrtel, Kolo Ture, Jeyms Milner, Jo Allen (Lukas Leyva, 78), Oluvaseyi Ojo (Divok Origi, 46), Roberto Firminyo (Adam Lallana, 63).

“Tottenhem” — “Manchester Yunayted” 3:0

Gollar: Dele Alli, 70 (1:0). Alderveyreld, 74 (2:0). Erik Lamela, 76 (3:0).
“Tottenhem”: Ugo Lyoris, Kayl Uolker, Denni Rouz, Tobi Alderveyreld, Yan Vertongen, Erik Dayer, Mussa Dembele, Erik Lamela (Naser Shadli, 87), Dele Alli (Rayan Meyson, 90+3), Kristian Eriksen, Harri Keyn (Son Xyun Min, 89).
“Manchester Yunayted”: David de Xea, Markos Roxo, Kris Smolling, Deyli Blind, Timoti Fosu-Mensa (Matteo Darmian, 68), Maykl Kerrik, Xuan Mata (Memfis Depay, 76), Jessi Lingard, Morgan Shneyderlen, Markus Reshford (Eshli Yang, 46) Antoni Marsyal.

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar