Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

11.04.2016

O’zbekistonlik matematik mingyillik muammolaridan birini yechganini ma’lum qildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 953
O’zbekistonlik matematik mingyillik muammolaridan birini yechganini ma’lum qildi

Qarshi davlat universiteti matematigi Shokir Davlatov mingyillikning 6-muammosini yechganini ma’lum qildi. Davlatov o’zining masalaga qarashini arXiv.org saytida chop etilgan maqolada bayon qildi, deb xabar bermoqda Lenta.ru nashri.

«Ishda mingyillikning 6-muammosi yechimi berilgan: fazoviy o’zgaruvchilar bo’yicha davriy chegaraviy shartlarga ega Nave-Stoks masalasining yagona silliq yechimi mavjudligi isbotlandi», deb ma’lum qilmoqda Davlatov.

arXiv.org saytida chop etilgan ish rus tilida yozilgan bo’lib, uning annotatsiyasi shuningdek ingliz tilida ham berilgan. QarDU rasmiy saytida Davlatov matematika kafedrasi xodimi ekanligi ko’rsatilgan, deb yozadi «Kun»

Nave-Stoks tenglamasi qovushoq suyuqlikning harakatini ta’riflaydi. Gidrodinamikaning asosiy masalalaridan biri hisoblanadi.

Oxirgi marta mingyillikning 7 ta masalasidan biri Anri Puankarening gipotezasi isbotini 2002 yilda rossiyalik matematik Grigoriy Perelman yechgan edi. Uning bu haqdagi ishi ham arXiv.org saytida chop etilgandi. Ushbu ixtironi xalqaro ilmiy hamjamiyat tan olgan, biroq olim unga 2010 yilda bu ishi uchun Kley matematika instituti (AQSh, Massachusets shtati, Kembrij shahri) tomonidan berilgan mukofotni olishdan bosh tortgan.

2014 yilda mingyillikning 6-muammosini yechgani haqida Qozog’istondagi Lev Gumilev nomidagi Yevrosiyo milliy universiteti xodimi Muxtorboy O’talboev ma’lum qilgandi. Biroq amerikalik matematik Terens Tao O’talboevning yechimini inkor qiluvchi qarshi misollar keltirilgan edi.

2015 yilda Nigeriyadagi Oye-Ekiti shahridagi Federal universitet xodimi Opiemi Enox Riman gipotezasini isbotlay olganini ma’lum qilgan. Biroq Kley matematika institutida Riman gipotezasi hanuzgacha isbotlanmagan, deb hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, mingyillik masalalari «ko’p yillardan beri yechimi topilmagan muhim masalalar» deb ta’riflangan 7 ta matematik muammodan iborat. Bu muammolardan har birining yechimi uchun Kley matematika instituti 1 million dollar mukofot puli belgilagan.

2016 yil holatiga ko’ra bu 7 ta masaladan faqat bittasi Anri Puankarening gipotezasi isbotlangan.
Quyida ushbu masalalar keltirilgan:
1. P va NP sinflar tengligi.
2. Xodj gipotezasi.
3. Puankare gipotezasi.
4. Riman gipotezasi.
5. Yang-Mills nazariyasi.
6. Nave-Stoks tenglamalari yechimlarining mavjudligi va silliqligi.
7. Byorch-Svinnerton-Dayer gipotezasi.

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar