Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

09.04.2016

Och qoringa yeb bo`lmaydigan 9 mahsulot

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 369
Och qoringa yeb bo`lmaydigan 9 mahsulot

Qorin ochiqqanida dasturxonga qo`yilgan jamiki noz-ne`matlarni paqqos tushirgimiz keladi. Ammo bu ishimiz oshqozonimizga og`irlik qilishi haqida sira o`ylamaymiz. Yo`q, o`ylaymiz, faqat sal keyinroq, og`riq yoki biror bezovtalik kelib chiqqanida. Bunday bo`lmasligi uchun esa och qoringa yeyilmaydigan mahsulotlar bilan tanishib olsangiz, zarar qilmaydi. Bu borada «Darakchi» nashri oliy toifali shifokor-terapevt Nodira HAMROYEVAning fikrlarini keltirdi.

BANAN

Mevalar hazm faoliyatini yaxshilaydi, deymiz-u, ammo mevadan mevaning farqi bor-da. Masalan, tarkibida magniy ko`p bo`lgan bananni och qoringa eyish tavsiya etilmaydi. Yo`qsa, magniy va kalsiy muvozanati buzilishi mumkin. Bu esa yurak qon-tomir tizimi faoliyatida turli o`zgarishlarni keltirib chiqaradi.

SITRUS MEVALAR

Yoz jaziramasida ko`chadan kirgan zahotingiz muzdek sitrus mevalarga ixtiyor berasizu, chanqog`ingizni qondirasiz. Aslida esa oshqozoningizning gaz va kislotalar bilan to`lgani qoladi, xolos. Ayniqsa, sitrus meva sharbatlari me`da devorlarini qattiq ta`sirlantiradi. Natijada fermentlar ta`sirlanishi yuz berib, turli kasalliklar kelib chiqishi mumkin. Bu holat ayollarda hayz siklining o`zgarishini ham sabab bo`ladi.

DO`LANA

Ko`p miqdordagi organik moddalar va limon kislotasi oshqozon suyuqligining faol ajralishiga olib keladi. Och qoringa me`da shirasi shusiz ham ko`p ajraladi. Do`lana esa ushbu holatni yanada jadallashtirishi mumkin.

YOGURT

Dietologlar tavsiyasi: yogurtni och qoringa iste`mol qilmang. Ushbu mahsulot nonushtadan so`ng yoki uyquga yotishdan oldin eyilsa, hazm faoliyatini yaxshilaydi. Och qoringa esa foydali hususiyatini yo`qotadi.

KARTOShKA

Qovurilgan kartoshka fri, kartoshkali quymoq yoki yana boshqa eguliklar albatta, mazali. Biroq taomlanishni bular bilan boshlamang. Kartoshka tarkibida oshlovchi moddalar va pektin bo`lib, oshqozon shirasining ajralishini faollashtiradi. Shira me`yoridan ko`p ajralganida esa oshqozonda og`irlik seziladi.

XURMO

To`yimli va og`izga xush yoquvchi ta`mli xurmo bilan tamaddi qilishni boshlaysiz. Ammo bir narsani unutmang: xurmo tarkibida ham huddi kartoshka kabi moddalar, oshlovchi kislota va pektin bor. Bo`sh oshqozonga eyilganida, yaxshi hazm bo`lmay, gelga o`xshash ko`rinishga keladi. Bu esa o`z navbatida toshga aylanishi mumkin.

POMIDOR

Issiq kunlarda pomidor qo`shilgan sabzavotli salatlar jonning rohati. Ammo 2-3 soatdan beri hech nima iste`mol qilinmagan bo`lsa, tamaddini salat bilan boshlash mumkin emas. Chunki pomidorda ham pektin moddasi bor. Yaxshi hazm bo`lmaganida oshqozonda og`riq paydo qiladi.

ShAKAR

Ko`pchilik avval shirin choydan xo`plab, so`ng biror nima tamaddi qiladi. Bu noto`g`ri! Shakar juda tez singish hususiyatiga ega. Bo`sh oshqzonga tushganida tezda «yo`li» ni topib oladi. Qarabsizki, organizmingiz qondagi insulin miqdori nazoratini qo`ldan chiqaradi. Bu hali hammasi emas. Muntazam och qoringa shirin choy ichilishi ko`z nuriga ham ta`sir etadi.

SARIMSOQ

Ishtahani yaxshilaydi, deya e`tirof qilinsa-da, och qoringa sarimsoqni tanlamang. Bu poliz ekini tarkibidagi allisin moddasi oshqozon devorlarini qattiq ta`sirlantiradi. Tez-tez takrorlanishi esa gastrospazmaga olib kelishi mumkin.

Juda ochiqqan bo`lsangiz ham ishtahangizni nazorat qilishga harakat qiling. Qorinning g`amini yeyapman deya, oshqozonning tashvishiga tushib qolmang tag`in.

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar