Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

09.04.2016

Miyamizni aldashning 6 usuli

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 377

Inson miyasi naqadar mukammal bo’lmasin, oddiy yo’llar bilan uni chalg’itish mumkin. Bugun Gooper.uz‘da shu haqda ma’lumot beramiz.

Miyamizni aldashning 6 usuli

1. Miyamizning ixtirochiligi

1930-yilda Gansfel tartibi psixologiya tajribasini o’tkazgan. Bunda u miyani yumshoq sensor texnikasi bilan izolyatsiya holiga tushirgan. Bu tajribani o’tkazishda u shovqinli radio to’lqindan foydalangan.

Divanga yotib, stol tennisi sharigini ikkiga bo’lib, ikki ko’z qovog’iga plaster yordamida yopishtirgan. To’lqin ta’sirida inson bir necha daqiqadan so’ng gallyutsinatsiyalarni seza boshlagan. Ba’zi bir insonlar bulutlarda yugurayotgan otlarni, ba’zilari esa o’lgan qarindoshlarini ovozini eshita boshlaganlar. Bundan kelib chiqadigan xulosa shundaki bizning miyamiz xis-tuyg’ularga bog’langan, agar ularning ta’sri juda kamaysa miyamiz o’zi voqealarni ixtiro qila boshlaydi.

2. Og’riqni kamaytirish

Agar siz nogohon yengil jarohat olsangiz, jarohatlangan joyni binoklning orqa qismi bilan qarang-shu holda og’riq kamayishi kerak. Oksford olimlari o’tkazgan tajriba shuni ko’rsatdiki jarohatlangan qo’lga binoklni orqa qismi qaralsa bu jarohatni vizual kichraytirib og’riqni kamayish hissini uyg’otadi. Bundan keladigan xulosa shuki, bizni asoasiy hissiyotlarimiz unga qanday ko’z bilan qarashimizga bog’liq.

3. Pinokkio illuziyasi

Bu tajribani o’tkazishga ikkita stul va ko’zlarga bog’ich kerak. Ko’ziga boylag’ich bog’langan inson orqa o’rindiqda o’tirib nazarini oldinda o’tirgan insonga qaratadi. Keyin orqada o’tirgan odam qo’lini oldinga cho’zib oldinda o’tirgan odamning burnini barmoqlari bilan silaydi, shu ish bilan biq qatorda o’zining burnini ham silaydi. Bir daqiqadan so’ng tajribada qatnashgan 50% insonlar ularning burunlari kattalashganini his etishganiga guvohlik berganlar.

4. Yolg’on fikrlash

O’ng oyog’ingizni yerdan bir necha santimetr tepaga ko’tarib, soat strelkasi bo’yicha harakatga keltiring. Bu ishni qilayotganingizda o’ng ko’rsatkich barmog’ingiz bilan havoda 6 raqamini chizing. Bu holatda sizni oyog’ingiz soat strelkasiga qarshi harakatga tushib, siz buni o’zgartira olmaydigan holga tushasiz. Miyamizning chap qismi, o’ng tomon tanamizni boshqarish bilan harakat va ritmiga javob beradi. U ikki qarama-qarshi harakatga javob bera olmay uni bir harakat deb o’ylaydi.

5. Eshitish yolg’oni

Bu tajribani 3 kishi yordamida amalga oshiriladi, bunda bir kishi ustida tajriba o’tkazilib, qolgan ikkisi kuzatuvchi vazifasini bajaradi. Bu ishda quloqchinlarni ikki tarafiga plastik truba biriktirilgan bo’lishi kerak. Tajriba o’tkazilayotgan insonni ikki kuzatuvchini o’rtasiga o’tkazing. Kuzatuvchilar navbatma-navbat plastik trubaga gapiradilar. Bu holatda eshituvchi ovoz yo’nalishini to’g’ri qabul qiladi. Agar kuzatuvchilar bir-birlarining trubkalariga gapira boshlasalar eshituvchi adashish holatiga tushadi. Eshitish lokalizatsiyasi-insonni ovozni eshitib uni qayerdan kelayotganini aniqlashdir. Inson eshitish sistemasi chegaralangan bo’lib, ovozning past balandligiga qarab qayerdan eshitilatotganligini aniqlaydi. Trubkalarni o’zgartirganimizda neyronlarni qabul qilish qobiliyatini ishlatib, ovoz qayerdan kelayotganini inson aniqlay olmasligi sabab bo’ladi.

6. Rezina qo’l illuziyasi

10 yil oldin psixologlar rezina qo’lni inson qo’li ekanligi illuziyasini o’ylab topdilar. Bu tajribani o’tkazish uchun rezina qo’l, ishirilgan rezina qo’lqop, karton bo’lagi va ikkita mo’yqalam kerak bo’ladi. Rezina qo’lni stolga, o’zingizni oldingizga qo’ying, o’z qo’lingizmi esa karton ortiga bekiting. Yordamchingizni bir mahalni o’zida rezina va o’zingizni qo’lingizni mo’yqalam bilan bir-xil harakatda silashni so’rang. Bir necha daqiqadan so’ng sizga rezina qo’l o’zngiznikidek tuyula boshlaydi. Agar yordamchingizga rezina qo’lni urushini so’rasangiz tajribadagi insonda og’riq va havotir hissi paydo bo’ladi, chunki miya rezina qo’lni haqiqiy deb qabul qiladi.

Mirmuhammad Ergashev,

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar