Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

07.04.2016

Tadqiqot: Qorag’at jarohatdan keyingi ruhiy zo’riqish holatlaridan qutqaradi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 587
Tadqiqot: Qorag’at jarohatdan keyingi ruhiy zo’riqish holatlaridan qutqaradi

Olimlar bir qator tajribalar o’tkazishdi va qorag’atning jarohatdan keyingi ruhiy zo’riqishda yordam berishini aniqlashdi. Bu tadqiqot haqida Federation of American Societies for Yexperimental Biology (FASEB) tarmog’ida to’liq tanishib chiqish mumkin, deb yozadi «Kun».

Jarohatdan keyingi ruhiy zo’riqish — bu harbiy harakatlarda qatnashish, og’ir jarohat olish, jismoniy zo’ravonlik yoki o’lim xavfi kabi ruhiy jarohat yetkazuvchi vaziyatdagi yoki ko’ngilsizliklarning takrorlanishi natijasidagi og’ir ruhiy holat. Tadqiqot davomida olimlar kalamushlarning yuqorida qayd etilgan holatga tushishiga erishishdi, buning natijasida kemiruvchilar noma’lum jismni ko’rganda qiziqish o’rniga qo’rqa boshlaydi.

Shundan so’ng, olimlar kalamushlarni har kuni qorag’at bilan boqishdi (portsiyalar bir kishiga ikki stakan qorag’at miqdoriga to’g’ri keladi). Biroz vaqt o’tib shu narsa ma’lum bo’ldiki, qorag’atni iste’mol qilish chog’ida kalamushlarda ruhiy zo’riqish belgilari kamayadi va ular noma’lum jismlardan kamroq cho’chiydi.

Olimlar qorag’at SKA2 geni ekspressiyasini yaxshilaydi deb hisoblashdi. U esa o’z o’rnida qo’rquv va ruhiy zo’riqishning oldini oladi. Undan tashqari, qorag’at «baxt gormoni» nomini olgan serotonin-neyromediator miqdorini oshiradi.

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar