Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

06.04.2016

Eng tajribali tadbirkorlar ham yo’l qo’yadigan 13 xato

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 722
Eng tajribali tadbirkorlar ham yo’l qo’yadigan 13 xato

1. Maqsad haqida noto’g’ri tasavvurga ega bo’lish

«Nima uchun tadbirkorlar biznes qiladilar?», degan savolga eng ko’p uchraydigan javoblarni sanab o’tamiz.

Pul ishlab olmoqchiman. Haqiqat shundaki, biznesda pul topishdan ko’ra yo’qotish osonroq. Matbuot muvaffaqiyat tarixi haqida yozishni xush ko’radi, omadsizlar to’g’risida esa  sukunat. Hattoki biznes yurishib ketsa ham, u pul mablag’lari kiritishni talab qiladi. Avval beziyon bosqichga chiqib olish, investitsiyalarni qaytarish va qarzlarni to’lash, so’ngra qayta investitsiya qilish lozim. Shundan keyingina o’z foydasi haqida o’ylash mumkin.

&rkin bo’lmoqchiman. Aslida esa siz biznesning quliga aylanasiz. Dam olish kunlarisiz va mehnat ta’tilisiz ishlaysiz. Yollangan ishchilar ketib qolishlari mumkin, aktsionerlar o’z ulushlarini sotib yuborishlari ehtimoli bor. Boshliq esa doim kemada qoladi.

Hurmatga sazovor bo’lmoqchiman. Agar muvaffaqiyatga erishsangiz, begonalar sizni hurmat qila boshlaydi. Yaqinlaringiz bilan muloqot qilishga esa vaqtingiz qolmaydi. Bu shunga arzirmikan?

O’zimni ko’rsatmoqchiman. Korporatsiyada ishlab, o’qisa bo’ladi. Shaxsiy biznesda esa o’rganish bahosi juda yuqori: vaqt, sog’liq va boy berilgan imkoniyatlar.

Shaxsiy biznesning egasi bo’lmoqchiman. Shaxsiy biznes aslida sizga tegishli emas. Siz vendor, distribyutor, tekshiruvchi tashkilotlar va personalga qaramsiz.

«Maza» bo’lishini xohlayman. Tadbirkorning hayoti yuksak darajali tadbir-u marosimlardan emas, balki soliqchilar, kreditorlar va bo’shatilayotgan xodimlar bilan yoqimsiz suhbatlardan iborat.

Keksalikda farovon hayotni ta’minlamoqchiman. Afsuski, biznes sizdan oldin o’lishi mumkin. Rivojlanayotgan loyihani daromadli sotish kerak.

Ko’pchilik biznesga qo’l urayotganda yuksak g’oyalar haqida o’ylamaydi. O’z ehtiyojlarini qondirish uchun pul ishlash istagida bo’ladi. Vaqt o’tgan sari esa ularning maqsadi dunyoni o’zgartirishga aylanadi. Masalan, Mark Sukerberg, Bill Geyts yoki Ilon Mask.

2. Moliyaviy bilimlarga ega bo’lmaslik

Tadbirkorlarning eng katta xatosi. Pulni hisob-kitob qilishni bilmaslik hattoki yirik korxonalarni ham tanazzulga olib kelishi mumkin. Kreditlar bo’yicha majburiyatlar bir kun kelib ular bo’yicha to’lash xususiyatidan oshib ketishi ehtimoli bor. Moliyaviy hisob-kitob va buxgalteriya haqida bilimga ega bo’lmaslik loyihalarni chippakka chiqarishi mumkin.

3. Biznes-rejaga ko’r-ko’rona amal qilish

Vaziyat tez o’zgaradi, shuning uchun vaqti-vaqti bilan rejaga to’g’irlashlar kiriting, tavakkal qiling.

4. Qaror chiqarishda uzoq o’ylanish

Qarorni tez qabul qiling. Hozir vaqt yo’qotgandan ko’ra keyin yo’nalishini o’zgartirgan yoki bo’lmasa 180 darajaga burilgan yaxshi.

5. Ajralib chiqish qo’rquvi. 

Mumkin bo’lgan barcha narsada birinchi bo’lib ajralish kerak. Dangasalikni yengib, o’zni qayta tarbiyalash mumkin.

6. Oddiy xodimlarni tanlash

Zaif rahbar raqobatdan qo’rqadi va oddiy xodimlarni tanlaydi. Biroq bilim, tajriba va o’sish istagi bo’lmagan jamoa uzoqqa bormaydi. Karvon sekin yurayotgan tuya tezligida harakatlanadi.

7. Axborot xavfsizligiga e’tibor bermaslik

Axborot, huquq, ishlab chiqarish xavfsizligi  tadbirkorlar birinchi navbatda o’ylaydigan narsa emas, ammo keyin bu bilan hisoblashish vaqti keladi. Albatta faqat xavfsizlik masalasiga diqqat qilish shartmas-ku, biroq bu haqida unutmaslik lozim. Biznes g’oyasi  sir emas. Texnologiya va xaridor bazasi  bu konfidentsial ma’lumot. Uni ehtiyot qiling.

8. Qarzga olingan mablag’lardan foydalanish

Biznesni o’z pulingizga yarating va rivojlantiring. Qanchalik uzoq investorsiz eplay olsangiz, biznesingiz shunchalik ravnaq topadi. Hech bir imkoniyat qolmaganda investor kerak bo’ladi. Qarz mablag’ini olishdan avval uch jihatga diqqat qiling:

Loyihaning texnologik yetukligi;

Jamoaning biznes malakalarini rivojlantirish darajasi;

Sizning ruhiy yetukligingiz, ulag’ayganligingiz, o’z qilmishlaringizga javob bera olishingiz va harakatlaringiz natijasini tahlil qilishingiz.

9. Pul hamma narsani hal qiladi degan fikr

Startaplar kim ko’p to’lasa, o’shangga boradilar. U keyinchalik biznesga qiziqish bildirmasa yanada yaxshi. Investorning asl qadr-qimmati  tajriba, aloqalar, mahsulot sotishni tashkillashtirish imkoniyati. Pulning o’zi kamlik qiladi.

10. So’zga ishonish

Sheriklar va jamoa bilan kelishuvlarni yozma ravishda qayd eting, bu bitim ishtirokchilari uchrashuv natijalarini birdek tushunganlariga ishonch hosil qilish uchun muhimdir.

11. Biznesni suiiste’mol qilish

Agar sizga ish yoqmasa, uning omadli kechish imkoniyati pasayadi. Biznesni pul manbai sifatida qabul qilib, unga yeta olmasligingiz ham mumkin. Biznesga bo’lgan ishtiyoq ishlash shashtini kuchaytiradi va boshqalarni ham shunga undaydi.

12. Ko’proq pul undirish ishtiyoqi 

Vijdoningizga qarshi bormang va yoningizda boshqacha hayotiy qadriyatlarga amal qiluvchilarni ushlab turmang.

13. Ishdan ustun omillar

Faqat biznes haqida o’ylab, oila, do’stlar, qiziqishlaringizni yo’qotib qo’yasiz. Keksalikni yolg’iz qarshilash, pulning ketidan quvish bo’yicha jahon chempionatidan tashqari yodga olishga munosib xotiralarning yo’qligi  bu har kuni tavakkal qilib, biznes yurg’izishga arzimaydigan narsa.

Biznes bilan tadbirkorlikda tajribaga va o’ziga yarasha obro’ga ega, kerakli aloqalari, mablag’i, jamoasi bor inson shug’ullansa maqsadga muvofiqdir. Biroq aksariyat hollarda buning aksiga duch kelamiz, iqtisodyot va boshqaruv sohasida bilimga ega bo’lmagan hamda biznes, xodimlar jamoasi, ishlab chiqarishni boshqarish malakasi bo’lmagan odamlar bu ishga qo’l uradilar.

Shuning uchun endi ish boshlayotgan tadbirkorlarning muvaffaqiyat yo’li xatolarsiz bo’lmaydi. Hattoki tajribali ish yurituvchilar va tadbirkorlar ham muntazam xato qiladilar. Agar siz xatolarni chetlab o’ta olsangiz, bu kuch, vaqt va mablag’ingizni tejaydi.

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar