Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

02.04.2016

Inson xulq-atvori haqida 20 ta qiziq faktlar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 122

Insonning xulq-atvori naqadar murakkab va sirli bo’lmasin, uni o’rganib aniq faktlarni aniqlash mumkin. Bugun Gooper.uz da inson xulq-atvori haqida 20ta qiziq faktni e’tiboringizga taqdim etamiz. Marhamat!

Inson xulq-atvori haqida 20 ta qiziq faktlar

1. Testosteron darajasi yuqori insonlar, birovlar g’azablanganda rohatlanadilar.

2. O’zlariga ishonmagan insonlar, o’zgalarni kamsitishni yaxshi ko’radilar. IQ testini topshirgan insonlarga ularning natijasi yomonligi haqida xabar berilganda ular milliy va diniy taasubdagi fikrlarni bildirganlar.

3. O’zgalar haqidagi yomon fikrlovchilar, o’zlarining fikrlash qobiliyatlari va o’zlarining mavqelari pasayganini inkor qiladilar. O’zgalarni kamsitish ularni obro’sini ko’taradigandek.

4. Insonni xulqiga tana xis-tuyg’ulari ta’sir qiladi. Insonlar o’zga insonga baho berishda, uni o’zi haqidagi ma’lumotlarni topshirgan papkasini qalinligiga qarab uni jiddiy, barqaror deb xulosaga kelishadi va buni aksiga.

5. Xuddi shunday qattiq qo’llik insonlarni bukilmas degan xayolni yuzaga keltiradi. Qattiq stulda o’tirgan insonlar muzokaralarda o’zlarini qaysarliklarini namoyon qilganlar. O’zgalardan o’zini olib qochish hissi esa yolg’izllikdan dalolat beradi.

6. Insonlar axloqsiz ishlarni qilishga moyil bo’lib, kimningdir yordam haqidagi iltimosini rad etishga hamisha tayyor bo’lib turadilar. Bunday hollarda ular yordam so’rayotganga har-xil bohonalarni ruju qiladilar.

7. Lekin ko’pchilik o’zlarini jamoatchilik orasida “kutilgandek” tutishlarining asosiy sababi, o’zgalarning ko’zigadir. Bundan tashqari yordam so’raganlarga ular kamroq yo’q javobini ishlatadilar.

8. Yolg’on ko’p say-harakat talab etadi. Yolg’on ishlatganda inson miyasida yolg’onni gapirishni fikrlashi va haqiqatni yashirish yo’llarini izlaydi. Bundan kelib chiqib u sodda gaplarni gapirib, fikrlash qobiliyati pastligini bildirib qo’yishi aniq.

9. Insonlar kuzatuv ostida ekanliklarini sezganda ular o’zlarini yaxshi tomonlarini namoyish qilishga harakat qiladilar. Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki oshxonada iste’moldan so’ng idish-tovoqlarni yuvib, joyiga olib qo’yish uchun ko’z suratini oshxonaga osish kifoyadir.

10. Xulq axloqqa ta’sir ko’rsatadi. Birovlarni aldagan yoki boshqa axloqsizlik qilganlar bundan so’ng nima yaxshi va nima yomon ekanligiga boshqacha nazarda bo’ladilar.

11. Insonning chiroyli tashqi ko’rinishi sizni onsongina aldanishingizga sabab bo’ladi. Insonlar tashqi ko’rinishni samimiylikdan ko’ra ko’proq ustun qo’yadilar. O’z ishining moxir ustalari ham tashqi ko’rinishga aldanib 86% ishonganlarini e’tirof etadilar.

12. Insonni tashqi ko’rinishi siyosatchilarga ovoz berishda ham muhim ahamiyatga ega. Saylovchi ko’pincha ovoz berishda siyosatchining tashqi ko’rinishi va jismoniy tuzilishiga ahamiyat beradilar. Bu o’zlari bilmagan holda yuzaga keladi.

13. Boy va uddabiron insonlarni aqilli va donishmand deb hisoblashadi va buni aksi. Go’yoki boylar boylikka munosib bo’lsalar, nochorlar nochorlikka mubtalodek.

14. Baxtli odam puli ko’p odam emas, qo’shnsidan puli ko’p odamdir. Ko’pincha bu hol ko’p puli bor insonlarni hayotidan nolishiga sabab bo’ladi. Insonlar o’zlarini qo’shnilari bilan solishtiradilar. Boyigach ular boylar jamiyatiga a’zo bo’lib, o’zlaridan boylarga hasad hissini ortiradilar.

15. G’azab egalik hissini kuchaytiradi. Insonlar o’zlariga kerakli bo’lgan natijaga erishmoq uchun shijoatni g’azablangan yuz bilan erishishga harakat qiladilar. Avval bu ijobiy hol hisoblanar edi.

16. Qaror qabul qilish qanchalik murakkab bo’lsa insonlar hammasini o’z holida qoldirishga moyil bo’ladilar. Agar do’konda mollar soni ko’p bo’lsa bunday insonlar uylariga xaridsiz qaytadilar.

17. Insonlar bo’layotgan voqealarni nazoratga ola olmasalar fitna nazariyasiga ishonib qoladilar.

18. Insonlar tezkor ravishdagi qarorlariga, natija ular xohlagandek bo’lsa ham  afsuslanadilar. Bunda qaror qabul qilishga ketgan vaqt emas, insonga qaroq qabul qilish uchun vaqt yetarli bo’lishidir.

19. Har bir tavakkal birdek qabul qilinmaydi. Aynan bir inson qo’rqmasdan parashyutdan sakrashi, lekin ho’jayiniga e’tiroz qila olmasligi yoki yo’lbarslarni qo’lga o’rgata olishi, lekin chiroyli qiz bilan tanisha olmasligi mumkin.

20. Zerikishni afzalliklari mavjud. Zerikayotgan insonlar, yaxshi ish qilishga harakat qiladilar, chunki o’yin-kulgu ularni jonlariga tegib, hayotlariga mazmun keltirirmayapti.

Mirmuhammad Ergashev, Gooper.uz uchun maxsus

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar