Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

02.04.2016

Tom Xiddlston Britaniyaning eng yaxshi aktyori deb topildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 85
Tom Xiddlston Britaniyaning eng yaxshi aktyori deb topildi

Aktyor Tom Xiddlston ikkinchi marotaba Buyuk Britaniyaning milliy kino mukofotining (National Film Awards) sohibiga aylandi. Bu haqida The Hollywood Reporter nashri xabar berdi. Aktyor bu sovringa 2015 yilda taqdim etilgan «Baland bino» fantastik filmida o’ynagan roli uchun sazovor bo’ldi. G’olib qariyb uch million kishi ovoz berishi yo’li bilan aniqladi, deb yozadi «Kun».

“Yulduzlar jangi” filmidagi bosh rollardan birini o’ynagan aktyor Jon Boeyga esa yil kashfiyoti sovrinini qo’lga kiritdi. Xuddi shunday sovrin
josuslar haqidagi «Kingsman: Maxfiy xizmat» deb nomlangan jangari filmdagi roli uchun Teron Ejertonga ham taqdim etildi. Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor nomi shu filmda rol ijro etgan Semyuel L.Jeksonga nasib etdi.

Kinematografiyada erishgan yutuqlari uchun faxrli sovrin Xelen Mirrenga topshirildi (“Qirolicha”, «Oxirgi yakshanba”, «Gosford-park», «Elizaveta I”).

Tom Xiddlston Gollivudning komikslar asosida suratga olingan Tor va Qasoskorlar filmidagi Loki ismli qahramonning rolini ijro etgani bilan mashhurdir. Uning taniqli filmlari «Tungi administrator” seriali, «To’q qizil cho’qqi” dahshat filmi va «Parijdagi yarim tun” komediyasi hisoblanadi.

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar