Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

02.04.2016

Buxoroda MDHdagi eng yirik avtonom quyosh elektr stantsiyasi ishga tushirildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 220
Buxoroda MDHdagi eng yirik avtonom quyosh elektr stantsiyasi ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 2016 yilning boshida MDHda muqobili yo’q bo’lgan, quvvati 1,2 mVt li mobil avtonom quyosh elektr stantsiyasi ishga tushirildi. Bu haqda Sputnik nashriga viloyat hokimiyatida ma’lum qilindi, deb yozadi «Kun».

Stantsiya Rossiyaning «Lukoyl» kompaniyasining Qandim konidagi ishlab chiqarish ob’ektlari va qurilish infratuzilmasi loyihalarini energiya bilan uzluksiz ta’minlash uchun loyihalangan. Bu kon elektr ta’minotning markaziy tarmoqlaridan uzoqda joylashgan.

«Ishga tushirilgan mobil quyosh elektr stantsiyasi elektr energiyani katta ko’lamda ishlab chiqarish uchun yakuniy yechimni namoyon qiladi. Qurilmalardan iborat konteynerlarni uyali printsip bo’yicha qo’llash va vint svaylarining o’rnatilishi ob’ektni tashish, montaj qilish va unga xizmat ko’rsatishni soddlalashtiradi hamda beton ishlarini amalga oshirishni istisno qiladi», deb aytdi qurilmani montaj qilish bilan shug’ullangan Yenesol kompaniyasida.

Quyosh energiyasini ishlab chiqarish bo’yicha zamonaviy yechimlar va texnologiyalar elektr stantsiyaning umumiy quvvatini kunduz kuni 5000 kVt gacha va kechki payt 1000 kVt gacha yetkazish imkonini berdi. Bu quvvat 1,5 ming kishilik kichik shaharchani elektr bilan ta’minlashga yetarlidir.

Enesol mutaxassislarining baholashicha, yangi ob’ekt MDHda qurilgan mobil avtonom quyosh elektr stantsiyalaridan eng kattasi hisoblanadi.

Ayni vaqtda Samarqand viloyatida quyosh foto#lektrik stantsiyasi barpo etilmoqda. Uning quvvati 100 MVt ni tashkil qiladi. Loyiha Osiyo taraqqiyot bankining 110 mln dollarlik va O’zbekiston rekonstruktsiya va taraqqqiyot fondining 130 mln dollarlik mablag’lari hisobidan moliyalashtirilmoqda. Yana 45 mln dollar O’zbekiston hukumati va 26 mln dollar «O’zbek#nergo» kompaniyasi tomonidan ajratilmoqda.

&kspertlar hisoblariga ko’ra, O’zbekistonda quyosh energetikasining umumiy salohiyati 51 mlrd tonna neft ekvivalentidan oshadi.

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar